• DrWeb
  • View (Ko`rish) menysi zararlangan fayllar ro`yxati ob’yektni tanlash statistika Options (Opsiya) menysi
  • Help (Yordam) menysi
  • DrWeb32 antivirus programmasini ishga tushirganda (Windows ning ish stolidan, PUSK




    Download 95,5 Kb.
    bet4/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi95,5 Kb.
    #231603
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    FOYDALI MANBALAR

    DrWeb32 antivirus programmasini ishga tushirganda (Windows ning ish stolidan, PUSK menysining
    Quyida asboblar panelining, menyu bo`limlari va bandlarining asosiy funksiyalari berilgan.
    Asboblar paneli va funksiyalari
    Zararlangan fayllar ro`yxatini chiqarish holatiga o`tish.
    Tekshiriladigan sohani tanlovchi daraxt holatiga o`tish.
    Virusga tekshirish natijalarining ma'lumotlarini chiqarish.
    Zararlangan fayllar haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi ro`yxatni tozalash.
    DrWeb bazasini Internet orqali to`ldirish.
    Antivirus programmaning ishlash parametrlarini o`rnatish.
    Chiqish (ishni tugallash).
    File (Fayl) menysi

    • Davolashni boshlash

    • Ishni to`xtatish

    • ro`yxatni tozalash

    • bazani to`ldirish

    • ishni tugallash

    View (Ko`rish) menysi

    • zararlangan fayllar ro`yxati

    • ob’yektni tanlash

    • statistika

    Options (Opsiya) menysi

    • holat parametrlarini o`zgartirish

    • holat parametrlarini saqlash

    • holat parametrlarini tiklash

    Help (Yordam) menysi

    • mavzular bo`yicha yordam

    • programma haqida ma'lumot

    Ko'р turdagi viruslar shunday tuzilganki, kasallangan dasturni ishga tushirganda virus kompyuter xotirasida doimiy qoladi vа vaqt - vaqti bilan dasturlarni kasallaydi vа kompyuterda zararli amallarni bajaradi.
    Virusning barcha amallari yetarlicha tez vа hech qanday ma'lumot e'lon qilmasdan bajariladi. Shuning uchun foydalanuvchi kompyuterda qanday jarayonlar amalga oshayotganligini bilishi qiyin.
    Kompyuterdagi dasturlarning kamchilik qismi kasallangan bo'lsa, virus borligi umuman bilinmaydi. Lekin aniq vaqt o'tgandan so'ng kompyuterda qiziq holatlar paydo bo'la boshlaydi. Masalan, ba'zi dasturlar ishlamay qoladi yoki noto'g'ri ishlaydi, ekranga begona ma'lumotlar уоki belgilar chiqariladi, kompyuterning ishlash tezligi sezilarli darajada pasayadi, ba'zi fayllar buzilib qoladi. Bu paytgacha kompyuterdagi anchagina dasturlar, ba'zi boshqa turdagi fayllar ishdan chiqadi. Bundan tashqari, virus disk уоki lokal tarmoq orqali boshqa kompyuterlarga o'tishi ham mumkin.
    Shuning uchun virusdan himoyalanmasa yoki yuqishining oldi olinmasa, juda katta noxushliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, 1989 - yil amerikalik student Morris yozgan virus bilan bir necha ming kompyuter, jumladan AQSH mudofaa vazirligining kompyuterlari kasallangan vа ishdan chiqqan. Oqibatda virus muallifi 3 oу ozodlikdan mahrum qilinib, unga 270 ming dollar jarima solingan.
    Virus dasturi ko'rinmaydigan bo'lishi uchun u juda kichik bo'lishi kerak. Shuning uchun ham ularning ko'pchiligi assembler tilida yoziladi.
    Viruslarning paydo bo'lishiga dastlabki mualliflarning «shumligi» vа o'zlari tushunmagan holda kimnidir «tuzlashni» maqsad qilib qo'yishlari sabab bo'lgan. Oqibatning bu darajada yomonlashuvi ularning xayoliga kelmagan bo'lsa kerak.
    Hozirgi kunda 20000 dan ortiq kompyuter viruslari kompyuter tizimlari vа ma'lumotlari ishi uchun asosiy xavfni tashkil etadi. Bunda, asosan, zarar ko'radiganlar litsey, institut, universitetlar vа boshqa tashkilotlardir. Bunday muassasa kompyuterlarida ma'lumotlardan foydalanish ochiq vа chegarasiz bo’lganligi uchun viruslarning qurboni bo'linadi vа katta moddiy talafot ko'riladi. Shu bois kompyuter ishini nazoratga olish muhimdir.
    Kompyuter ishini nazoratga olish deganda nima tushuniladi? Unga quyidagilar kiradi:
    1) litsenziyasiz dasturiy ta'minotdan foydalanmaslik;
    2) tashqaridan kiritiladigan viruslarning oldini olish;
    3) tizimga sanksiyasiz kiruvchi xakerlarga imkon bermaslik.
    Axborot vа dasturlar xavfsizligini ta'minlash uchun quyidagilar zarur bo'ladi: birinchidan, litsenziyalangan dasturiy ta'minotni ishlatish; ikkinchidan, tashqi tarmoqlarga ulanishda filtr cheklovchilar o'rnatish (viruslardan himoyalanish vа sanksiyasiz foydalanishni cheklash).
    Albatta, bunday himoya vositalari uzluksiz rivojlanib takomillashib bormoqda.
    Kompyuter viruslarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

    • diskning yuklanish sektorlarini buzadigan yuklanish viruslari;

    • bajariladigan fayllar -соm, ехе, sys, bat fayllarini buzuvchi fауl viruslari;

    • diskning yuklanish sektori va bajariladigan fayllarni buzadigan yuklanish fayli viruslari;

    • stels (stelth) – ko'rinmas viruslar;

    • Microsoft Word muharriri yordamida hosil qilingan ma'lumotli fayllarni yozuvchi – makrobuyruq viruslari.

    Bundan tashqari boshqa turdagi viruslar ham mavjud. Viruslardan himoyalanishda axborotni himoya qilishning umumiy vosita1aridan foydalanish kifoya qilmaydi. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalanish zarur bo'ladi. Вu dasturlarni bir necha turga ajratish mumkin: detektorlar vaksinalar (immunizatorlar), doktorlar, revizorlar (fayl va disklarning tizimli sohalaridagi o'zgarishlarni nazorat qiluvchi dasturlar), doktor revizorlar va filtrlar (virusdan himoyalanish uchun mo'ljallangan rezident dasturlar.

    Download 95,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 95,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DrWeb32 antivirus programmasini ishga tushirganda (Windows ning ish stolidan, PUSK

    Download 95,5 Kb.