Antennalar va rtt




Download 2.35 Mb.
bet2/8
Sana18.01.2024
Hajmi2.35 Mb.
#140631
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Antenna Yakuniy Yozma
http, Mustaqil ish Algoritmlarni loyihalashtirish va tahlil qilish, Presentation 9
Ionosfera deb, tashqi nurlanish ta’sirida alohida “+” va “-” elektr zaryadlariga ega bo‘lgan muhitga aytiladi.



  1. Troposfera va uning xususiyatlari. Troposfera parametrlari

Troposfera - bu yer atmosferasining eng quyi qatlami bo‘lib, qutbiy kenglikda 8-10 km, o‘rta kenglikda 10-12 km, tropiklarda esa 16-18 km balandlikgacha joylashadi. Troposferada butun xavo massasining 4/5 qismi to‘plangan. Troposfera quyosh nurlari uchun deyarli shaffof bo‘lganligi uchun, undagi issiqlik energiyasining asosiy manbai quyosh tomonidan qizdirilgan yer sirti hisoblanadi. Yer yuziga yaqin joylashgan xavo, isish natijasida yuqoriga ko‘tariladi va sovugan xavo bilan o‘rin almashadi. Bu jarayon to‘xtovsiz davom etadi. Shunday qilib, troposfera pastdan yuqoriga qarab isib boradi. Bunda, yer yuzasining aloxida qismlarida notekis isish natijasida yuzaga keladigan xavo massasi troposferada xavo oqimlarining vertikal yo‘nalishda aralashishiga sabab bo‘ladi. Bu jarayon – turbulentlik deb ataladi. Troposferaning yuqori chegarasi, balandlik ortishi bilan xarorat pasayishining to‘xtashi orqali aniqlanadi. Xaroratning o‘rtacha vertikal gradienti 6 grad/km ni tashkil etadi. Troposferaning dielektrik singdiruvchanligi. Xar qanday muxit kabi, atmosferaning xam elektrik xususiyatlari dielektrik singdiruvchanlik, magnit singdiruvchanlik va solishtirma o‘tkazuvchanlik parametrlari bilan tavsiflanadi. Atmosferaning magnit singdiruvchanligini katta aniqlik bilan o‘zgarmas deb qabul qilish mumkin va uni magnit singdiruvchanlik doimiysiga teng deb olinadi. Qolgan ikkita parametr esa kuzatish nuqtasining holatiga, quyosh faolligiga, tarqatilayotgan to‘lqin chastotasiga bog‘liq ravishda sezilarli darajada o‘zgarib turadi. Troposferaning nisbiy dielektrik singdiruvchanligi quyidagicha aniqlanadi.



Troposferaning nisbiy dielektrik singdiruvchanligi troposferaning sinish koeffitsienti nT bilan quyidagicha bog‘liq




  1. Troposfera refraksiyasi va uning turlari


Download 2.35 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2.35 Mb.