• Algoritmning so’zlar orqali ifodalanishi.
  • Chiziqli algoritmlar.
  • Arxiv uz Algoritmlаr, ulаrning хоssаlаri. Bеrilish usullаri vа strukturаlаri




    Download 208 Kb.
    bet2/5
    Sana08.02.2023
    Hajmi208 Kb.
    #41483
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Algoritm turlari хоssаlаri bеrilish usullаri
    2 Prezident maktab test, Crossword 2, Tarmq, Adabiyotlar taxliliga material, kurs ishi Hasanova(Tayyor), zamonaviy-yo-l-qoplamasi-uchun-bitum-emulsiyasi (2), Sardorbek konteynerlar, камшат курс жумысы, agriculture-13-00493-v2.pdf.article, RAQAMLI IQTISODIYOTGA OTISH JARAYONIDAGI MUAMMOLA, Adham Koratoyev Blok test 30talik, 2-mavzu Menejment., Mahmud Qoshg\'ariy devoni lug\'ati turk asarining ta\'lim-tarbiya-fayllar.org (1), 10 Muhim aminokislotalar va ularning hosilalari
    Algoritmning tasvirlash usullari.
    Yuqorida ko’rilgan misollarda odatda biz masalani yechish algoritmini so’zlar va matematik formulalar orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa ko’rinishlarda ham berilishi mumkin. Biz endi algoritmlarning eng ko’p uchraydigan turlari bilan tanishamiz.
    Algoritmning so’zlar orqali ifodalanishi. Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko’rsatma jumlalar, so’zlar orqali buyruq shaklida beriladi.
    Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o’rganishda foydalaniladi. Bu usulni ba’zan analitik ifodalash deyiladi.
    Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida algoritmlar maxsus geometrik figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko’rinishi blok-sxema deyiladi.
    Algoritmning jadval ko’rinishda berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishdan ham ko’p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo’llanib kelinayotgan to’rt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari jadvali ko’rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo’lgan tufayli ularni o’zlashtirib olish oson.
    Yuqorida ko’rilgan algoritmlarning tasvirlash usullarining asosiy maqsadi, qo’yilgan masalani yechish uchun zarur bo’lgan amallar ketma-ketligining eng qulay holatinni aniqlash va shu bilan odam tomonidan programma yozishni yanada osonlashtirishdan iborat. Aslida programma ham algoritmning boshqa bir ko’rinishi bo’lib, u insonning kompyuter bilan muloqotini qulayroq amalga oshirish uchun mo’ljallangan.
    Blok-sxemalarni tuzishda foydalaniladigan asosiy sodda geometrik figuralar quyidagilardan iborat:



    Nоmi

    Bеlgilаnishi

    Bаjаrаdigаn vаzifаsi

    Jаrаyon




    Bir yoki bir nеchtа аmаllаrni bаjаrilishi nаtijаsidа mа’lumоtlаrning uzgаrishi

    Kаrоr




    Birоr shаrtgа bоglik rаvishdа аlgоritmning bаjаrilish yunаlishini tаnlаsh

    SHаkl
    uzgаrtirish




    Dаsturni uzgаrtiruvchi buyruk yoki buyruklаr turkumini uzgаrtirish аmаlini bаjаrish

    Аvvаl аniklаngаn
    Jаrаyon




    Оldindаn ishlаb chikilgаn dаstur yoki аlgоritmdаn fоydаlаnish

    Kiritish
    CHikаrish




    Ахbоrоtlаrni kаytа ishlаsh mumkin bulgаn shаklgа utkаzish yoki оlingаn nаtijаni tаsvirlаsh

    Displеy




    EХMgа ulаngаn displеydаn ахbоrоtlаrni kiritish yoki chikаrish

    Хujjаt




    Ахbоrоtlаrni kоgоzgа chikаrish yoki kоgоzdаn kiritish

    Ахbоrоtlаr оkimi chizigi




    Blоklаr оrаsidаgi bоglаnishlаrni tаsvirlаsh

    Bоglаgich




    Uzilib kоlgаn ахbоrоt оkimlаrini ulаsh bеlgisi

    Bоshlаsh
    Tugаtish




    Ахbоrоtni kаytа ishlаshni bоshlаsh, vаktinchа yoki butunlаy tuхtаtish

    Izох


    Blоklаrgа tеgishli turli хildаgi tushuntirishlаr

    Blok-sxemalar bilan ishlashni yaxshilab o’zlashtirib olish zarur, chunki bu usul algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo’lib programma tuzishni osonlashtiradi, programmalash qobiliyatini mustahkamlaydi. Algoritmik tillarda blok - sxemaning asosiy strukturalariga maxsus operatorlar mos keladi.


    Shuni aytish kerakni, blok-sxemalardagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan katta farq qilmaydi.
    Misol sifatida ax2bxc0 kvadrat tenglamani yechish algoritmining blok-sxemasi quyida keltirilgan.

    1-rasm. Kvadrat tenglamani yechish algoritmi
    Chiziqli algoritmlar. Har qanday murakkab algoritmni ham uchta asosiy struktura yordamida tasvirlash mumkin. Bular ketma-ketlik, ayri va takrorlash strukturalaridir. Bu strukturalar asosida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarining algoritmlarini tuzish mumkin. Umuman olganda, algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
    chiziqli algoritmlar;
    tarmoqlanuvchi algoritmlar;
    takrorlanuvchi yoki siklik algoritmlar;
    ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar;
    rekurrent algoritmlar;
    takrorlanishlar soni oldindan no’malum algoritmlar;
    ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar.
    Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga-chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko’rsatiladi. Chiziqli algoritmlar blok-sxemasining umumiy strukturasini quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin:

    2-rasm. Chiziqli algoritmlar blok - sxemasining umumiy strukturasi


    Tarmoqlanuvchi algoritmlar.Agar hisoblash jarayoni biror bir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo’yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar uchun ayri strukturasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi strukturasi berilgan shartning bajarilishiga qarab ko’rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishini ta’minlaydi.

    3-rasm. Tarmoqlanishning umumiy ko’rinishi
    Berilgan shart romb orqali ifodalanadi, r-berilgan shart. Agar shart bajarilsa, "ha" tarmoq bo’yicha a amal, shart bajarilmasa "yo’q" tarmoq bo’yicha b amal bajariladi.
    Tarmoqlanuvchi algoritmga tipik misol sifatida quyidagi sodda misolni qaraylik.
    1- Misol:
    Berilgan x ning qiytmatiga bog’lik holda, agar u musbat bo’lsa «ha» tarmoq bo’yicha yqx2 funksiyaning qiymati, aks holda y-x2 funksiyaning qiymati hisoblanadi.

    4-rasm. Interval ko’rinishidagi funksiya qiymatini hisoblash algoritmi

    Ko’pgina masalalarni yechishda, shart asosida tarmoqlanuvchi algoritmlarning ikkita tarmog’idan bittasining, ya’ni yoki «ha» yoki «yo’q» ning bajarilishi yetarli bo’ladi. Bu holat tarmoqlanuvchi algoritmning xususiy holi sifatida aylanish strukturasi deb atash mumkin. Aylanish strukturasi quyidagi ko’rinishga ega:



    5-rasm. Aylanish strukturasining umumiy ko’rinishi



    Download 208 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 208 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Arxiv uz Algoritmlаr, ulаrning хоssаlаri. Bеrilish usullаri vа strukturаlаri

    Download 208 Kb.