Kod
Sabab
0
Tarmoqqa yetishib bo‘lmaydi
1
Tugunga yetishib bo‘lmaydi
2
Protokolga yetishib bo‘lmaydi
3
Portga yetishib bo‘lmaydi
4
Fragmentatsiya talab etiladi, 2F bit esa o‘rnatilgan
5
Manba bergan yo‘nalishda xato
6
Tayinlash tarmog‘i noma’lum
7
Tayinlash tuguni noma’lum
8
Tugun-manbaga ajratish
9
Tayinlash tarmog‘i bilan o‘zaro ishlash
administrativ ta’qiqlangan
10
Tayinlash tuguni bilan o‘zaro ishlash
administrativ taqiqlangan
11
Servisning berilgan sinfi uchun tarmoqqa erishib bo‘lmaydi
12
Servisning berilgan sinfi uchun tugunga erishib bo‘lmaydi
Marshrutizator qandaydir sabab bilan tarmoq bo‘yicha 10 paketni uzata
olmasligini aniqlasa, qurilma manbaga ICMP xabarini yuboradi va keyingina
paketni olib tashlydi. Xato sababidan tashqari ICMP xabari yetkazib berilmagan
paket sarlavhasini va ma’lumotlar maydonining birinchi 64 bitini ham kiritadi.
Tayinlash tarmog‘i yoki qurilma apparaturaning vaqtincha ishdan chiqishi,
yuboruvchi belgilangan manzil noto‘g‘ri ko‘rsatkichga hamda marshrutizator
belgilangan tarmoqqa yo‘nalishi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmaganda
erishilmasligi mumkin. Protokol va portga erishilmaslikdan tayinlash tugunidagi
qo‘shma darajaning qaysi bir protokolida amalga oshishi UDP yoki TCP
protokollarining ochiq porti yo‘qligini bildiradi.