|
Referat kafedra: Menejment va marketing. Fan: Menejment va iqtisodiyot
|
bet | 1/2 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 74,5 Kb. | | #262482 | Turi | Referat |
Bog'liq O
O’zbekiston Respublikasi Aloqa, Telekommunikatsiyalarini
Rivojlantirish Vazirligi.
Toshkent Axborot Texnologiyalari Unversiteti.
REFERAT
Kafedra: Menejment va marketing.
Fan: Menejment va iqtisodiyot.
Mavzu: Menejment madaniyati va uslublari
Bajardi: 211-12 gurux talabasi. Hotamov N.
Toshkent 2015 yil
Reja:
Kirish
Asosiy qism :
Madaniyat va menedjment.
Menejment madaniyatining asosiy unsurlari.
Raxbarlik uslubi tushunchasi.
Menejmentda qo’llaniladigan uslublar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
«Madaniyat» tushunchasi rivojlanishi darajasining umumlashtiruvchi
ko’rsatkichi bo’lib, bir qancha ma’noni bildiradi. Masalan, jamiyat madaniyati,
ayrim shaxs madaniyati, va nixoyat, inson faoliyatining ayrim turi madaniyati
xaqida so’z yuritish mumkin. Inson faoliyati moddiy va ma’naviy boyliklar
yaratuvchi turlarga bo’linadi. Shu sababli, moddiy va ma’naviy madaniyat fark
qilinadi.
Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni buysundirish darajasi
ko’rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mexnat predmetlari kiradi.
Ma’naviy madaniyatga fan, axoli ma’lumot darajasi, medisina xizmati darajasi,
san’at darajasi, odamlar axloqiy meyorlari, ma’naviy extiyojlar va manfaatlar
rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. Shunday qilib, madaniyat insonning xam
madaniy ishlab chiqarish, xam ma’naviy xayot soxasida rivojlanishi jarayonidagi
yutuklarini kamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mexnati moxiyatidan iborat
bo’lib, kishilarning avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi.
Insoniyat madaniyati usuvchan, o’zgaruvchan, chunki xozirgi avlod avvalni
avlodlar madaniy qadriyatlaridan ijodiy foydalanish asosidagina yanada
rivojlanishi mumkin.
O’zbekistonning noyob madaniyati yillar, asrlar davomida shakllanib, uni
saklash, rivojlantirish ko’p millatli respublikaning yuqori ma’lumotli insonlari -
fan, adabiyot, san’at arboblari vazifasidir.
Inson xayoti faoliyatining muxim tarkibiy qismi butun insoniyat tomonidan
jamlangan madaniy boylikka ega bo’lishi, shu jumladan boshqaruv madaniyatini
egallashdir.
Menejment madjaniyati juda muximdir. Insoniyat o’z rivojlanish jarayonida
juda katta menejment tajribasini jamlagan. Bozor sharoitida bu tajriba boshqaruv
samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Menejmentning vujudga kelishi va
rivojlanishi, avvalo boshqaruv madaniyati darajasi yuqsalishi bilan bog’liqdir.
chunki, menejment yo’llari, usullari, vosita va uslublariga tankidiy baxo berish
yo’li bilan, ularning eng yaxshilari jaxon tajribasida kulanishi uchun ajratib olindi.
Menejment madaniyati inson madaniyatining tarkibiy qismi bo’lish bilan
birga qator o’ziga xos xususiyatlarga xam ega. Madaniyatga ega bo’lish menejer
uchun fakat zarur emas, balki shartdir, chunki xar bir tashkilotning xar bir
bo’linmasi samarali ishlashi uchun uning xodimlari yuqsak madaniyatga ega
bo’lishlari kerak.
