|
Vaqt-chizgichi (TimeLine - Vremennaya shkala)
|
bet | 2/2 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 108,5 Kb. | | #150843 |
Bog'liq Animatsion tasvirlar muharriri- macromedia (Adobe) FlashVaqt-chizgichi (TimeLine - Vremennaya shkala) - Flash dasturida animasiya harakatlarni yaratishida asosiy ish quroli. Ushbu sohada qatlam va kadrlarni ko’rishimiz va ular ustidan xar hil amallarni bajarishimiz mumkin. Vaqt-chizgich orqali qatlamlarni joylashuvi va turi, kadrlar turi (boshqaruv va avtomatik yaratilgan kadrlar) va ulardagi action dasturlash skriptlar mavjudligini ko’rishimiz va sozlashimiz mumkin.
Belgilar kutubxonasi (Biblioteka - Library) - xar hil turdagi belgilar bilan ishlash uchun Flash ning maxsus oynasi. Uni ekranga chiqarish uchun Ctrl+L yoki F11 yoki Okno menyusining Biblioteka (Window Library) buyrug’ini tanlashimiz kerak. Ushbu oyna orqali biz barcha belgilarni ko’rishimiz, ularni taxrirlashimiz, yangi yaratishimiz va o’chirishimiz, hamda ularni kadrlar qo’shishimiz mumkin.
Animasiya (Animasiya - Animation) - Flash dasturning asosiy harakatlari. Animasiya 2 hil bo’ladi: kadrli (pokadrovoe sozdanie) va avtomatik(avtomaticheskoe sozdanie promejutochnыx kadrov). Kadrli animasiya faqat boshqaruv kadrlardan iborat bo’ladi. Avtomatik animasiya (tweening) boshqaruv hamda avtomatik ravishda yaratilgan oddiy kadrlardan iborat bo’ladi. Flash dasturda ikki hil avtomatik animasiya turi mavjud: shakllar geometriyasini o’zgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar o’zgarishi (motion tweening) asosidagi animasiya. Xar hil animasiya turlarini yaratish va ularni taxrirlash asoslari bilan biz keyingi mavzularda tanishamiz.
Dasturning yana bir asosiy ish sohalaridan biri bu - ish qurollar tugmalar sohasi. U yordamida biz xar hil grafik shakllarni yaratishimiz va ular ustidan xar hil amallarni bajarishimiz mumkin bo’ladi. Ushbu sohada ish qurol tugmalari pastida chiziqlar rangini va orqa rangini o’zgartirish sohalari, hamda tanlangan ish qurol xususiyatlarini sozlash sohasi joylashgan. Xar bitta ish quroli o’zining imkoniyatlariga, xolatlariga va xususiyatlariga ega. Masalan rangni shakl ichiga berishda: to’liq cheklangan shakl, to’liq cheklanmagan shakl va butunlay cheklanmagan shakl xolatida ishlash mumkin. Ushbu qo’shimcha xolatlar va xususiyatlar tugma ma’nosidan keyin qavslarda ko’rsatilgan.
Ish qurollar (yordamchi tugmalar) ma’nosi
- V - Shakl yoki sohani tanlash va uni kadr bo’ylab harakatlantirish
- A - Kadrda tanlangan shakl chegaralarini o’zgartirish
- N- Kadrga chiziq turdagi shakl chizish
- L - Kadrda lasso yordamida ixtiyoriy soha tanlash (sexrli tayoqcha va ko’pburchak lasso xolatlari ham mavjud)
- P - Kadrga ko’pburchak turdagi shakl chizish
- T - Kadrga matn elementini qo’shish
- O - Kadrga aylana turdagi shakl chizish
- R - Kadrga to’rtburchak turdagi shakl chizish (brchaklari aylanasimon xolati ham mavjud)
- Y - Kadrga qalam yordamida shakl chizish (chizilgan shakl chegaralar turini o’zgartirish xolati ham mavjud)
- B - Kadrga mo’yqalam yordamida shakl chizish (chizish turi, mo’yqalam qalinligi va shaklini o’zgartirish xolatlari ham mavjud)
- Q - Kadrda tanlangan shaklni cho’zish (shaklni aylantirish, cho’zish, qiyshaytirish, chegaralarini o’zgartirish xolatlari ham mavjud)
- F - Kadrda tanlangan shakl ranglarining yo’nalishini o’zgartirish
- S - Kadrda tanlangan shakl chegaralar rangini o’zgartirish
- K - Kadrda tanlangan shakl orqa rangini o’zgartirish (to’liq cheklangan shakl, to’liq cheklanmagan shakl va butunlay cheklanmagan shakl orqa rangini o’zgartirish xolatlari ham mavjud)
- I - Kadrda ishlatilgan rangni qayta tanlash
- E - Kadrda ixtiyoriy sohani o’chirq’ich yordamida o’chirish (chegara, orqa rang va tanlangan rang, o’chirq’ich qalinligi va sexrli o’chirq’ich xolatlari ham mavjud)
- H - Kadr sohasini siljitish
- Z - Kadrni mashtabini o’zgartirish (kattalashtirish yoki kichkinalashtirish xolatlari ham mavjud)
chiziqlar rangini va orqa rangini o’zgartirish sohalarini tanlaganimizda quyidagi muloqot sohasi hosil qilinidi.
