• Nima uchun Java
  • Android dasturlash muhiti




    Download 233 Kb.
    bet2/6
    Sana24.11.2022
    Hajmi233 Kb.
    #31604
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    149 ANDROID DASTURLASH MUHITI
    Yakuniy nazorat, Ariza to`lov shartnoma, Bildirgi yakuniyga, Mexatronika Bu Nima Mexatronika Asoslari. Mexatronika Va Roboti, Ariza yotoqxona, Объективка электрон
    Nimadan boshlash kerak?
    Mobil dasturlashning ko’plab tillari mavjud, ammo men eng asosiy va an’anaviy Java — dan boshlab o’rganishni maslahat beraman. Ushbu til 2002 yildan boshlab dasturchilar orasida barqaror 1-chi yoki 2-chi mashhurlikni saqlab keladi(TIOBE dasturlash tillari indeksiga asoslangan holda).

    Undagi dasturlash asoslarini o’rganganib bo’lganingizdan so’ng, qolgan ixtiyoriy tillarga o’tishingiz ancha oson kechadi. Biroq, men birdaniga bir nechta tilni o’rganmaslikni maslahat bergan bo’lar edim. Avvaliga bitta narsa bilan shug’ullanish yaxshi va shundan keyingina boshqasiga o’tish eng to’g’ri yo’ldir.
    Nima uchun Java?
    Java-da ko’plab loyihalar va ilovalar, shuningdek, yirik korporativ dasturlar, masalan, onlayn banklar yozilgan. Java klassik, qat’iy tiplarga ajratilgan tildir va shuning uchun boshlang’ich darajadagi o’rganuvchilarga mos keladi.
    Java-ning afzalliklarini quyidagicha qayd etgan bo’lar edim:

    • Java kodi ko’p so’zlik va uzun. Bir tomondan, bu sizni qo’rqitishi mumkin, ammo bunda ham o’ziga yarasha plyus tomoni bor. Kodni yozish jarayonida hamma narsa juda aniq va ravshan bo’ladi, sizning xato qilish yoki kutilmagan xatti-harakatlarga qo’l urishingiz ehtimoli juda kam.

    • Java-da til tuzilmalari juda kam va ularning aksariyati bir xilda talqin etiladi (ya’ni, bir xil shablonda yoziladi).

    • Java-da eski versiyalar qo’llab quvvatlanishi mavjud, ya’ni tilning yangi versiyasi chiqarilganda, eski kodda hech narsa buzilmaydi. Masalan, bunaqa ko’ngilbuzarlik ko’proq Swift dasturlash tilida uchrab turadi.

    • Yangi boshlanuvchilar uchun Java mashhurligining ko’plab afzalliklari mavjud. Eng kamida, u katta jamoaga (community) ega. Bu shuni anglatadiki, tafsilotlarni tushunadigan va o’rganishga yordam beradigan odamlarni topish juda oson. Misol uchun, do’stlar orasida, stackoverflowda, githubda yoki ijtimoiy tarmoqlarda.

    • Bundan tashqari, doimiy ravishda yangilanib turadigan ko’plab maqolalar, videolar va kitoblar ham mavjud, bu shuni anglatadiki, ekzotik tillardan ko’ra ushbu tilda yordam topish osonroq bo’ladi.

    Shuning uchun, Java — siz dasturlash o’rganish boshlash kerak bo’lgan tildir. Ushbu til yordamida mobil dasturlashni o’rganishingizni, o’zingizning birinchi mobil ilovangizni yozib tugatishingizni, so’ngra boshqa dasturlash tillarini o’rganishingizni tavsiya qilgan bo’lar edim.

    Download 233 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 233 Kb.