Antennalar va rtt




Download 2,35 Mb.
bet8/8
Sana18.01.2024
Hajmi2,35 Mb.
#140631
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Antenna Yakuniy Yozma

Parabolik antenna (ko‘zguli yoki reflektorli) deb, birlamchi nurlatuvchi hosil qilgan yo‘naltirilmagan elektromagnit to‘lqinlarni o‘tkir yo‘nalgan to‘lqinlarga aylantirib beruvchi qurilmaga aytiladi.

O‘q bo‘yicha simmetrik ko‘zguli antenna paraboloid ko‘rinishida tayyorlangan qaytaruvchi sirt va paraboloid fokusida joylashib, uni ichki yuzasini nurlatuvchi uncha katta bo‘lmagan, nisbatan sust yo‘nalgan antenna nurlatgichidan iborat bo‘ladi. Bunday klassik ko‘zgusimon antenna asosida turli modifikatsiyalar yaratilgan. Qaytaruvchi ko‘zgu soniga ko‘ra, bir va ko‘p ko‘zguli antennalarga bo‘linadi. Ko‘p ko‘zguli antennalar odatda ikkita ko‘zguga ega bo‘ladi va bu guruh antennalarni ikki ko‘zguli antennalar deyiladi. Antenna nurlatgichi va ko‘zgusining o‘zaro joylashishishga ko‘ra, ular o‘qi bo‘yicha simmetrik va nosimmetrik bo‘ladi. Ko‘zguli antennalarda yuzaga keluvchi asosiy nurlarning soniga ko‘ra, bir va ko‘p nurli antennalar farqlanadi. Nurlar soni nurlatgichlar soni bilan aniqlanadi. o‘g‘ri to‘rtburchakli koordinata tizimida (boshlanishi paraboloid cho‘qkisida) parabolik sirt x 2 + u2 = 4f0z tenglama orqali ifodalanadi, bu yerda f0 – fokus masofa. Paraboloid aylanish holatida ochilish yuzasi tekisligi (ko‘zgu tekisligining chekka nuqtalari orqali o‘tuvchi va uning fokus o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan tekislik) aylana shakliga ega. Bu tekislik radiusi ko‘zgu ochilish yuzasi radiusi (R0) deyiladi. Ochilish yuzasi radiusi va ko‘zgu ochilishi burchagi (fokus o‘qi va paraboloid chekkasiga fokusdan o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziq orasidagi burchak γ0) R0=2f0tg(γo/2) nisbat orqali bog‘langan.



Ko‘zguli antennalarning ishlash prinsipi quyidagicha. Nurlatgich orqali nurlanayotgan elektromagnit to‘lqin ko‘zguga tushganda unda yuza elektr (elektromagnit maydoning ikkilamchi manbalari) toklari hosil bo‘ladi. Bu toklar nafaqat ko‘zguning nurlatgichga yo‘naltirilgan ichki yuzasida, balki elektromagnit to‘lqinlarning difraksiya hodisasi sababli tashqi yuzasida ham yuzaga keladi. Ko‘zguli antenna tomonidan uni o‘rab turuvchi fazoning istalgan nuqtasida yuzaga keluvchi elektromagnit maydon bu nurlatgich tomonidan hosil qilinayotgan asosiy va yuza toklari orqali hosil bo‘layotgan ikkinchi darajali maydonlarning qo‘shilishi (interferensiyasi) natijasi hisoblanadi.
Parabolik antennani yo‘nalganlik xossalarini aniqlashning 2 ta taqribiy metodi mavjud, ya’ni apertur va toklar asosida. Apertur metodida nurlanayotgan elektromagnit maydonni aniqlash ko‘zgu yuzasida qo‘zg‘alayotgan maydon taqsimoti ekvivalentlik prinsipiga asoslanadi. Ko‘zgu ochilishidagi amplituda taqsimoti va antennaning yo‘nalganlik diagrammasi nurlatgich yo‘nalganlik diagrammasi va ko‘zgu shakli (R0/f0 nisbat) orqali aniqlanadi. Parabolik antennaning yo‘nalganlik xossalarini aniqlashning tokli metodi ko‘zgu ichki sirtida yuza toklarning ma’lum taqsimotiga asoslanadi.



