- 41 -
zoʻriqishlarda va odam xato harakatlar qilganda avariyaga yoki jarohatlarga olib
kelmasligi lozim.
Boshqaruv organlari vazifasiga qarab 4 guruhga boʻlinadi:
1. ulash va uzish organlari-boshqaruv ob’ektini ishga tushiradi va toʻxtatadi;
2. almashlab ulash organlari-ob’ektni bir turdagi ishdan boshqasiga oʻtkazadi;
3.
rostlovchi organlar;
4. avariyaviy organlar (tez ishga tushishi kerak).
Boshqaruv organlari bir xil boʻyoqlar bilan bezatilmasligi, shakllari ham har
xil boʻlishi kerak. Ular qoʻl-oyoq oson etishi, tez koʻzga tashlanishi lozim.
Koʻz bilan koʻrib nazorat etiladigan va qoʻl etar optimal zonada (9 rasm) eng
muhim boshqaruv organlari joylashishi kerak.
3-rasm. Pultda, qoʻl bilan bajariladigan operatsiyalar zonalari va boshqaruv
organlarini joylashtirish: 1-nigoh bilan nazorat va qoʻl etadigan optimal zona; 2-
qoʻl oson etadigan zona; 3-pultning motorli qismining qoʻl etadigan zonasi.
Tez-tez ishlatiladigan boshqaruv organlari qoʻl oson etadigan zonaga
joylashtiriladi. Avariyaviy organlar va koʻz bilan topib oʻtirmay
boshqariladigan
organlar boshqalaridan ajralib turishi (rangi, shakli, va boshqa belgilari bilan) kerak.
Kerakli boshqaruv organini qidirib topish uchun juda kam vaqt sarflanishi
kerak, titrash va zarbalarda ular oʻz-oʻzidan ulanib yoki surilib qolmasligi lozim.
Odam boshqaruv organlariga qoʻyadigan kuchlar quyidagi jadvalda berilgan.
- 42 -
Boshqaruv organi
Maksimal kuch, N
Engil tugmalar
Ogʻir tugmalar
Oyoq bilan bosmaydigan tugmalar
Oldinga-orqaga
suriladigan richag
Chapga-oʻngga suriladigan richag
Engil tumblyor
Ogʻir tumblyor
Maxovik, shturval
5
30
30-90
150
130
4,5
20
150
Boshqaruv organlariga qoʻl bilan-150N, oyoq bilan-40Ndan qoʻyiladigan
kuchlardan oshmasligi kerak.
Ma’lumki, xavfli harakatlar xavfli sharoitga qaraganda koʻproq baxtsiz
hodisalarni keltirib chiqaradi. Ergonomika xavfli harakatlarning oshirish sabablarini
aniqlash imkonlarini ochib beradi.