|
Arifmetik-mantiqny qurilma (amk) Mikroprocessning interfeysli qismi
|
bet | 4/4 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 60,19 Kb. | | #109911 |
Bog'liq 7-ma\'ruzaarvard arxitekturasi deb ataladi (shunday arxitekturani yaratish taklifini kiritgan Garvard Universiteti laboratoriyasining nomi berilgan). Ushbu arxitektura nisbatan murakkab bо‘lib, qо‘shimcha boshqaruv signallarini talab qiladi. Biroq, u axborot bilan ancha uddaburon harakatlar bajarish, ixcham kodlashtiriladigan mashina komandalari tо‘plamini joriy etish va qator hollarda mikroprotsessor ishini jadallashtirish imkonini beradi. Intel firmasining MCS-51 oilasiga mansub mikrokontrollerlar mulohaza yuritilayotgan arxitekturalarning bir vakili sanaladi.
Bugungi kunda aralash arxitekturali mikroprotsessorlar ishlab chiqarilib, ularda CSEG va DSEG yagona manzilli bо‘shliqqa joylangan, ammo ular turli murojaat mexanizmlariga ega. Bunga aniq misol tariqasida Intel firmasining80x86 oilasiga mansub mikroprotsessorlarni keltirish mumkin.
Jismonan mikroprotsessor xotira qurilmasi hamda kiritishchiqarish tizimi bilan tizim shinalarining yagona tо‘plami – tizim ichidagi magistral orqali hamkorlik qiladi. Ushbu magistral aksariyat hollarda quyidagilardan tashkil topadi:
DB (ingl. Data Bus) rusumli ma’lumotlar shinalaridan (ushbu shinalar orqali MzP, xotira va kiritish-chiqarish tizimi о‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi amalga oshadi);
AB (ingl. Address Bus) rusumli manzillar shinalaridan (murojaat qilinayotgan xotira va kiritish-chiqarish portlari uyalarining manzillarini uzatish uchun qо‘llaniladi);
CB (ingl. Control Bus) rusumli boshqaruv shinalaridan (axborot almashinuvi sikllarini amalga oshirib, tizim ishini boshqaradigan signallar ayni shu shinalar orqali uzatiladi).
Shinalarning ayni shunday tо‘plami XTTK kanalini tashkil toptirish uchun ham qо‘llaniladi. Bunday turdagi magistral demultipleks magistrali yoki ayiruvchi manzil va ma’lumotlar shinalariga ega uch shinali magistral deb ataladi.
Ayrim mikroprotsessorlarda magistralning jismoniy enini toraytirish maqsadida manzil-ma’lumotlarning qо‘shma shinasi AD (ingl. Address/Data Bus) joriy etilib, ushbu shina orqali manzillar ham, ma’lumotlar ham uzatiladi. Manzilga oid axborot uzatish bosqichi ma’lumotlar uzatish bosqichidan vaqt bо‘yicha ajratilgan bо‘lib, SV tarkibiga kiritilgan maxsus ALE (ingl. Address Latch Enable) signali vositasida stroblanadi. Ushbu magistral, odatda, multipleks magistral yoki manzillar va ma’lumotlarning qо‘shma shinasi bilan birgalikdagi ikki shinali magistral deb ataladi.
Ma’lumotlarning magistral orqali tabiiy almashinishi kanalga sо‘zlar yoki baytlar vositasida bir-biridan keyin amalga oshiriladigan murojaatlar kо‘rinishida kechadi. Magistralga murojaatlarning bitta sikli davomida MP, xotira qurilmasi va kiritish-chiqarish tizimi о‘rtasida bitta sо‘z yoki bayt uzatiladi. Almashinishning bir nechta sikllari mavjud. Ular jumlasiga xotirani о‘qish va xotiraga yozish sikllarikiradi.
|
| |