  1. Parabolik antenna ko‘zgusini nurlatgichga ko‘rsatadigan ta’siri va unga qarshi kurashish usullari

Ko‘zgudan qaytgan to‘lqinning bir qismi nurlatuvchiga qaytadi. Qaytgan to‘lqinlarga nisbatan nurlatuvchi qabul qiluvchi antenna vazifasini bajaradi. Antennaning YTK qanchalik katta bo‘lsa, shuncha katta quvvatni ushlab qoladi. Ushlab qolingan bu quvvat o‘z navbatida liniyada generator tomonga yo‘naltirilgan qaytgan to‘lqinni hosil qiladi. Natijada yuklama bilan nomunosiblik vujudga keladi.
Ko‘zguning nurlatuvchiga ko‘rsatadigan ta’siriga qarshi kurashish usullari va ularning kamchiligi quyidagilardan iborat:
1. Ferritli ventil. Kamchiligi - torpolosali.
2. Yordamchi plastina d-ning o‘lchami shunday tanlanishi kerakki, plastinkadan kelayotgan va undan qaytayotgan to‘lqinlar o‘zaro yeyishib ketishi kerak. Kamchiligi - torpolosali.
3. Tirqish teshiklari. Kamchiligi - orqa bargchaning kattaligi.
4. Yoyilish sirtining bir qismidan foydalanish. Kamchiligi -YTK kamayadi.
5. Doiraviy qutblanishdan foydalanishda kamchilik yo‘q.
6. 450 burchak ostida joylashgan, qutblanish tekisligi 900 aylantira oladigan metall qobirg‘alardan foydalanish. Kamchiligi - doiraviy qutblanish bilan ishlay olmaydi.



  1. Antennalarni kompyuterli modellashtirish va ulrnining parametrlarini o‘lchash asoslari (MMANA dasturining asosiy oynalari va ularning vazifalari)

Antenna panjaralarining asosiy elektr va yo‘nalganlik xarakteristikalarini hisoblashda MMANA-GAL kompyuter dasturidan foydalaniladi. Ushbu dastur AP asosiy elektr va yo‘nalganlik xarakteristikalarini hisoblash va ularni tahlil qilish imkonini beradi. Hisoblashlar lahzalar usulida amalga oshiriladi. Maʼlum o‘tkazgichlar to‘plami (yaʼni, anntenna elementlari) haqidagi dastlabki maʼlumotlarni kiritish natijasida dastur YD shaklini quradi, KK, TTK, HTK va boshqa shu kabi asosiy parametrlarni hisoblaydi. Dastur antenna parametrlarini real sharoitlarda hisoblash imkoniyatiga ega bo‘lib, unda o‘tkazgich materialining turini, antennaning o‘rnatilish balandligi tanlash, real muhit parametrlari va h.k. larni kiritish mumkin. MMANA dasturi antennalarni modellashtirish va tahlil qilishda juda keng imkoniyatlarni yaratadi. Bu dastur yordamida quyidagi amallarni bajarish mumkin:

  • antennani sichqoncha yordamida chizish yoki jadval yordamida kiritish; - juda ko‘p turdagi antennalarni modellashtirish;

  • antennaning yo‘nalganlik diagrammasini hisoblash; - mavjud antennalarni xarakteristikalari bo‘yicha solishtirish;

  • elementning rezonans chastotasini saqlab qolgan holda, uning shaklini istalgancha o‘zgartirish;

  • ko‘pqavatli antennalarni steklar yordamida hosil qilish;

  • antennaning xarakteristikasini tanlangan parametri bo‘yicha optimizatsiya qilish, bunda optimizatsiya jarayonini kuzatish mumkin;

  • optimizatsiya qadamlarini jadval ko‘rinishida saqlab qo‘yish;

  • antennaning turli xarakteristikalarini grafik ko‘rinishida qurish;

  • bir qator moslashtiruvchi qurilmalarni hisoblash;

  • barcha maʼlumotlarni grafik va jadval ko‘rinishida saqlab qo‘yish;

  • antennaning kirish qariligi Zkir, TTK, KK bo‘yicha optimallashtirish jarayonini sozlash

MMANA-GAL dasturining birinchi asosiy «Геометрия» oynasi
MMANA-GAL dasturining ikkinchi asosiy «Вид» oynasi
MMANA-GAL dasturining uchinchi asosiy «Вычисления» oynasi
MMANA-GAL dasturining to‘rtinchi asosiy «ДН» oynasi

  1. Dasturning birinchi oynasi unda motorlashtirilayotgan antennaning asosiy parametrlari: ishchi chastota (yoki to‘lqin uzunligi), geometrik o‘lchamlari, qo‘zg‘atuvchi parametrlar (manbalar), yuklamalar va ularning parametrlari keltirilgan. Dasturning antenna modelini namoyish (demonstratsiya) etish uchun mo‘ljallangan oyna 2- rasmda tasvirlangan. 3- rasmda dasturning uchinchi oynasi keltirilgan bo‘lib, unga muhit parametrlari (“Земля” varaqasi), antennaning ko‘tarilish balandligi, antenna yasalgan material turi kiritiladi shuningdek, hisoblash natijalari olinadi. Dasturning to‘rtinchi oynasi 4- rasmda ketirilgan. Unda antennaning maydoniy koordinatalar tizimida (gorizontal va vertikal tekisliklarda) hisoblangan YD va asosiy xarakteristikalari keltiriladi.

Xulosa sifatida shu taʼkidlab o‘tish lozimki, MMANA dasturining takomillashgan interfeys va qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan yangi talqinlari davriy ravishda ishlab chiqilmoqda. Ammo uning asosiy ishlash prinsiplari o‘zgarmasdan qolmoqda.
Download 2,35 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2,35 Mb.