U yordamida yoki rang kodi orqali, yoki 256 rangdan tanlab, yoki spektrdan rangni tanlab olishimiz, hamda rang berish yo’lini tanlashimiz mumkin. Rangni boshqa yo’l bilan ham o’zgartirish mumkin. Buning uchun Okno menyusidagi Svetovoy nabor (Ctrl+F9) va Svetovoy miksher (Shift+F9) buyruqlarni ishga tushiramiz.
Oynaning o’ng tomonida kadrni ko’rish masshtabini o’zgartirish sohasi joylashgan. U yordamida to’liq kadrni, to’liq ish sohani, 25%, 50%, 100%, 200%, 400% va 800% ko’rinishiga o’tkazish mumkin.
Xar bir grafik shakl va belgi o’zining xususiyatlariga ega. Ushbu xususiyatlani ekranga chiqarish va ularni o’zgartirish uchun chap tugmasi bilan tanlab Svoystva (Proprties) yoki Ctrl+F3 yoki Okno menyusining shu nomli buyrug’ini tanlamiz. Natijada shu nomli muloqot oynasi ekranda hosil qilinadi va u yordamida biz xar bir grafik shakl va belgining xususiyatlarini o’zgartirishimiz mumkin bo’ladi.
Masalan, ish sohaning bo’sh joyiga bosib shu oynada hosil qilingan elementlar orqali ish sohaning xajmini, orqa rangini va kadrlar almashish tezligini o’zgartirishimiz mumkin. Agar boshqaruv kadr tanlangan bo’lsa, u xolda animasiya turi, uning xususiyatlari, tovush bilan jixozlanish va xokazo xolatlarini o’zgartirishimiz mumkin. Agar matn elementi tanlangan bo’lsa, u xolda matn xarflar shakli, kattaligi, intervallari, rangi, abzasda joylanishi va xokazo shriftga tegishli xolatlarni o’zgartirish imkoniyati paydo bo’ladi. Agar esa grafik shakl tanlangan bo’lsa u xolda uning kadrda joylanish koordinatalari, kattaligi, chegara chiziqlarining qalinligi va rangi, ular turi va shaklning orqa (ichki) rangini o’zgartirish imkoniyati paydo bo’ladi.
Flash dasturida animasiya ikki hil bo’ladi: kadrli (pokadrovoe sozdanie) va avtomatik(avtomaticheskoe sozdanie promejutochnыx kadrov). Avtomatik animasiya shakllar geometriyasini o’zgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar o’zgarishi (motion tweening) asosidagi animasiya turlarga bulinadi.
FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YXАTI
O’zbekiston Respublikаsi Prezidentining fаrmonlаri vа qаrorlаri:
«Kompyuterlashtirishni yanаdа rivojlаntirish vа аxborot – kommunikаtsiya texnologiyalаrini joriy etish to’g’risidа» (30.05.2002 y. № UP - 3080);
«Telekommunikаtsiya sohаsidа boshqаrishni tаkomillashtirish chorа-tаdbirlаri to’g’risidа» (28.06.2000 y. № UP – 2647);
«Аxborot texnologiyalаri sohаsidа kаdrlаr tаyYorlash tizimini tаkomillashtirish to’g’risidа» (02.06.2005 y.).
|
| |