|
Android Studio dasturini o‘rnatish va sozlash. Ishdan maqsad
|
Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 298,2 Kb. | | #249252 |
Bog'liq Mobil deadline 1
1-amaliyot ishi.
Android Studio dasturini o‘rnatish va sozlash.
Ishdan maqsad: Virtualizatsiya dasturlari haqida tushunchalarni shakllantirish. Virtual muhitlarni sozlash ko‘nikmasini shakllantirish.
Nazariy qism
Hozirgi kunda Mobil dasturlash sohasi kundan-kunga rivojlanib bormoqda va bu tizimda foydalanuvchilar soni oshgan sari oshmoqdagi kamaygani yo’q. Buni Android dasturchilariga bo’layotgan talablardan ham bilib olsak bo’ladi.
Android platformasiga ilova yaratish uchun sizda Java dasturlash tilida (yoki Kotlin),Android APIs, va Android application architecture dan xabaringiz bo’lishi kerak.Bundan tashqari, yana bir muhim yordamchi albatta foydali, har tomonla qulay sharoitga ega bo’lgan dastur kerak.Ko’p yillar davomida, Eclipse IDE Android dasturlash uchun ishlatilib kelindi.Lekin bugun Android Studio o’zining imkoniyatlari bilan yetakchilikni qo’lga oldi.
Google Android Studioni Windows, Mac OS X va albatta Linux platformalari uchun ishlab chiqqan.Siz Android studioni Android Studioni rasmiy sahifasidan ko’chirib olishingiz mumkin, u yerda siz Android Studioga kerak bo’ladigan SDK ni ham topishingiz mumkin bo’ladi.Android Studioni ko’chirishdan oldin o’zingizni kompyuteringizni tuzilishiga qarab chiqing:
Windows uchun talablar
Microsoft Windows 7/8/10 (32-bit or 64-bit)
3 GB RAM minimum, 8 GB RAM (tavsiya qilingan) (plus 1 GB Android Emulator uchun)
2 GB hotiradan joy minimum, 4 GB (tavsiya qilingan) (500 MB IDE plus 1.5 GB Android SDK uchun va emulator system image uchun)
1280 x 800 minimum ekran o’lchami
Mac OS uchun talablar
Mac OS X 10.10 (Yosemite) yoki yuqori, 10.13 gacha (High Sierra)
3 GB RAM minimum, 8 GB RAM (tavsiya qilingan) (plus 1 GB Android Emulator uchun)
2 GB hotiradan joy minimum, 4 GB (tavsiya qilingan) (500 MB IDE plus 1.5 GB Android SDK uchun va emulator system image uchun)
1280 x 800 minimum ekran o’lchami
Linux OS uchun talablar
GNOME or KDE desktop. Ubuntu 14.04 LTS, Trusty Tahr
GNU C Library (glibc) 2.19 yoki yuqori
3 GB RAM minimum, 8 GB RAM (tavsiya qilingan) (plus 1 GB Android Emulator uchun)
2 GB hotiradan joy minimum, 4 GB (tavsiya qilingan) (500 MB IDE plus 1.5 GB Android SDK uchun va emulator system image uchun)
1280 x 800 minimum ekran o’lchami
Kompyuteringiz bu talablarga javob berishini bilganingizdan keyin, Android Studion o’zingizni operatsion tizimizga ko’chirib oling, Misol(android-studio-ide-182.5314842-linux.zip)
Amaliy qism
Windowsga Android Studioni o'rnating
Android Studio o'rnatish faylini yuklab olgan va saqlangan papkani oching.
Yuklab olingan faylni ikki marta bosing.
Agar siz o'rnatishga kompyuteringizga o'zgartirish kiritishga ruxsat berish haqida foydalanuvchi hisobini boshqarish oynasini ko'rsangiz , o'rnatishni tasdiqlash uchun Ha ni bosing.
Android Studio sozlamalariga xush kelibsiz dialog oynasi paydo bo'ladi.
O'rnatishni boshlash uchun Keyingiga bosing .
Barcha qadamlar uchun standart o'rnatish sozlamalarini qabul qiling.
O'rnatish tugagach, Android Studio-ni ishga tushirish uchun Finish tugmasini bosing .
Android Studio birinchi marta ishga tushirilganda ochiq yoki qorong'i mavzuni tanlang.
O'rnatish vaqtida sozlash ustasi Android ilovasini ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha komponentlar va vositalarni yuklab oladi va o'rnatadi. Bu internet tezligiga qarab biroz vaqt olishi mumkin. Bu vaqt ichida siz Windows buyruq protsessori uchun foydalanuvchi hisobini boshqarish dialog oynasini ko'rishingiz mumkin . Muloqot oynasini qabul qilish uchun Ha ni bosing .
Yuklab olish va o'rnatish tugagach, Finish tugmasini bosing .
|
| |