- rasm. Kabelga ishlov byerish: a) - uchiga ishlov byerilgan tayyor kabelning




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/199
Sana16.02.2024
Hajmi5,59 Mb.
#157767
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   199
Bog'liq
DARSLIK ETT montaj va ishlatish (6)

3.2.12- rasm. Kabelga ishlov byerish: a) - uchiga ishlov byerilgan tayyor kabelning 
umumiy ko‗rinishi, b) - kabeldagi jgut qoplamasi ustidan bandaj qo‗yish, v) - tashqi jgut 
qoplamasini еchib olish, g) - zirhli keskich bilan zirhini kesish, d) - zirhini olib tashlash, 
e) - kabel ipini olib tashlash, j) - qobiqni xalqasimon qilib kesish, z) - qobiqni 
bo‗ylamasiga kesish, i) - qo‗rg‗oshin qobiq tasmasini olib tashlash, k) - kabelning ishlov 
byerilayotgan qismidan qobiqning hammasini olib tashlash, l) - kesadigan diskli HKA 
pichog‗i bilan alyuminiy qobiqni spiralsimon qilib kesish.
 
Kabelga belbog‗larni qo‗yib qobiqdan uzoqlashtirish uchun uning 
zirhi ozgina bo‗shatiladi, undan keyin ikkinchi belbog‗ chetidan, 3.2.12, g- 
rasm, zirh kesgich bilan qirqiladi va olib tashlanadi, 3.2.12, d- rasm. 
So‗ngra qobiqdagi kabel ipi echiladi va qobiqdan kabel ipi va saqolvchi 
qog‗oz yoki polivinilxlorid qoplamasi olinadi, 3.2.12, e- rasm. Kabel 
qog‗ozidan sulfat qog‗ozga o‗ralgan saqlovchi qoplamasini olib tashlash 
uchun kavsharlash lampasi alangasini harakatlantirib, kabelning ishlov 
byerilayotgan uchi 40- 50 °C gacha isitiladi. Qoplamadan bo‗shatilgan 
kabel qobig‗ning ustki yuzasidan bitum tarkibni olib tashlash uchun yuza 
40 °С gacha isitilgan benzinda yoki tansformator moyida ho‗llangan latta 
bilan artiladi. Keyin kabel qobig‗i ikkita joyidan, 3.2.12, j -rasm, halqa 
shaklida va ikki joyidan bo‗ylamasiga kesiladi, 3.2.12, z- rasm. 
Halqasimon shaklida kesilishlar orasidagi masofa kuchlanishi 6-10 kV li 
kabellar uchun 25 mm bo‗lishi kerak. Bo‗ylamasiga kesilgan joylar 
orasidagi masofa 10 mm. Qobiq qalinligini kesish chuqurligini cheklagichi 
bor maxsus kabel pichoqlari НКА, НКС va b.) bilan yarimgacha kesiladi. 
Ikkita bo‗ylamasiga kesilgan joylar orasidagi qobiq tasmasi yassi jag‗li 
ombur bilan olib tashlanadi 3.2.12, k- rasm, undan keyin kabelning ishlov 


51 
byerilayotgan qismidagi qobiqning hammasi qo‗lda olib tashlanadi. 
Alyuminiy qobiqni olib tashlash uchun keso‗vchi diskli pichoqdan 
foydalinadi. Bu holda qobiq bo‗ylamasiga kesilmaydi, halqa shaklida 
kesgandan keyin spiral shaklida kesiladi. Buning uchun pichoq 45° 
burchak ostida ohnatiladi, qobiq prizma bilan kesuvchi disk orasida 
qisiladi, aylanma harakatlantirib uni spiral shaklida kesiladi keyin yassi 
jag‗li ombur bilan olib tashlanadi. 
Kabelga ishlov byerish operatsiyasi belbog‗, qog‗oz izolyatsiyasi va 
yarim o‗tkazgich qora qog‗ozni olib tashlash bilan yakunlanadi. Yarim 
o‗tkazgich qora qog‗oz kabel uchidan echilib qo‗rg‗oshin yoki alyuminy 
qobiqni qirqilgan joyigacha I masofada yirtib (pichoq bilan emas) olinadi. 
Kabelning tolalari orasiga joylashgan to‗ldirgichlar pichoq bilan kesib 
olinadi. Belboqli izolyatsiyaning quvvati ustidagi halqasimon belbog‗ 
tolalar tutashtirilgandan so‗ng olib tashlanadi. SHu bilan kabelga ishlov 
byerish tugatiladi va uni muftada ulashga tayyorlashga kirishiladi. 
Kabel tolalarini ulashda va shaxoblashda bajariladigan operatsiyalar 
ketma- ketligi. Tok o‗tkazgich tolalarni ulash va shaxoblash, maxsus 
asboblar, turli moslamalar va qurilmalar yordamida bajariladi, bu 
asboblarning qisqacha ro‗yxati keltirilgan. 
Kuch kabellarni ulash va po‗lat o‗ralarda(voronkalarda) uchlariga 
ishlov byerish. Kuch kabellarning ishlov byerilgan tolalarning uchi bir-
biridan ajratishda yoki kabellarni elektr qurilmalariga ulash, va yana ularni 
uchlarini ulash va uchlariga maxsus po‗lat voronkalarda ishlov byerishda 
(okonsevaniya) kabellarning tolalari, agar ularning kesimlari kichik 
bo‗lganida qo‗lda bukiladi katta kesimli 150 mm2, tolalar esa yog‗och 
konussimon andaza yordamida ajratib bukish uchun qo‗llaniladi. Qog‗oz 
izolyatsiyali tasmalarni qo‗lda olib tashlanadi, 6 kVda - ikkita yoki turt 
pog‗onali, 10 kV da esa uch yoki olti pog‗onali bo‗ladi. 

Download 5,59 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   199




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Kabelga ishlov byerish: a) - uchiga ishlov byerilgan tayyor kabelning

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish