• Dars turi
  • O’quvchilarga
  • Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari
  • Shaharlari. Andijon
  • 4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
  • Andijon viloyati Dars maqsadlari: a Ta’limiy maqsad




    Download 129,96 Kb.
    Sana20.12.2023
    Hajmi129,96 Kb.
    #125208
    Bog'liq
    8-sinf Geografiya fanidan Andijon viloyati mavzusida ochiq dars ishlanma
    Kamron baza amaliyot, Методические рекомендации курсовая Стилистика 2023

    Sinf: 8 sana:________
    Mavzu: Andijon viloyati
    Dars maqsadlari:
    a)Ta’limiy maqsad- O’quvchilarga Andijon viloyatining geografik o’rni, tabiiy sharoiti, aholisi, sanoati, qishloq xo’jaligi, transporti,shaharlari haqida tushuncha berish
    b)Tarbiyaviy maqsad- O’quvchilarni Ona Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash
    d)Rivojlantiruvchi maqsad- O’quvchilarning viloyat to’g’risidagi bilimlarini rivojlantirib , ularning dunyo qarashini kengaytirish
    O’quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar
    1.Tayanch kompetensiyalar:
    -kommunikativ
    -matematik savodxonlik
    2.Fanga oid kompetensiyalar
    - Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish
    - Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish
    - Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish
    Dars turi: an’anaviy
    Darsda qo’llaniladigan metodlar- “Topib ol”, “O’ylab top”
    Darsda jihozi-tarqatmalar, 8-sinf o’quv atlasi
    Darsning borishi:
    1.Tashkiliy qism-
    - salomlashish
    - o’quvchilar davomatini olish
    - o’quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish
    2.O’tilgan mavzuni takrorlash.
    O’quvchilarga “O’ylab top” o’yini orqali viloyat xaritalari beriladi va ular qaysi viloyat xaritasi ekanligini topishlari va u haqida qisqacha ma’lumot berishlari kerak .

    3.Yangi mavzuni tushuntirish
    Andijon viloyati mamlakatning eng sharqiy viloyatidir. Viloyatning g‘arbi tekislik, sharqi qir-adirlardan iborat bo‘lib, tog‘ tizmalariga tutashgan.
    Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, go‘sht-sut chorvachiligi, ipakchilik.
    Sanoatning asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektroenergetika, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati.
    Viloyat qishloq xo‘jaligi rivojlangan (101-rasm). O‘zlashtiriladigan yerlar deyarli qolmagan. Paxtaning yalpi hosili faqat hosildorlikni ko‘tarish hisobiga oshirilmoqda. Sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari, asosan, shaharlar atrofida yetishtiriladi. Qishloq xo‘jaligida bog‘dor chilik salmoqli o‘rin tutadi. Bog‘ va tokzorlar adirlar hisobiga kengay moqda. Ixtisoslashgan bog‘dor chilik xo‘jaliklari bor. Chorvachiligida qo‘y va echkilarning salmog‘i katta. Qoramol, asosan, sut va go‘sht uchun boqiladi. Pillachilik viloyat xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Viloyatda sanoat ham yuqori darajada rivojlangan bo‘lib, unda 160 dan ortiq sanoat korxonalari mavjud. Korxonalar orasida Asaka avtomobil zavodi, Andijon avtomobil o‘rindiqlari zavodi, irrigatsiya ma shinasozligi zavodi, «Semurg‘» trikotaj aksiyadorlik birlashmasi yirik korxonalar hisoblanadi. Korxonalar, asosan, Andijon sanoat tugunida joylashgan. Viloyat elektr energiyani iqtisodiy geografik rayonning birlashgan energetika tizimidan oladi. Kampirravot suv omborida quvvati 100 ming kilovattli GES qurilgan. Andijon mamlakatda ilk neft olingan markazlardan biridir. Neft quvur orqali Farg‘ona viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodlariga yuboriladi. Xo‘jaobodda mamlakatimizdagi eng yirik yerosti gaz ombori barpo etilgan. Undagi gazdan Andijon va Asaka shaharlariga ham yetkazib beriladi.
    Shaharlari.
    Andijon obikor dehqon chilik markazida joylashgan. Neft, gaz va binokorlikmateriallari konlari shaharning shundoq yonida. Shaharda og‘ir, yengil hamda oziq-ovqat sanoatiga tegishli 40 taga yaqin korxona ishlab turibdi. Ulardan paxta zavodi, to‘qimachilik hamda trikotaj fabrikalari mamlakat miqyosidagi yirikkorxonalar hisoblanadi. Shoyi to‘qish korxonalari viloyat pillakorlari tomonidan ta’minlab turiladi.
    Asaka mamlakatning avtomobilsozlik markazi. Bu yerda “Lasetti”, “Malibu”, “Cobolt ” rusumli yangi avtomashinalar ishlab chiqish yo’lga qo’yildi. Shahar Shahrixonsoy daryosi oqib chiqadigan adirlik etagida’, shuningdek Andijon, Farg’ona, Margjon yo’nalishdagi yo’llar ustida joylashgan.
    4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
    “Topib ol” usuli orqali yangi mavzuga oid bilimlar mustahkamlanadi. Bunda doskada raqamlar beriladi va unda mavzu doirasida savollar yashiringan bo’ladi. Faqat bitta raqamda savol yozilmaydi. O’quvchi shu raqmni topishi kerak. Chunki bu o’yin guruhlar o’rtasida bo’lib, savol yozilmagan raqmni topgan guruh “5” ballni qo’lga kiritadi.

    3- savol

    2-savol
    Viloyatda Respublika aholisining necha foizi yashaydi

    1.- savol
    Viloyat maydoni Respublika maydonining necha foizini egallaydi

    1


    3 ball 3ball 5 ball
    Bu usulda o’quvchilarning ziyrakli rivojlantiriladi.
    5.O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’qvchilar baholanadi.
    6. Uyga vazifa. Yozuvsiz xaritaga Andijon viloyatini tushurib kelish.
    Download 129,96 Kb.




    Download 129,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon viloyati Dars maqsadlari: a Ta’limiy maqsad

    Download 129,96 Kb.