• Duradgorlik go‘niyasi
  • Porsi go‘niya.
  • Xatkash
  • Asbob-uskuna va moslamalardan foydalanish va ta’mirlash texnologiyasi Reja




    Download 59.74 Mb.
    bet1/158
    Sana29.03.2024
    Hajmi59.74 Mb.
    #181837
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
    Bog'liq
    Texnologiya va dizayn (ma\'ruza va amaliy) 2023
    Bakalavr Diplom, Test, Doc1, 8-sinf-huquq, mavzular ruscha, Argos test 2022, [, Tiplarni dinamik tarzda, diploma ish, 9-sinf masalalar yechish, suchkina, Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. K, To\'xtayeva Iqbol S9-IQ-23, apa Iqbol, O\'quv qo\'llanmaning Namuna matni

    Asbob-uskuna va moslamalardan foydalanish va ta’mirlash texnologiyasi
    Reja:

          1. Detallarga ishlov berishda dastlabki o‘lchash va rejalash asboblaridan foydalanish.

          2. Qo‘l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari

    Rejalash deganda chizmadagi shakl va o‘lchamlarni rejalash asboblari yordamida yasaladigan buyumning zagotovkasiga ko‘chirishni tushunish lozim. Qandaydir biror buyumni tayyorlashdan oldin uning zagotovkasini rejalash, ya’ni ishlov beriladigan chegaralarini chiziklar bilan belgilab olish lozim. Duradgorlikda masshtabli lineyka, go‘niya, porsi go‘niya, xatkash kabi nazorat-o‘lchov va rejalash asboblaridan foydalaniladi. Rejalashni kalamda rejalash asboblari (masshtabli chizg‘ich, duradgorlik go‘niyasi,) yordamida chizmaga, eskizga, texnik rasmlarga muvofiq bajariladi. 1-rasmda rejalash aoboblaridan ayrimlarining umumiy ko‘rinishi tasvirlangan.
    Duradgorlik go‘niyasi (1-rasm, a, b) bir-biriga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida joylashadngan chiziqlarni o‘tkazishga va to‘g‘ri burchak ostida joylashadigan chiziqlarni o‘tkazishga va to‘g‘ri burchaklarni tekshirishga mo‘ljallangan.
    Masshtabli chizg‘ich (1-rasm, v) o‘lchamlarni aniqlash va ularni zagotovkalarga qo‘yish, ishlov berilgandan keyingi o‘lchamlarni tekshirish uchun, shuningdek, to‘g‘ri chiziklar o‘tkazish uchui xizmat qiladi.
    Porsi go‘niya. Buyum qismlarini porsi usulida biriktirishda (portret ramkasi qismlari; eshik, deraza romlarining chaspaklari; javon, shkaf kabilarning karnizlari, umuman chorabzal randalar yordamida gul chiqarilgan qismlarni biriktirishda) rejalash porsi go‘niya yordamida bajariladi. Porsi go‘niya lineykasi kundaga 450 burchak hosil qilib o‘rnatiladi.
    Xatkashaniq o‘lchamli qilib arralash, randalash, o‘yish-teshish ishlarini bajarishda yog‘och materiallarning turli tomonlariga ularning qirralariga parallel qilib reja chiziqlari chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi. Xatkashlar bir cho‘pli, ikki cho‘pli va ko‘p cho‘pli bo‘lishi mumkin.

    1-rasm. Rejalash asboblari
    To‘g‘ri burchakli detallarni (2-rasm, a, b) rejalashda quyidagilarga aloxida e’tibor berish kerak:
    1. Masshtabli chizg‘ichning nolli bo‘linmasi o‘lchash boshlanadigan chiziq ustida turishi lozim.
    2. O‘lchash vaqtida chizg‘ichning o‘lchash boshlanadigan chiziqqa
    nisbatan noto‘g‘ri turishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
    Rejalash - mas’uliyatli operatsiyadir. Tayyorlanadigan buyumning sifati rejalashning aniq bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun rejalashda juda hushyor bo‘lish zarur.

    2-rasm. Masshtabli chizg‘ich yordamida detalni rejalash: a — dstalning enini o‘lcha;i, b — reja chizig‘inn o‘tkazish.

