|
Arifmetik-mantiqny qurilma (amk) Mikroprocessning interfeysli qismi
|
bet | 3/4 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 60,19 Kb. | | #109911 |
Bog'liq 7-ma\'ruzaMikroprotsessor arxitekturasi – foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraladigan mantiqiy tuzilish bо‘lib, MP tizimini tuzish uchun zarur bо‘ladigan funksiyalarning apparatlar va dasturlar vosita amalga oshirilishiga kо‘ra mikroprotsessorda joriy etiladigan imkoniyatlarni belgilab beradi. Mikroprotsessor arxitekturasi tushunchasi quyidagilarni aks ettiradi:
mikroprotsessor tuzilishini, ya’ni mikroprotsessorni tashkil etadigan tarkibiy qismlar komponentlarining majmui va ular orasidagi aloqalarni (foydalanuvchi uchun mikroprotsessorning registrli modeli bilan cheklanish kifoyadir); ma’lumotlarning taqdim etilish usullari va ularning formatlarini; tuzilishning dasturiy jihatdan foydalanuvchi uchun tushunarli bо‘lgan barcha elementlariga murojaat qilish usullarini (registrlarga, doimiy va tezkor xotiralar uyalariga, tashqi qurilmalarga ma’lum manzil bо‘yicha murojaat qilish); mikroprotsessor tomonidan bajariladigan operatsiyalar tо‘plamini; mikroprotsessor tomonidan shakllantiriladigan va uning ichiga tashqaridan kirib keladigan boshqaruvchi sо‘zlar va signallar tavsifini; tashqi signallarga bildiriladigan munosabatlarni (uzilishlarga ishlov berish tizimi va shu kabilar).
Mikroprotsessor tizimining xotira bо‘shlig‘ini shakllantirish usuliga kо‘ra MP arxitekturalari ikkita asosiy turga bо‘linadi.
Dasturlar va ma’lumotlarni saqlash uchun bitta xotira bо‘shlig‘i qо‘llanilgan tuzilish fon Neyman arxitekturasi deb ataladi (dasturlarni ma’lumotlar formatiga muvofiq keladigan formatda kodlash taklifini kiritgan matematik nomi berilgan). Bunda, dasturlar ham, ma’lumotlar ham yagona bо‘shliqda saqlanib, xotira uyasidagi axborot turiga ishora qiluvchi biror-bir alomat bо‘lmaydi.
Bunday arxitekturaning afzalliklari jumlasiga mikroprotsessorning ichki tuzilishi nisbatan soddaligi va boshqaruvchi signallar sonining kamligi kiradi.
Dasturlar xotirasi CSEG (ingl. Code Segment) va ma’lumotlar xotirasi DSEG (ingl. Data Segment) о‘zaro ajratilgan hamda har biri о‘zining manzilli bо‘shlig‘i va kirish usullariga ega bо‘lgan tarzda yaratilgan tuzilish g
|
| |