• Anjuman tili
  • Ma’ruza matnini rasmiylashtirish bo‘yicha talablar
  • Mualliflik badali
  • Bog‘lanish uchun telefonlar:+998933401683;+998915255097;+998902708646 E-mail: tatyha.1990.1103
  • Anjumanda muhokama qilinadigan masalalar




    Download 13,28 Kb.
    Sana02.10.2024
    Hajmi13,28 Kb.
    #273238
    Bog'liq
    5dekabr sahifa 20000


    AXBOROT XATI
    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan 2024-yil 16-17-dekabr kunlari “Zamonaviy tilshunoslikni takomillashtirishda strategik yo‘nalishlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
    ANJUMANDA MUHOKAMA QILINADIGAN MASALALAR:
    1.Soha terminologiyasini tartibga solishning nazariy metodologik asoslari.
    2.Filologik sohada innovatsion va pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdagi muammolar.
    3.Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik masalalari.
    4.Xizmat ko‘rsatish sohasida tilshunoslikni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish bosqichlari.
    Anjuman tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.
    Anjuman qatnashchilari: Anjumanda professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin. Anjuman materiallari nashr qilinadi va elektron shaklda mualliflarga tarqatiladi.
    Ma’ruza matnini rasmiylashtirish bo‘yicha talablar:
    ·ma’ruza matnlari 14 o‘lchamdagi shriftda 1 intervalda, 3-5 varaq hajmda Times New Roman shriftida yozilgan va tahrir qilingan bo‘lishi lozim;
    ·ma’ruza mavzusining yuqorisida muallifning ismi, sharifi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, telefoni va elektron manzili to‘liq ko‘rsatilishi kerak. Mavzudan keyin annotatsiyasi, kalit so‘zlar va mazmuni to‘liq yoziladi.
    ·Ma’ruzaning oxirida alohida ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiya berilishi shart.
    ·Matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari: yuqoridan–2,5sm, pastdan–2,5sm,o‘ngdan 2,5sm,chapdan –2,5sm.o‘lchamda belgilanadi;
    ·Ma’ruza matni 1 nusxa qog‘ozda chop etilgan holatda va elektron shaklda, RTF formatida taqdim etiladi;
    Mualliflik badali: anjumanni tashkil qilish va to‘plamni nashr qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun har bir bet uchun 20000 (yigirma ming) so‘m belgilangan.
    Muddat: ma’ruzalar 2024-yilning 5-dekabrigacha qabul qilinadi va anjumanga qadar chop etiladi.
    Eslatma: Mualliflar maqola anjumanning qaysi yo‘nalishiga mo‘ljallanganligini aniq ko‘rsatishi lozim. Tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va kechikib topshirilgan ishlar anjuman materiallariga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
    Bog‘lanish uchun telefonlar:+998933401683;+998915255097;+998902708646
    E-mail: tatyha.1990.1103@MAIL.ru.Telegramda: 998915526075 Chernova Tatyana
    Download 13,28 Kb.




    Download 13,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Anjumanda muhokama qilinadigan masalalar

    Download 13,28 Kb.