    3-rasm
    Rejalashni dastgoh ustida yoki stolda qalam, chizg‘ich, go‘niya bilan bajariladi. Rejalashda quyidagi tartibga rioya qilish shart. Avval zagotovkaning tekis tomoni tanlanadi yoki tayyorlanadi va undan boshlab barcha o‘lchamlar hamda chiziqlar belgilanadi. Ana shu tomonni baza tomon deyiladi yog‘ochni tejamli sarflash uchun mazkur zagotovkadan ancha miqdorda detallar yasash mumkinligini ishlov berish uchun tegishli qo‘yimlarni nazarda tutgan holda aniq xisoblab chiqish lozim. Zagotovkani ishlov bilan tayyor detal o‘lchamiga keltirish uchun yog‘ochning ma’lum katlami kesuvchi asbob yordamida olib tashlanadi. Ana shu qatlamni qo‘yim deyiladi. Zagotovkaga to‘g‘ri chiziq o‘tkazish uchun avval baza tomondan chizg‘ich bilan tegishli oraliq o‘lchanadi va 2—3 belgi ko‘yilgan (2-rasm). Keyin chizg‘ichni shu belgilar ustiga qo‘yib va chap qo‘l bilan bosib turib kalamda kontur chizig‘i chiziladi. Burchaklik yordamida chiziqlar o‘tkazish uchun esa uning asosini zagotovkaning baza qirrasiga qo‘yiladi va o‘ng qo‘l bilan kalamui o‘ng tomonga biroz og‘dirib chiziladi (3-rasm).
    Tashqi va ichki olchamlarni olchash uchun keng tarqalgan vositalargaquyidagi turli hil shtangen asboblar: tashqi va ichki o‘lchamlarni olchas uchun shtangen sirkullar, chuqurliklarni (teshiklarning) pazlarnini chuqurliklarini, chiziqlarning balandliklarini o‘lchash uchun shtangen chuqur olchagichlar, detallarni balandlik olchamlarini olchash uchun va rejalash uchun shtangenreysmuslar kiradi.
    SHtangenasboblar 1mm dan bo‘linmalar kertilgan chizg‘ich (shtanga) va asosiy chizg‘ich shtanga bo‘ylab suriluvchi yordamchi shkala noniuslardan tuziladi. YOrdamchi shkalanonius asosiy shkala bo‘linmalarining ulushlarini hisoblashga imkon beradi. Noniusqurilmasi asosiy shkala va nonius shkalasi bo‘linmalari intervallarning (ayirmasiga) asoslangan.
    Nonius shkalasi bo‘linmalari intervali asosiy shkala A bo‘linmalar intervalidan C kattalikka kichikdir. Bu kattalik noniusni sahoq kattaligi deb ataladi.
    O‘lchash vaqtida noniusqurilmasi bo‘yicha hisoblash asosiy shkaladan millimetrning kasr ulushlarini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Noniusning nol shtrihi ko‘rsatkich sifatida xizmatqiladi, bo‘linmaning ulushlari esa nonius shtrixlaridan birining asosiy shkala shtrixiga to‘g‘ri kelishi bilan aniqlanadi.
    Quyidagi nonius bo‘yicha xisobkash holatlari keltirilgan.

    0 5 10 15 0 5 10 15 0 5 10 15



    7 mm 7.7 mm


    0 5 10 15 0 5 10 0 5 10

    a/-noniusning 10 bo‘linmasi asosiy shkalaning 9-bo‘linmasi bilan ustma-ust tushgan.


    b/-xisob 7-mm ga teng.
    v/-xisob 7.7mm ga teng
    Mikrometrik o‘lchash asboblariga: mikrometrlar, mikrometik chuqur o‘lchagichlar, mikrometrik nutrometrlar va richagli mikrometrlar kiradi.
    Mikrometrik asboblar 2 ta xisobqurilmasiga ega bo‘lib,birinchiqurilma stebel (1) ga o‘yilgan bo‘linmasi 0.5 mm ga teng bo‘lgan shkala va barabanni chetkiqismiga o‘yilgan ko‘rsatkichdan iborat.
    Ikkinchi xisoblash qurilmasi bo‘linmasi 0.01 mmga teng va barabanning (2) konus qismiga o‘yilgan shkaladan va stebelga (1) ko‘ndalang qilib o‘yilgan ko‘rsatkichdan iborat.


    Mikrovint qadami 0.5 mm ga teng, bunda mikrovint va unga qattiqqotirilgan barabanni bir marta aylanishi bir xil bo‘lib baraban yon tomoni bir o‘lchamga surishi 0.5 mm ga teng.
    Soat tipidagi indikator faqat tishli juftlardan iborat bo‘lgan mexanizmli asbob xisoblanadi (1-rasm,a) 3-rasm, b da indikatorning ishlash prinsipini ko‘rsatilgan.
    O‘lchash sterjeni 1 o‘rta qismida tishli/ildirak 2 bilan tishlanadigan tishli reykaga ega.
    O‘lchash sterjenining siljishi/ildirak 2, tishli/ildiraklar 4 va 5 orqali asbobning strelkasi 3 ga uzatiladi.
    Tishli/ildiraklardagi lyuft spiral prujina tola 7 va tishli/ildirak 6 yordamida yo‘qotiladi. Prujinaning ikkinchi uchi asbob korpusiga mahkamlangan. Asbobda ikkita shkala bor:ulardan kattasi bo‘yicha millimetrning bo‘laklari ,kichigi bo‘yicha esa butun millimetrlar xisoblanadi. O‘lchash sterjeni 1 mm ga siljiganda katta shkaladagi strelka 1 martaga aylanadi. Agar shkalada 100 bo‘linma bo‘lsa, u holda asbobning bo‘linmalari qiymati 0.01 mm.ga teng bo‘ladi.

