Antennalar va rtt




Download 2,35 Mb.
bet6/8
Sana18.01.2024
Hajmi2,35 Mb.
#140631
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Antenna Yakuniy Yozma

Birinchi usul. Ko‘ndalang kesimi o‘lchamlarini oshirish yo‘li bilan tebratgichning to‘lqin qarshiligini kamaytirish tebratgich ishchi diapazonini kengaytirishning asosiy metodlaridan biridir.
Ikkinchi usul. Bu usulda antenna bog‘langan tekis to‘lqin bo‘lgan fiderli liniya va fazoviy to‘lqin bo‘lgan erkin fazo orasidagi oraliq qurilma sifatida qaraladi.
Uchinchi usul. Bunda antenna kirish qarshiliklarining reaktiv tashkil etuvchilari turli chastota bog‘liqlikka ega ikki qismdan ya’ni (biri induktiv, boshqasi sig‘imli bog‘liqlik) tayyorlanadi va ma’lum polosada bir-birini kompensatsiyalaydi.

  1. Bog‘liq vibratorlardan tashkil topgan tizimning xususiyatlari

Бир йўналишли нурлатиш ёки тор йўналганлик диаграммасини hосил qилиш талаб этилган hолатларда икки ёки ундан ортиq тебратгичлардан ташкил топган антенналардан фойдаланилади. Бундай тебратгичлар бир - бирига сезиларли таъсир кўрсатганлиги сабабли боg‘лиq тебратгичлар деб аталади.

q - ток модули;
ψ - фаза силжиши, I2 ва I1 токлар орасидаги муносабат
kdcosΘ – фазовий фаза силжиши



  1. Reflektor va direktorlarning bajaradigan vazifalarini tushuntiring

Nurlanishni boshqa bir tebratgich tomon kuchaytiruvchi va teskari yo‘nalishda susaytiruvchi tebratgich reflektor deyiladi. Reflektorlik ta’siri to‘liq bo‘lishi uchun, ko‘rilayotgan holatda (d = /4) toklar (q = 1) bo‘yicha har ikkala tebratgichda bir xil bo‘lishi kerak, reflektordagi tok esa faza bo‘yicha ikkinchi tebratgichdagi tokdan 90° ga ortishi kerak
Boshqa bir tebratgich tomon nurlanishni kamaytiruvchi va teskari yo‘nalishlarda kuchaytiruvchi tebratgich direktor deyiladi. Ideal holatda direktor: q = l;  = - /2 (d =  /4 da) rejimida ishlashi kerak



  1. Bog‘liq vibratorlar hosil qilgan YD taxlil qiling

Bog‘liq tebratgichlarning (H-tekislikda) yo‘nalganlik diagarammasi



d/  , q va  larga bog‘liq holda yo‘nalganlik diagrammasi turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. d/  ortgan sari (d/  = 0,5 dan boshlab) yaproqlar soni ham ortadi



  1. Aktiv vibrator deb qanday vibratorga aytiladi?

Aktiv vibrator asosiy manbaga ulangan vibratorga aytiladi..





  1. Pasiv vibrator deb qanday vibratorga aytiladi?

Passiv tebratgichlar odatda bir taraflama nurlanishni hosil qilish uchun reflektor va direktor sifatida qo‘llaniladi. Tebratgich reflektor yoki direktor vazifasini bajarishi uchun, undagi tok aktiv tebratgichdagiga nisbatan ma’lum fazaga va kattalikka ega bo‘lishi kerak (ideal holatda d = λ/4 da q = 1 va Ψ = ±90° shartlar bajarilishi kerak).





  1. Antenna panjaralari yordamida o‘tkir yo‘naltirilgan diagrammalarni hosil qilish usullari

Sinfaz panjaralar joylashuv chiziqlariga nisbatan perpendikulyar yo‘nalish bo‘yicha (φ=0 va 1800) yetarlicha uzoq masofalarga energiya uzatganda, alohida tebratgichlarning nurlari bir xil yo‘lni bosib o‘tadi va ularning maydonlari sinfaz tarzda ustma-ust tushadi. φ=0 va 1800 yo‘nalishlar YD bosh maksimumiga mos keladi. Boshqa barcha yo‘nalishlarida esa yakka tebratkichlar hosil qilgan maydonlar fazasi bo‘yicha farq qiladi va bu yo‘nalishlardagi natijaviy maydon bosh yo‘nalishnikidan kichik bo‘ladi.