Menejment madaniyati darajasi xodimlar, ayniqsa, menejerlar madaniyatini,
menejmentjarayoni madaniyati, boshqaruv texnikasi, mexnat sharoitini aks
ettiruvchi ko’rsatkichlar bo’yicha baxolanadi. menejment madaniyati unsurlarining
turli-tumanligi boshqaruv jarayonida turli-tuman meyorlarga, jumladan, axloqiy,
xuquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, estetik meyorlarga rioya qilish
zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Axloqiy meyorlar insonning axlok va odob soxasidagi xulqini tartibga soladi.
Ular jumlasiga ijtimoiy burchni to’g’ri tushunish, kishi urtasida insoniy munosabat
va o’zaro xurmat, vijdonlilik, xaqiqatguylik, kamtarlik va x.k.lar kiradi. Boshqaruv
jaryonida axloqiy meyorlarga rioya qilish uning madaniyati yuqori darajasidan
dalolat beradi.
Madaniyat va menejment.
Menejmentda xuquqiy meyorlar davlat-xuquqiy va tashkiliy-xuquqiy meyoriy
xujjatlarda aks etadi. Uning jumlasiga daslvt korxonasi to’g’risida qonun,
tadbirkorlik xaqida, mulk to’g’risida qonunlar kiradi. Lekin qonunlar xar bir
korxonaning o’ziga xos xususiyatlarini xisobga ololmaydi. Shu sababli, xar bir
korxona, qonunga asoslangan xolda, korxonada ishlab chiqarishning o’ziga xos
xususiyatlarini xisobga oluvchi meyoriy koidalar o’rnatiladi.
Iqtisodiy meyorlar korxona faoliyati jarayonida erishilishi lozim bo’lgan
iqtisodiy ko’rsatkichlarni belgilaydi. Ular jumlasiga moliya-kredit meyorlari,
ssudalar olish tartibi, amortizasiya meyorlari, maxsulotning xisoblangan baxosi,
foyda meyori, rentabellik meyori, fondlar uchun tulovlar, byudjetga tulovlar,
iqtisodiy ragbatlantirish meyorlari kiradi.
Tashkiliy meyorlar tashkilot tarkibini, aloxida bo’linma va shaxslar faoliyati
tarkibi va tartibini ichki tartib faoliyat turlarini, xodimlar vazifalarini, axborotni
qayta ishlash va foydalanish jarayonini belgilaydi.
Texnikaviy meyorlar korxonaning va uning bo’linmalarining boshqaruv
uchun zarur uskuna, texnika va transport vositalari, asboblar bilan qurollanganlik
darajasini bildiradi.
Estetik talablar va meyorlar xam boshqaruv jarayonida qo’llaniladigan
texnika vositalari va uskunalari, xam boshqaruv xodimlarini urab turuvchi tashqi
muxit uchun belgilanadi.
Menejment madaniyatining asosiy unsurlari.
Menejment madaniyati tarkibiga boshqaruv xodimlari madaniyati, boshqaruv
jarayonlari madaniyati, mexnat sharoiti madaniyati va xujjatlar yuritish madaniyati
kiradi.
Menejment madaniyatining barcha unsurlari o’zaro bog’liq va o’zaro ta’sir
etuvchidir. Shu bilan birga ular orasida boshqaruv xodimlari madaniyati yetakchi
ahamiyatiiyatga ega. Menejer bosharuv jarayoni madaniyatining yuqori darajasiga
erishish va o’z mexnatini tashkil etishni takomillashtirib borishi kerak.
Xar bir korxona va tashkilot menejeri o’z vazifasini bajarish jarayonida
jamoaning boshqa a’zolari bilan munosabatda bular ekan ishbilarmonkishilar
urtasida mavjud axloqiy koidalarga buysunadi. Xar bir jamoada xayrixoxlik,
insonga xurmat muxiti mavjud bo’lishi kerak. Boshqaruv madaniyati sansalorlik,
mansabparastlik, shavkatsizlik, ko’pollikka ziddir. Boshqaruv tizimida,
shuningdek, davlat meyorlariga rioya kilmaslik, va’dabozlik, faoliyatga noto’g’ri
baxo berish va boshqa xususiyatlarga yo’l quyib bulmaydi. Amaliy faoliyatda
fandan foydalanish. Mexnatga ijodiy yondashish, tadbirkorlik, javobgarlik,
tashabbus va mustaqillik, xo’jasizlikka, byuroqtatizm, qonun bo’zuvchilikka,
murosasizlik, vijdoniylik, kamtarlik va oddiylik boshqaruv xodimlari madaniyatini
ifodalaydi.
