62
4.1.2 - rasm. Kuch ransformator konstruktiv tuzilish sxemasi
1600 kVA gacha quvvatli tansformatorlar moy to‗ldirilgan va
yig‗ilgan holatda keltiriladi. Yirik quvvatli
tansformatorlar tashqi
o‗lchamlari va og‗irligiga ko‗ra qismlarga ajratilib, moy qo‗yilgan yoki
moysiz keltiriladi. Umumiy vazifali kuch tansformatorlari tashqi
ulchamlari quvvati va birlamchi kuchlanishiga ko‗ra
etti turli gruxga
taqsimlanishi va 35-110kV sinfli bazi kuch tansformatorlar haqida
ma‘lumotlar
Junatilish og‗irligi 90 t gacha bo‗lgan tansformator bo‗laklari alohida
echilgan (kiritgichlar, kengaytirgichlar, radiatorlar, filtrlar va bosh.)
holatda tashiladi. Yirik quvvatli tansformatorlar tashqi o‗lchamlari va
og‗irligiga ko‗ra ajratilgan bo‗laklarda,
moysiz tashiladi, bundan tashqari
tansformator boki qo‗riq havo yoki inert gazi bilan to‗ldiriladi 0,1 kg/sm
2
bosim ostida avtomatik ushlab turuvchi va etarlicha miqdorda siqilgan
gazli ballonlar bilan jihozlanib to‗plamlanadi, bu moslamalar 10 kun
tashishga va keyingi saqlashda bosimni ushlab turishga mo‗ljallanadi.
To‗plamlangan ajraladigan bo‗lak va detallar (rele,
termometrlar va
termosignal beruvchilar, qistirmalar va bosh.) idishda uralgan holda
tashiladi. Katta ulchamli bo‗laklar (radiatorlar, filtrlar, kengaytirgichlar va
bosh.) uralmasdan lekin
montaj boshlanishiga qadar, tashish va saqlashda
ichiga nam tushishidan himoya choralari ko‗riladi. Barcha ranglanmagan
tansformator qismlarini uzoq vaqtga saqlab qo‗yish
uchun solidol yoki
texnik vazelin bilan qoplanadi (konservatsiyalanadi).
Tansformatorlarni temir yo‗l transportida yoki etarli yuk ko‗tarish
63
avtotransport platformalarida tashiladi. Tansformatorlarni tashishda
tansformatorning katta o‗qi harakat yo‗nalishiga to‗g‗ri kelishi kerak.
Tashishda tansformatorlarni mahkamlash ishlab chiqaruvchi chizmalariga
mos kelishi kerak.
Montaj maydonchasida tansformatorlarni
yuksizlantirish yuk
ko‗tarishi mos keladigan ko‗tarish kranlarda va gidravlik domkratlar
yordamida
bajariladi.
Tansformator
montaj
maydochasiga
qabul
qilinganida transforomotor va uning alohida bo‗laklari montaj qilishga
qadar saqlash talab qilinadigan sharoit yaratiladi, dastlab laboratoriyalarda
transformator rele himoyasi va uning o‗lchov asboblari tekshiriladi.
Tashishga
oid barcha operatsiyalar, transformatorni yuksizlantirish
va saqlashga mos keladigan aktlar bilan hujjatlashtiriladi.