    2- rasm. Kichik gabaratli indikator


    PB-250 markali detallardagi tepishni aniqlash uchun mo‘ljallangan moslamaning umumiy ko‘rinishi 3-rasmda ko‘rsatilgan. Moslama yo‘naltiruvchi taglik – stamina 1, markazliqo‘zg‘aluvchi vaqo‘zg‘almas babkalar, stanina yo‘naltiruvchisida harakatlanadigan stoyka 6 va indikatorni 4 mahkamlash uchun kronshteyndan 5 iborat. Qo‘zg‘aluvchan babka harakatlanmaydigan markaz 2,qo‘zg‘almas babka esa detallarning mahkam o‘rnashini ta’minlaydigan richagli - prujinani mexanizmga 8 ega bo‘lgan markazdan 9 iborat.


    Indikatorning uchligini tekshirilayotgan detal sirtiga bir tekisda tegishini taminlash uchun kronshteynga mikroharorat vinti 7 o‘rnatilgan.
    Radial tepish soat tipidagi indicator bilan o‘lchanganda o‘lchashdagi chekli xatolik 5 dan 20 mm gacha bo‘ladi. Bu xatolikning kattaligi o‘lchanayotgan detal radiusiga va indikator o‘lchash sterjenning yurish kattaligiga bog‘liq.

    Indikatorli nutromerlar asosan detallarning ichki yuzalarini o‘lchash, tekshirish va shakldan chetga chiqishlarini aniqlash uchunqo‘llaniladi. Indikatorli nutromerning asosi sifatida trubka 5 (..rasm) xizmatqiladi va u issiqdan izolyasiyaqilingan dastak 9 bilan ta’minlangan. Trubkaning yuqoriqismida biriktiruvchi teshik o‘rnatilgan bo‘lib uqisqacha 7ga ega. Bu teshikka o‘lchash kallagi 8, odatda soat tipidagi indikator yoki tishli richagli kallag o‘rnatiladi va mahkamlanadi. Ularning bo‘linma bahosi 0.01mm yoki 0.02mm bo‘lishi mumkin. Trubkaning pastgiqismida nutrometr kallagi joylashgan bo‘lib, u korpus 3, ko‘prikcha 2 va almashinuvchan 4 yokiqo‘zg‘aluvchan o‘lchash sterjinlaridan 1 iborat.qo‘zg‘aluvchan o‘lchash sterjenining 1 harkati o‘lchash kallagining sterjeni orqali shtok 6 yordamida amalga oshiriladi. Markazlashtiruvchi ko‘prikcha 2 nutromerning o‘lchash o‘qi bilan o‘lchanadigan teshik diametrining mos kelishini ta’minlaydi.


    Indikatorli nutromerlarning «0» xolatini tekshirish uchun o‘rnatish halqalaridan foydalaniladi. O‘rnatish halqalari toblangan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, diamerining o‘lchami va sirtining shakli bo‘yicha yuqori aniqlika ega hamda u nihoyatda kichik ∆q1÷1.5 mkm xatolik bilan attestatsiyaqilingan.
    Indikatorli nutromer yordamida o‘lchashdan oldin teshik o‘lchamlarining yo‘lqo‘yiladigan xatoligi indikatorli nutrometr xatoligi bilan solishtiriladi. Masalan: Ø40N8 (0q0.039) o‘lcham uchun:
    -detalni tayyorlash uchun dopusk kattaligi Tq39 mkm;
    -GOST8. 051-81 bo‘yicha Ø 40 mm nominal o‘lcham va Tq39 mkm dopusk uchun yo‘lqo‘yiladigan o‘lchash xatoligi δq10 mm.
    Teshik o‘lchamini indikatorli nutromer bilan o‘lchashda soat tipidagi indikatordan (bo‘linma baxosi 0,01 mm) foydalaniladi va uning chekli xatoligi (1-ilova) ∆q10 mkm dan oshmaydi.
    Xulosaqilib aytganda, Ø 40N8 o‘lchamli teshikni bo‘linma baxosi 0,01 mm bo‘lgan soat tipidagi indikatorli nutromer yordamida o‘lchash mumkin. Detalni o‘lchash sxemasi tartibi ishining xisobotqismida keltirilgan.



    Download 59.74 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




    Download 59.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asbob-uskuna va moslamalardan foydalanish va ta’mirlash texnologiyasi Reja

    Download 59.74 Mb.