Menejment madaniyatining asosiy unsurlari.
Xod i m
madaniyatining
umumiy darajasi
Boshqaruv
j ara yo n in i
kompleks
mexanizatsiyala va
avtomat lashtirish
Boshqaruv
|
|
|
1 s h jo y i n i ta s h k i l
|
mexnatini makbul
|
|
|
etish madaniyati
|
tashkil etish
|
|
|
|
J oy I as ht i r i s h
kurollash
Xodimning shaxsiy
va ishbilarmonlik
sifatlari
Tashrifchilarni
qabul kilish,
telefon orkali
suzlashish, maj-
lislar utkazish
madaniyati
Xizmat kursatish
jixozlash
Xujjatlar yuritish
madaniyati
Xujrat l a rni
rasmiylashtirish
Xujjatlar ning
xizmat kilish
muddati
Xujjatlar dan
foydalanishninkula
yligi
Xujjatlar bilan
xizmat kursatish
ishonchliligi
Boshqaruv uslubi
shovkin
Boshqaruv xodimlari madaniyatini ta’minlashning asosiy yo’llari -
boshqaruv ilmini chukur egallash, umumiy madaniy darajasi va malakasini
muntazam oshirib borish, o’z faoliyati natijalarini taxlil etish va tushunish, ijobiy
shaxsiy sifatlarni rivojlantirishdan iborat.
Boshqaruv madaniyati uchun boshqaruv jarayonini tashkil etish madaniyati
darajasi muxim ahamiyatiiyatga ega. Boshqaruv jarayoni madaniyatiga rioya qilish
korxonada zamonaviy boshqaruv jarayoni qo’llanilishini bildiradi.
Boshqaruv jarayoni madaniyati shuningdek, boshqaruv mexnatini (boshqaruv
mexnatini maqbul taksimlash, kooperasiya qilish va chegaralash, ishchilar sonini
meyorlash, qadrlarni to’g’ri joylashtirish va ulardan foydalanish) va ishlovchi is h
joyini (ish joyi va binoning kulayligi, ularning sanitariya-tozalik talablariga javob
berishi), maqbullashtirishsh, majlislarni, suxbatlarni, tashrifchilarni qabul qilish,
uchrashuv, telefon orqali surash, mexnatkashlar xatlari bilan tanishishni to’g’ri
tashkil etish va rasmiylashtirishni xam kamrab oladi.
Boshqaruv jarayonida turli-tuman texnika - oddiy kalkulyatordan tortib
murakkab EXMlargacha qo’llaniladi. Menejerlar bu texnika imkoniyatlari va
maqbul foydalanish soxalarini bilishlari lozim bo’lib, bu boshqaruv madaniyati
darajasini bildiradi.
Boshqaruv madaniyatining ajralmas unsuri - xujjatlar yuritish madaniyatidir.
Xujjatlarning boshqaruv jarayonidagi ahamiyatiiyati juda katta, chunki
boshqaruvning biror-bir vazifasini xujjalar asosida yetkazilib beriluvchi axborotsiz
amalga oshirib bulmaydi. Xujjatlardagi axborot korxona tashqi va ichki
faoliyatining xamma tomonini kamrab oladi.
Boshqaruv jarayonining barcha operasiyalari amalda xujjatlardan boshlanib,
xo’jatlar bilan tugaydi.
Boshqaruv madaniyatini takomillashtirish - uning bara unsurlarini
takomillashtirish demakdir.
Raxbarlik uslubi tushunchasi.
Boshqaruv uslubi - bu ma’lum bir raxbarning boshqaruv jarayonida kullovchi
o’ziga xos va o’zgarmas usul va xarakatlari yigindisidir.