  1. Antenna panjaralari yordamida yo‘nalganlik diagrammalarini boshqarish usullari

Sinfaz panjaraning YD to‘lqin uzunligining kamayishi, tebratgichlar soni va ular orasidagi masofaning ortishi bilan torayib boradi. Agar tizimdagi tebrtgichlar sonini kamaytirilib, ular orasidagi masofani oshirilib nd munosabat saqlab qolinsa bosh bargchaning kengligi o‘zgarmaydi, ammo yon bargchalarning sathi ortib ketadi. Tebratgichlar orasidagi masofa d≤0.5λ da yon bargchalar sathi o‘zgarmaydi, lekin tebratgichlar sonining ortishi tizimni murakkablashtirib yuboradi. Shu sababli yo‘nalmagan yoki yarim to‘lqinli tebratgichlar orasidagi masofa 0.5 λ, bir to‘lqinli tebratgichlar uchun λ teng qilib tanlanadi.



  1. Bo‘ylama nurlatuvchi antenna panjarasi haqida tushuncha bering.


Antenna elementlaridagi tokning fazasini zarur siljitish (  ) mos faza o‘zgartiruvchilar yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin, bunday holda antennani taminlash sxemasi murakkab ko‘rinish oladi. Buning o‘rniga antenna elementlarini ma’lum fazaviy tezlik bilan, (1- tebratgich) antenna boshlanadigan uning uchi tomon tarqalayotgan yugurma elektromagnit to‘lqin yordamida qo‘zg‘atish ancha osondir. Bu holatda keyingi tebratgichdagi tokning fazasi oldingi tebratgichdagi tokdan    d kattalikka orqada qoladi.



  1. Ko‘ndalang nurlatuvchi antenna panjarasining ishlash prinsipini tahlil qiling




Ko‘ndalang nurlatuvchi panjara ko‘paytuvchisini aniqlash

Bunday tebratgichlar tizimi teng amplitudali ekvidistant panjara deyiladi. Har bir keyingi tebratgichdagi tok fazasi oldingi tebratgichdagi tokdan ψ burchakka orqada qolsin. d << r bo‘lganda, antennadan katta uzoqlikdagi M nuqtada alohida turli tebratgichlardan nurlarni parallel deb hisoblasa bo‘ladi. M nuqtadagi (4.1.a - rasm) birinchi tebratgich hosil qilgan maydonni Ye1 bilan belgilaymiz. Teng amplitudali panjarada bir biridan katta uzoqlikdagi turli tebratgichlar hosil qilgan maydon amplitudasini birinchi tebratgich maydoni amplitudasiga teng deb qabul qilish mumkin, biroq bu maydonlarning fazalari turlicha bo‘ladi. 2-tebratgichning Ye2 maydoni nurlar qadami farqi  r hisobiga 1- tebratgich maydonidan faza bo‘yicha k  r = kdsin  burchakka oldinda bo‘lsa, manba hisobiga  burchakka orqada qoladi. 1- va 2- tebratgichlar hosil qilgan maydonlar orasidagi natijaviy faza siljishi F = kdsin  - teng. Bu faza bo‘yicha siljish ixtiyoriy qo‘shni tebratgichlar hosil qilgan 64 maydonlar uchun ham o‘rinli bo‘ladi. 4.1.b - rasmda bir-biriga nisbatan fazasi F burchakka siljigan turli tebratgichlar maydonlarining grafik yig‘indisi keltirilgan.


Ko‘rilgan antenna panjaralari maksimal intensivlikda yo o‘z o‘qi normali yo‘nalishida ψ = 0 0 – sinfaz panjara), yo normalga qandaydir burchakda (chiziqli panjara) nurlatadi. Panjara o‘qi bo‘ylab (u o‘qi) 68 nurlanish nolga teng, chunki panjara elementlari bu yo‘nalishda nurlatmaydi. Bu – ko‘ndalang nurlatuvchi panjaradir





  1. Sinfaz panjara qanday tuzilishga ega?



Download 2,35 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2,35 Mb.