1 - LABORATORIYA ISHI
ARP VA ICMP PROTOKOLLARINING ISHLASH TAMOYILLARINI
TADQIQ QILISH
Ishdan maqsad: Tarmoqda qo‘llaniluvchi ARP
va ICMP protokollarining
vazifalari va ishlash tamoyilini tadqiq qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega
bo‘lish.
Topshiriq
1.
Har-bir talaba jurnaldagi raqami boyicha variantni tanlang va ARP va
ICMP protokollarini jadvalini tuzing.
Nazariy ma’lumotlar
ARP (Address Resolution Protocol) - manzilni aniqlash protokoli bo‘lib,
RFC 826 tavsiyanomasi bo‘yicha 1982 yilda ishlab chiqilgan. ARP protokoli keng
eshittirishli (broadcast) jo ‘natmalari asosida IP-manzili
va unga tegishli fizik
manzil o‘rtasida dinamik ravishda translyatsiya qilish usulini ta’minlaydi. ARP
protokoli OSI modelining tarmoq pog‘onasida qo‘llanilib, bir nechta kirish
tarmoqlarida muhim vazifalarni bajaradi.
Ethernet tarmog‘ida ma’lumot manbai va qabul
qiluvchisini aniqlash uchun
IP va MAC manzillaridan foydalaniladi. Shuning uchun bir kompyuterdan
ikkinchisiga tarmoq orqali yuborilgan ma’lumot tarkibida uzatuvchining IP va
MAC-manzillari hamda qabul qiluvchining IP va MAC -manzillari mavjud bo‘ladi
(1.1-rasm). ARP protokol IP va MAC manzillar o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik
bo‘lmaganligi sababli, ushbu ikkita manzil o‘rtasidagi aloqani ta’mi nlash uchun
xizmat qiladi.
4
1.1- rasm. IP va MAC -manzillar o‘rtasida bog‘lanish
IP va MAC manzillari o‘rtasidagi aloqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ARP- jadvali
yordamida amalga oshiriladi, bu erda har bir satrda IP manzilning MAC manziliga
muvofiqligi ko‘rsatilgan. 1.2-rasmda Windows OS dagi ARP-jadvali ko‘rsatilgan.
C:\>arp -a
Интерфейс: 10.100.100.5 --- Oxb
адрес в
Интернете
Физический адрес
Тип
10.100.100.99
00-23-7d-88-7b-lb
динамический
10.100.100.100
00-21-5а-1е-15-9е
динамический
10.100.100.105
00-24-81-22-8d-el
динамический
10.100.100.200
00-c0-3a-50-20-0f
динамический
10.100.100.255
ff-ff-ff-ff-ff-ff
статический
224.0.0.22
01-00-5е-00-00-1б
статический
224.0.0.252
01-00-5e-00-00-fc
статический
239.255.255.250
01-00-5e-7f-ff-fa
статический
1.2-rasm.
Windows OS dagi ARP-jadvali
ARP jadvalida IP va MAC manzillardan tashqari,
yozuv turi ham
ko‘rsatilgan bo‘lib, bularga:
-
statik yozuvlar - qo‘lda yaratiladi va kompyuter yoki marshrutizator
yoqilganicha mavjud bo‘ladi
-
dinamik yozuvlar -
doimiy yangilab turiladi, agar yozuv ma’lum vaqt
ichida yangilanmagan bo‘lsa (taxminan 2 daqiqa), unda u jadvaldan chiqarib
tashlanadi.
ARP jadvalida barcha hostlar uchun yozuvlar mavjud bo‘lmasdan,
faqat
tarmoq ishlarida faol ishtirok etadigan hostlar qatnashadi. Ushbu saqlash usuli
ARP keshi deb nomlanadi. ARP protokolini to‘liq o‘rganish uchun uning sarlavha
tuzilishini bilishimiz zarur (1.3-rasm).
5