Mutlako uxshash kishilar bulmagani kabi vazifalar ko’pligi sababli mutlako
bir xil boshqaruv uslubi xam bulmaydi. Raxbar fakat o’ziga xos xususiyat va
sifatlar vositasida fakat o’ziga xos, mansub uslubda ish yuritadi. Bu ma’noda uslub
raxbarni shaxs sifatidagi xususiyatlarini, balki faoliyati xususiyatlarini ifodalaydi.
Kishilarni boshqarar ekan, raxbar jamoaning natijaviy maksadin kura biladi va uni
shu maksad sari yunaltiradi. Raxbar ishning moxiyatiga tushungan va uni chukur
urgangan xolda mutaxassislar faoliyatini moxirona birlashtirish va yunaltirishi
kerak.
Tshlab chiqarishni boshqarish uslubi boshqaruv apparati, barcha raxbar va
mutaxassislarning katta va murakkab faoliyatini aks ettiradi. Boshqaruvning xar bir
vazifasi o’ziga xos xususiyatlarga ega va shu sababli unga som usullarni talab
etadi. Nazariy jixatdan boshqaruv apparatining umumiy uslubi aloxida boshqaruv
tashkilotlari uslublari yigindisidan iborat bo’lishi kerak. Lekin amalda aloxida
tashkilotlarning turli uslublari o’zaro birlashib, bir-birini boyitadi va natijada,
butun boshqaruv apparatiga xos bo’lgan o’ziga xos boshqaruv uslubi vujudga
keladi.
Xisobchining yuqsak darajadagi aniqligi, mexaniqning extiyotkorligi,
iqtisodchining rejaliligi va x.k.bilimlarni boshqarish uslubini belgilovchi
majmuaning tarkibiy qismlaridan iborat bo’ladi jamoaning xar bir a’zosi o’z
uslubini kiritadi, va shu yo’l bilan ushbu jamoa boshqaruv uslubi vujudga keladi.
Ko’pincha jamoadan biror xodim ketib, urniga yangi kishi kealdi. U, odatda
jamoada undan oldingi xodim egallagan joyni egallamasligi mumkin. U mavjud
uslubga moslashishi, jamoa ish yuritish uslubiga to’g’ri keluvchi uslub yaratishi
lozim. Albatta uning ishlash uslubi mexnat jamoasi uslubiga xam ta’sir ko’rsatadi.
Zamonaviy uslub jamoaning xar bir a’zosi oldiga katta talab kuyadi, va shu
bilan birga o’z-o’zidan mamnun bo’lish, ma’muriyatchilik, rasmiyatchilikni inkor
kiladi. uslub ijtimoiy rivojlanish qonunlarini, ishlab chiqarishni boshqarish
tamoyil va usullarini bilishi asosida shakllanadi va boshqaruv malakasi yigindisi
kishilarni tashkil etish kunikmasi, shuningdek, shaxsiy tartiblilik bilan
xaraqterlanadi. Va, nixoyat, uslub boshqaruv xodimlarining ruxiy va psixologik
xususiyatlari, kuchli iroda, kat’iylik, va kurkmaslik, boshqa kishilar faoliyati ni
yunaltira olish kabilarni kamrab oladi. Bundan tashqari raxbar tasavvur etish, aniq
fikr yuritish, kayishqoklik, ilmiy fikrni tushuna olish va yetkaza olish kobiliyatiga
ega bo’lishi kerak.
Raxbar menejment, iqtisodiyot va moliya, xuquq, soyiologiya va pedagogika
asoslarini bilishi lozim. Bu fanlar butun menejmentga ilmiy karashlar tizimini
yaratish imkonini beradi. Boshqaruv fakat ilmiy bilimlariga ega bo’lishni emas,
balki boshqarish sn’atini bilishni xam talab kiladi. boshqaruv tashkil etish bilan
kugullanuvchi avvalo o’z-o’zini tarbiyalay olishi, o’zini boshqara olishi zarur.
