|
Educational Research in Universal SciencesBog'liq SUNIYINTELLEKTTEXNOLOGIYALARIVAULARNISOHALARDAQOLLANILISHI. (1)Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 5 | 2022
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2022
146
Marvin Minski, Nataniel Rochester va Klod Shenon tomonidan Nyu-Xempshirdagi
Dartmut kollejida tashkil etilgan birinchi sun’iy intellekt konferensiyasi 1956 yilda
bo‘lib o‘tdi. Aynan o‘sha konferensiyada LISP dasturlash tilini yaratuvchisi Jon
Makkarti sun’iy intellekt atamasini taklif qildi. Dartmut konferentsiyasi ramzlarni
qayta ishlash uchun kompyuterlardan foydalanishni, yangi tillarga bo‘lgan ehtiyojni va
aqlni simulyatsiya qiluvchi apparat vositalariga e’tibor qaratish o‘rniga teoremani
isbotlash uchun kompyuterlarning rolini o‘rganishga yo‘l ochdi. Shu kungacha ilm-fan
sohasida faoliyat yurutuvchi insonlar o‘rtasida sun’iy intellektning insoniyatga foydali
va zararli jihatlari muhokama qilinib kelinmoqda. 2017-yilning 23-may kuni Google
tomonidan ishlab chiqarilgan “Alfa Go” sun’iy intellekt dasturi o‘sha vaqtdagi
dunyoning birinchi raqamli o‘yinchisi Ke Jinni uch o‘yin davom etgan o‘yinda
mag‘lub etdi . Kompyuterdagi strategik o‘yinlarda kompyuterlar insonlarni mag‘lub
qilib kelgan, lekin Alfa Go o‘yinida buni uddalay olmayotgan edi, chunki ushbu o‘yin
matematik algoritimlar uchun behisob edi, o‘yin doska kataklaridagi kombinatsiyalar
soni koinotdagi atomlar sonidan ko‘proq deb baholangan. Ushbu g‘alaba sun’iy
intellektning imkoniyatlari chegaralanmagan ekanligini ko‘rsatib, ko‘pgina bahs-
munozaralarga chek qo‘yishga sabab bo‘ldi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining
turlarini quyidagi 1-rasm orqali keltirishimiz mumkin .
1-rasm. Sun’iy intellekt texnologiyasining turlari
Sun’iy intellektning asosini neyron tarmoqlari tashkil etadi, neyron tarmoqlari
asosida mashinali o‘qitish va chuqur o‘qitish texnologiyalarini tashkil etish mumkin.
|
| |