kuchlanish uzatish uchun tayyor,
mufta
59
qo‗llaniladi, 1000 V dan yuqorilarida dumaloq ko‗rinishdagilar ishlatiladi.
Bob bo‗yicha nazorat savollari.
1.
Qanday kuch kabellarini bilasiz?
2.
Kuch kabellaridagi belhilanishlar nimani anglatadi?
3.
Kabellarni montajga tayyorlash ishlari.qanday amalga oshiriladi?
4.
Kabellarni lotok va korobalarda joylashtirish va kabellarni poʻlat
arqonlarda joylashtirishda qanday ishlar bajariladi?
5.
Kabel liniyalarini ishlatishda texnik xizmat ko‗rsatishdeganda
nimani tushunasiz?
6.
Kabellarni muftalarda tutashtirish qanday amalga oshiriladi?
7.
Issiq (termik) kirishishli va sovuq kirishishli muftalar montaji
qanday olib boriladi?
8.
Termik kirishishli muftalar afzalliklari qanday?
9.
Sovuq kirishishli muftalar montaji qanday amalga oshiriladi?
10.
Kabel liniyani ishlatishga qabul qilishda qanday ishlar amalga
oshiriladi?
3-MODUL. TRANSFORMATORLAR MONTAJI VA ULARNI
ISHLATISH
4–BOB
KUCH TRANSFORMATORLAR MONTAJI
§4.1.
Transformatorlar haqida umumiy ma‘lumotlar. Tayyorlash
ishlari.
Tansformator o‗zgaruvchan tokni bir kuchlanishdan boshqa
bosqichga va shunday chastotadagi o‗zgaruvchan tok kuchlanishiga
o‗zgartirish uchun xizmat qiladi. Ikki chulg‗amli trasformotorlar
quyidagicha farqlanadi, elektrli aloqasi bo‗lmagan ikki chulg‗amga egali,
va ko‗p chulg‗amli, uchta va undan ko‗p elektrli aloqasiz chulg‗amlarga
ega bo‗lgan. Energiya transformotomi birlamchi zanjiridan ikkilamchisiga
magnitli oqim orqali uzatiladi.
Oshiruvchi va pasaytiruvchi podstansiyalarda uch fazali yoki bir
fazali guruxli tansformatorlar qo‗llaniladi. Tansformatorlar ikki yoki uch
cho‗lg‗amli bo‗lishi mumkun. Tansformatorlar cho‗lg‗amlari quyidagicha
belgilanadi: YUK (ВН) - yuqori kuchlanishli, Q‗K (СН)- o‗rta
kuchlanishli, ПК (НН)- past kuchlanishli; ularni mis yoki alyumin
izolyatsiyalangan dumaloq yoki ko‗ndalang kesimi to‗g‗ri burchakli
o‗tkazgichlar izolyatsiyalangan silindrlarga o‗ralgan va ularni o‗zakli
magnit o‗tkazgichlarga kiydiriladi.
YuK cho‗lg‗amlari xar doyim tashqi sirtiga o‗rnatiladi, O‗K magnit
o‗tkazgich o‗zagiga yoki YuK va PK cho‗lg‗amlar orasiga joylashtiriladi.
Cho‗lg‗amlarni elektrik yoki mexanik bardoshligini oshirish uchun
60
gliftalli lak shimitilib pishiriladi.
Magnit o‗tkazgich 0,35-0,5 mm qalinlikdagi elektr texnik po‗lat yupqa
yassi (paketli) yig‗ma qatlamlardan tashkil topgan, oldin kimyoviy ishlav
byerilgan fosfatlashtirilgan, ya‘ni qatlam yuzasida yupqa fosfatlar qatlami
hosil qilingan (fosforli kislota qatlami boshka kimyoviy elementlar
aralashmalarida). Fosfatlashtirilgan po‗lat qatlamlar yaxshi izolyatsiyaga
ega va chirishga qarshi yuqori bardoshli, magnit o‗tkazgichda bo‗ladigan
uyurma toklarni paydo bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaydi. Sovuq yassilangan
po‗latlar qo‗llanishi tansformatorning asosiy sifat tavsifini oshiradi va
yuqori magnit singishini yaratadi, ularning tashqi o‗lchami, massasi
qisqaradi va po‗lat isrofi kamayishi hisobiga FIK oshadi.
Vertikal magnit o‗tkazgich o‗zakka cho‗lg‗amlar kiydirilgan, yopiq
magnit tizim tashkil qilish uchun pastki gorizontal yarmolarga yuqorigisi
ulanadi.
Cho‗lg‗amalar kiydirilgan magnit o‗tkazgich va tansformator qopqog‗i
kiritgichlar
maxkamlangan
kiritgichlar
tansformatorning
aktiv
(chiqariladigan) qismi deb ataladi (4.1-rasm.) va idishga (bokka)
tansformator moyi yoki yonmaydigan suyuqlik (sovtol) quyiladi, magnit
o‗tkazgich cho‗lg‗amlar va aktiv bo‗limlari bilan bokka cho‗ktiriladi, kuch
transformatornig tuzilish sxemas(4.2 - rasm).
Ayrim kuch tansformatorlar turlari:
СЗ, TM, TMH, ТРДНС, ТДС, TMTH, ОРС, ТРДН, АТДСТН. Kuch
tansformatorlar turlarlariga qabul qilingan xarf va sonlarda belgilanishi:
Fazalar soni
O - bir fazali
T - uch fazali
Sovutilish turi
M - tabiiy moyli
Д – moyli, bosimli havoli
ДС – moyli, majburiy sovutgich orqali majburiy moy aylanishli
С - suvli sovutgich orqali, moy majburiy aylanishli
Chulg‗amlar soni
T - uch chulg‗amli (uchunchi xarf)
Р - past kuchlanishli chulg‗ami bo‗linishli
(fazalar sonidan keyin qo‗yiladi)
Kuchlanishni yuklama
Н - (belgilanishning oxiriga qo‗yiladi)
ostida rostlash (RPN)
Avtotansformator
A - (belgilanish boshlanishiga qo‗yiladi belgilanishi
61
Belgilanishga misollar:
1.
ТРДН 25000/35 - bo‗linishli chulg‗amli uch fazali tansformator,
kuchlanishni yuklama ostida rostlagichli va bosimli tabiiy moyli
sovutgichli, 25000 kV. A quvvatli va yuqori kuchlanishi 35 kV.
2.
АДСТН 250 000/230 - uch fazali avtotansformator, moyni
majburiy aylanishli moyli sovutgichli, kuchlanishni yuklama ostida
roslagichli 250 000 kV.A va yuqori kuchlanishi 230 kV.
|