Buning uchun u doimo va muntazam o’zini-o’zi tarbiyalashi kerak. Raxbar uslubi
eshitish va ukish, so’zlash va yozish, ya’ni axborotni qabul qilish va uni
boshqalarga o’zatish malakasida ifodalanadi. Raxbar uchun zarur bo’lgan sifatlar
jumlasiga uning tashkilotchilik kobiliyati, ish kobiliyati, kuchi, xushmuomalaligi,
irodaliligi kiradi.
Bozor sharoitida ishlovchi raxbar va mutaxassislar oldiga kat’iy talablar
qo’yilad. Ular yuqori ishbilarmonlik va axloqiy sifatlarga, tadbirkor bulshi, axil
jamoa tashkil etish va mexnat jamoasi bilan davlat manfaatlari kelishini ta’minlay
olishlari kerak. Zamonaviy raxbarlar yuqori malakaga ega bo’lishi, istikbolni kura
olishi va samarali xo’jalik yuritishga imkon yaratuvchi iqtisodiy fikr yuritish,
shaxsiy intizomga ega bo’lish, topshirilgan vazifaga javobgarlik xissi bilan
yondashish, g’oyalarni to’plash, chiqishimli va ishbilarmon bo’lishi kerak. Raxbar
doimo xotirjam va o’ziga ishongan bo’lishi, tashabbuskorlik ko’rsatish,
tavakkalchi bo’lishi kerak. Javobgarlik oldida kurkish - kuchsizlik belgisidir.
Javobgarlikdan kurkkan kishi raxbar bulolmaydi. Raxbar kul ostidagilar bilan
shunday munosabatda bo’lishi kerakki, toki ular uning oldiga maslaxat uchun
bemalol kirsinlar. Raxbar o’z kul ostidagilarini yaxshi bilishi, ular bilan
suxbatlashishi, ular kobiliyati, bilimi, malakasi egallagan lavozimiga mosligini va
aksincha, ular bilim, kabiliyat, malaka va axloqiy sifatlaridan foydalanish yetarli
ekanligini aniqlash lozim.
Obruga ega bulmay muvaffaqiyatli raxbarlik qilish mumkin emas, lekin
obruga kuch bilan emas, ish bilan, qanday ishlashni o’z misolida ko’rsatish bilan,
uni qanday bajarish xaqida so’zlash bilan, fakat talabchanlik va kat’iylik bilan
emas, bilim va kunikma orqali erishish mumkin. Boshqaruv san’atiga ega
bulmagan raxbar qabul qilingan qarorlar samarali bo’lishini ta’minlay olmaydi.
Lekin inson raxbar bo’lib tugilmaydi, balki ish jarayonida shakllanadi.
Raxbar ish uslubi korxona faoliyati yakuniy natijalariga ishlab chiqarishni
boshqarish vazifalari vositasida ta’sir ko’rsatadi. Ularning xar biri boshqa vazifalar
bilan uzviy bog’liq xolda ta’sir kiladi va uslubning foyda xamda korxona
faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga ta’sir etishning yagona mexanizmi
tarkibiga kiruvchi boglovchi bo’g’in vazifasini bajaradi. Uslub bilan ishlab
chiqarish natijalari o’zaro aloqasi tizimi raxbarlar bilim va kunikmalari, boshqaruv
jarayoni texnologiyasi, mexnat intizomi vositasida amalga oshadi va raxbar
tomonidan qo’llaniluvchi boshqaruv usuli bilan bog’liq bo’ladi.
Menejmentda qo’llaniladigan uslublar.
Menejmentda uchta asosiy uslub ajratib ko’rsatiladi: avtoritar (yoki buyruq,
avtokrat); demokratik (yoki kollegial), liberal.
