Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 5 | 2022
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2022
145
chegaralanmagan bo‘lishi mumkin, lekin muammoni hal qilish vaqtga borib
taqalganda mashinalar insonga nisbatan ancha tezroq ishlashi mumkin.
Qisqa vaqt
ichida ko‘plab hisob-kitoblarni bajarish kabi vazifalar raqamli kompyuterlarning
kuchli tomonlari hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, ular ko‘p
jihatdan insonlardan
ustundir. Ammo boshqa ko‘plab sohalarda insonlar mashinali tizimlardan ancha ustun
hisoblanadi. Masalan notanish muhitda inson mashinaga nisbatan ancha tez qaror qabul
qila oladi. Oxirgi vaqtlarda olimlar mashinalarning insonlardan ustunligini isbotlash
uchun o‘yinlardan foydalanishdi va buni ortig‘i bilan uddalashdi, lekin hozirda bunday
mashinalar yaratish va u bilan insonlarni hayratda qoldirish o‘z ahamiyatini yo‘qotdi.
Tadqiqotchilarning so‘ngi izlanishlari shuni ko‘rsatdiki intellektual tizimlarni
insonning aql-idrokini va umuman aqlli harakatini
chuqur tushunmasdan qurish
mumkin emas, shu bois sun’iy intellektda neyron tarmoqlar muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Inson aqlining o‘ziga xos kuchi - bu moslashuvchanlik qobiliyatidir. Biz
turli xil atrof-muhit sharoitlariga moslashishga va o‘rganish orqali xatti-
harakatlarimizni o‘zgartirishga qodirmiz. Bizning o‘rganish qobiliyatimiz
kompyuterlarnikidan juda yuqori bo‘lganligi sababli, mashinali o‘qitish sun’iy
intellektning markaziy kichik sohasi hisoblanadi.
«Intellekt» so‘zi lotincha «intellectus» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
u bilish
(aniqlash), tushunish yoki faxmlash (aql) ma’nosini anglatadi. Sun’iy intellektning
tarixiga nazar tashlasak insonlar XX asrning 2-yarmiga kelibgina daslabki sun’iy
intellekt na’munalarini yaratgan bo‘lsada, undan ancha oldin “o‘ylaydigan mashinalar”
haqida
gapira
boshlagan.
Masalan,
XIX
asrga
kelib,
Meri
Shellining “Frankenshteyn” va Semyuel Batlerning “ Darvin ” asarida sunʼiy odamlar
va fikrlash mashinalari haqidagi gʻoyalar badiiy adabiyotda rivojlangan. Sun’iy
intellekt hozirgi kungacha ilmiy fantastikaning doimiy mavzusiga aylandi. 1940-50-
yillarda turli sohalardagi (matematika, psixologiya,
muhandislik, iqtisod va
siyosatshunoslik) tadqiqotchilar sun’iy intellekt yaratish imkoniyatlarini muhokama
qila boshladilar. Sun’iy intellekt fikrlashni mexanizatsiyalashning amaliy fani sifatida,
albatta, dasturlashtiriladigan kompyuterlar mavjud bo‘lgandagina boshlanishi mumkin
edi. 1950-yillarning boshlarida Gerbert Saymon, Allen Nyuell va Kliff Shou insonning
fikrlash jarayonlariga taqlid qilish uchun dasturlar yozish bo‘yicha
tajribalar
o‘tkazdilar. Tajribalar natijasida allaqachon isbotlangan aksiomalar qoidalaridan
tashkil topgan Logic Theorist deb nomlangan dastur paydo bo‘ldi. Unga yangi
mantiqiy ifoda berilganda, u evristika yordamida yangi ifodaning isbotini topish uchun
barcha mumkin bo‘lgan operatsiyalarni izlaydi. Bu jarayon sun’iy
intellekt
rivojlanishidagi muhim qadam edi. Saymon va boshqalarning va Shenonning ishlari
aqlli kompyuter dasturlari kontseptsiyasini ko‘rsatgan bo‘lsada, 1956 yil sun’iy
intellekt mavzusining boshlanishi hisoblanadi. Buning sababi shundaki, Jon Makkarti,