Avtoritar raxbar o’z kul ostidagilarni majburlash, takdirlash yoki an’analarni
rukach qilish yo’li bilan o’z irodasiga buysundiradi.Duglas Mark Gregor
(boshchilik soxasida mashxur amerikalik olim) «X» nazariyasi deb atagan avtokrat
faoliyati ijrochilar kobiliyatini xisobga olmaydi. Mak Gregor uning usullarini «U»
nazariyasi deb atovchi demoqratik raxbar, o’z kul ostidagilar qaror qabul qilishda
katnashuvga kul kuyadi, ularga ishontirish yo’li bilan ta’sir ko’rsatadi. Liberal
raxbar o’z kul ostidagilarga tulik erkinlik beradi.
Michigan universiteti professori R. Laykert raxbarlarni ishga yunalgan,
xamda insonga yunalgan turlarga ajratadi. Ishga yunalgan raxbar maksimal
unumdorlik va yaxshi mexnatni ragbatlantirish tizimi mavjud bo’lishi xaqida
gamxurlik kiladi. insonga yunalgan raxbar insoniy munosabatlarni yaxshilash yo’li
bilan ta’sir ko’rsatishga intiladi.
Menejmentning avtoritar uslubida xodimlar fakat ularga buyurilgan vazifani
bajarishlari lozim, bunda ular fakat eng kam zarru axborotga ega bo’lishlari kerak.
Raxbarlikning avtoritar usuli armiya va flotda qo’llaniladi. U rasmiy tizim,
nizomda ko’rsatilgan xarbiylar xuquq va burchlariga tayanadi. Avtoritar uslubning
afzal tomoni buysunuvchilarga ta’sir etishning markazlashgan bo’lishidir. Shu
sababli, avtoritar uslubda ta’sirlar tezkor va maqbul uslubda ta’sirlar tezkor va
maqbul bo’lishga oson erishiladi. Lekin bu uslub xodimlar tashabbuskorligini
ragbatlantirmaydi. Raxbar o’z xodimlari mexnati samaradorligini oshirishda
kiyinchilikka duch keladi. Bunday raxbarning eng katta kamchiligi - tashabbusni
bugish, kul ostidagilar ijodiy kuchlaridan foydalanmasligi, ish bir tartibda
bajarilishidir.
Raxbar tomonidan avtoritar uslub qo’llanilishini saklovchi tashqi omillar -
yomon intizom, tashkiliy ish yaxshi tashkil etilmaganligi, boshqaruv qarorlarini
tayyorlash va qabul qilishga vaqt yetishmaslikdir. Ba’zan jamoa murakkab
sharoitga duch kelganda avtoritar uslub zarur bo’ladi. Raxbarning shaxsiy
sifatlaridan kelib chikuvchi ichki omillar xam mavjud. Bunday raxbar ish uslubini
o’zgartirishi uchun u o’z ustida doimo ishlashi, shuningdek, yuqori tashkilot
tomonidan ta’sir etish zarur.
Raxbarlik qilishning demoqratik uslubi qarorlar qabul qilish va yechishda
jamoa a’zolarini keng jalb etish bilan ajralib turadi. Bunda muxokama qilishning
muvofiqlashtirish va nazorat qilishning jamoa shakllaridan ko’prok foydalaniladi,
raxbar o’z vakolatiningbir qismini kul ostidagilarga topshiradi. Raxbarlik
qilishning demoqratik uslubida xodimlar o’z ishi istikboli xaqida tushunchaga ega
bo’lish uchun yetarli axborot oladilar. Demoqratik uslubning afzalligi - xodimlar
tashabbuskorligi va o’z ishidan mamnun bo’lishi uchun kulay sharoit yaratilishidir.
Demoqratik uslub «pastdan pastga» munozara qilish va tankid tamoyillariga
asosolanadi. Eng muxim qarorlar jamoa faollari tomonidan raxbar boshchiligida
qabul qilinadi. Ko’p xollarda qarorlar majlis va yigilishlarda qabul qilinadi. Lekin
bu uslub xam kamchiliklardan xoli emas. U manozara va muxokama uchun vaqt
bulmagan, boshqaruv qarorini tez qabul qilish zarur bo’lgan vaziyatlarda foyda
bermaydi.
Demoqratik uslubni kullovchi raxbar o’z kul ostidagilarga shaxsiy
tashabbuskorlik, mustaqillikni namoyon qilishga imkon yaratadi, lekin ular izmida
bulmaydi. U odatda o’ziga buysunuvchilar ishi tavsilotlarini surishtirmaydi,
mayda-chuyda ishlarda yo’l-yurik ko’rsatmaydi va nazorat kilmaydi, lekin doimo
ular faoliyati natijasi bilan kizikadi, zarru bo’lgan xollarda maslaxat beradi.
Bunday raxbarlik ostidagi xodimlar ishdagi vaziyat xaqida tulik axborotga ega
bo’ladilar. Raxbar mutaxassis fikrini xisobga oladi, jamoada xamkorlik uchun
kulay vaziyat yaratish uchun xarakat kiladi.
Raxbarlikning liberal uslubi raxbarning jamoa faoliyatiga minimal aralashuvi
bilan xaraqterlanadi. Raxbar bunday xolda mexnat jamoalariurtasida vositachi
vazifasini bajaradi, xodimlarni ish uchun zarur axborot bilan ta’minlaydi. Liberal
uslub maksad aniq va xodimlar ishi individual xususiyatga ega bo’lgan xoldagina
qo’llanilishi mumkin. Bunday sharoitda xodimlar o’z faoliyatini rejalashtiradilar va
tashkil etadilar, raxbarga esa fakat zarur xollardagina murojaat kiladilar. Liberal
uslub ko’prok ilmiy-tadkikot ishlariga raxbarlik qilishda qo’llaniladi, chunki bu
xolda ijodiy faollik va mustaqillik talab etiladi. Ishlab chiqarish sharoitida liberal
uslubni qo’llab bulmaydi.
Amalda aniq bir uslub sof xolda qo’llanilmaydi ko’p xollarda bir qancha
uslublar kombinasiyasidan foydalaniladi. Faol raxbar ongli ravishda u yoki bu
uslubning ijobiy tomonlaridan foydalanishga, salbiy tomonlarini bartaraf etishga
xarakat kiladi.
Lekin barcha uslublar bir xil kuchga ega deb xisoblash noto’g’ri bo’ladi.
Doimo raxbarlik qilishning demoqratik usuli afzal quriladi. Xuddi mana shu uslub
istikbolga ega, uni rivojlantirish va takomillashtirish zarur.
Xulosa.
Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni buysundirish darajasi
ko’rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mexnat predmetlari kiradi.
Ma’naviy madaniyatga fan, axoli ma’lumot darajasi, medisina xizmati darajasi,
san’at darajasi, odamlar axloqiy meyorlari, ma’naviy extiyojlar va manfaatlar
rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. Shunday qilib, madaniyat insonning xam
madaniy ishlab chiqarish, xam ma’naviy xayot soxasida rivojlanishi jarayonidagi
yutuklarini kamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mexnati moxiyatidan iborat
bo’lib, kishilarning avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi. Raxbar ish uslubi
korxona faoliyati yakuniy natijalariga ishlab chiqarishni boshqarish vazifalari
vositasida ta’sir ko’rsatadi. Ularning xar biri boshqa vazifalar bilan uzviy bog’liq
xolda ta’sir kiladi va uslubning foyda xamda korxona faoliyatini umumlashtiruvchi
ko’rsatkichlarga ta’sir etishning yagona mexanizmi tarkibiga kiruvchi boglovchi
bo’g’in vazifasini bajaradi. Uslub bilan ishlab chiqarish natijalari o’zaro aloqasi
tizimi raxbarlar bilim va kunikmalari, boshqaruv jarayoni texnologiyasi, mexnat
intizomi vositasida amalga oshadi va raxbar tomonidan qo’llaniluvchi boshqaruv
usuli bilan bog’liq bo’ladi.
Adabiyotlar:
|
| |