Asboblar panelini sozlash algoritmi




Download 43.69 Kb.
Sana02.03.2024
Hajmi43.69 Kb.
#165621
Bog'liq
AutoCADning ish stoli
erkinjon, Special Education - PPTMON, 5 Mavzu Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari (5), 4-MODELLASTIRISH (4), Ergashov Shaxzod bitruv malakaviy ish

AutoCADning ish stoli

ASBOBLAR PANELINI SOZLASH ALGORITMI.

1) sichqon klavishi o‘ng tomonini asboblar panelining ixtiyoriy birortasini ko‘rsatib, bosamiz.

2) ochilgan ro‘yxatdan kerakli asboblar panelini belgilaymiz.


• GRAFIK MAYDON (Model maydoni) –ish stolining o‘rta maydonini egallagan bo‘lib, modellar chizmasini yaratish uc hun mo‘ljallangan. Model maydoni parametrlarini qo‘llovchi o‘ziga mos qulay ravishda o‘zgartirishi mumkin.


MODEL MAYDONINI SOZLASH ALGORITMI.


1) Sichqon klavishining o‘ng tomonini grafik maydonning ixtiyoriy joyiga bosamiz, Опции punktini belgilaymiz.


2) Ochilgan «Parametrlar» dialog oynasida quyidagi sozlashlarni amalga oshirish mumkin.


A) Oyna elementlari ish stoli ko‘rinishini sozlash, ya'ni;


1) Rang tugmachasi yordamida model maydoni rangini tanlash mumkin;


2) Dialog oynasiga chaqiriladigan shrift turini Shrift tugmachasi orqali sozlash mumkin.


B) Format elementlari maydoniga Varaq maydoni M2 umumiy ko‘rinishini sozlash mumkin.


V) “Aks ettirishni kengaytirish qobiliyati” maydonida obyektlarning tasviri sifatini sozlash mumkin, ya'ni yoylar va aylanalar egri chiziqlarda segmentlar soni va h.k.


G) Aks ettirish maydoniga uch o‘lchovli rang berilgan (3D) obyektlarni aks ettirish sifatini sozlash mumkin.


• DIALOGLI OYNA yordamida dastur bilan muloqot amalga oshiriladi. Bu oyna bir necha qatordan iborat bo‘lib, ularda foydalanuvchi chiqaradigan ta'sir algoritmi aks etgan bo‘ladi. Ko‘pincha, dastlabki asboblar to‘g‘risida kerakli axborotni o‘z ichiga oladi.

Muloqot oynasida kamida uchta qator qoldirilishi tavsiya etiladi. Sozlashni qo‘lda, ya'ni sichqonning kursorini muloqot oynasining yuqori qismiga olib borib, uni siqib (cho‘zib) yoki past (baland) ga surib amalga oshiriladi.


• QATOR HOLATI (boshqarish tugmasi) –chizmachilik rejimlari, ya'ni qo‘shish/o‘chirishni o‘z ichiga oladi va ish stolining eng pastki qismida joylashgan.


O‘z ichiga quyidagi elementlar (tugmalar)ni olgan:


A) QADAM (Шаг) (Snap) –sichqonning ma'lum qadam bilan harakatini ta'minlaydi.


Sozlash bajariladi: Asboblar/Chizmachilik parametrlari qo‘shimcha “Bog‘lash va setka”.


Qadam rejimini qo‘shish (o‘chirish) F9 funktsional klavishi orqali yoki ShAG (Qadam) knopkasini sichqon bilan bosish orqali amalga oshiriladi.


B) TO‘R (Grid) - rasmni aniq chiqarish, va ishni yengillashtirgan holda, ortogonal setkasining bog‘larini ekranda olish imkoniyatini beradi.


Sozlash bajariladi: Asboblar Chizmachilik parametrlari qo‘shimcha “Bog‘lash va to‘r”.


Setka rejimini qo‘shish (o‘chirish) F7 funksional klavishi yoki sichqon bilan SETKA tugmasini bosib amalga oshiriladi.


V) ORTO (Ortho) – chiziq chizish ortogonal rejimini qo‘shadi (o‘chiradi).


G) POLYАR (Polar) –chizishning polyar rejimini qo‘shadi (o‘chiradi), ya'ni dastur avtomatik ravishda trassirovkali turlar holida obyektlar chizmasi yo‘nalishni va burchagini ko‘rsatib beradi.


Sozlash bajariladi: Asboblar/Chizmachilik parametrlari qo‘shimcha “Bog‘lash va setka”.


Polyarnaya trassirovka rejimini qo‘shish (o‘chirish) F10 funksional klavishi yoki sichqonni POLYAR tugmasiga bosish orqali bajariladi.


D) VO‘RV (Osnap) – obyektli bog‘lash (obyektlarni tekislash), ayrim nuqtalarni ko‘rsatish imkonini (ya'ni masalan, kesma va yoy o‘rtasi, aylana markazi va aylana va yoy kesishish nuqtasi) beradi.


Sozlash bajariladi: Asboblar/Chizmachilik parametrlari qo‘shimcha “Bog‘lash va setka”.


Привязка объекта (Obyektni bog‘lash) rejimini qo‘shish (o‘chirish) F3 funksional klavishi orqali yoki sichqonning VO‘RV tugmasini bosish orqali bajariladi.


E) СЛЕД (Object Snap Tracking) –Osnap dagi nuqtani boshqarish imkonini beradi, kursor harakatlanganda vektor trassirovkasi hosil bo‘ladi.


Sozlash bajariladi: Asboblar/Chizmachilik parametrlari qo‘shimcha “Bog‘lash va setka”.


След rejimini qo‘shish (o‘chirish) F11 funksional klavishsi yoki СЛЕД tugmani sichqon bilan bosish orqali bajariladi. .


J) VESLIN –obyektlar chiziqlari qalinligini aks ettirishni qo‘shadi (o‘chiradi).


Z) MODEL –model maydonidan varaq maydoniga o‘tish imkonini beradi. AutoCAD dasturi. Kompyuterda chizma chizishga doir ma’lumotlar. Qog‘oz formatini tanlash va burchak shtampini chizish


Reja:

Qog‘oz formatini tanlash

Burchak shtampini chizish


Tayanch so`z va iboralar: AutoCAD, model, chizma, лист, chop etish, chiziq, chegara, muloqat oyna, Диспетчер параметры листов, формат листа, qog‘oz, parametrlar, границы, экран, рамка, лист, масштаб, печати, просмотр, kesma, burchak
O
chop etish qurilmasi­ning chegara chizig’i
datda chizma AutoCAD ning Model qati oynasida chiziladi. Chizmani chop etishga taxlash esa Лист (Layouts) qati oynasida bajariladi. Лист qatiga birinchi marta o‘tilar ekan Modelda chizilgan barcha chizma bitta Ko‘rinish oynasi (Видовый экран) da joylashadi (1-rasm). Punktir chiziq chop etish qurilmasi­ning chop etish sohasini bildiradi, ya’ni punktir chiziqdan tashqarida joylashgan chizma chop etilmaydi. Chop etish chizig‘ining chegara chizig‘i tanlangan printer va plotterga bog‘liq. Lazer printerlari uchun 5-6 mm tashkil qilsa, purkagichli printerlar uchun uch tarafdan 5-6 mm va chop etishni tugash tomonidan esa 12-20 mm tashkil qiladi.

Ko’rinish oynasi chegarasi


Qog’oz chegarasi


Model qatidan birinchi marta Лист qatiga o‘tilayotganda qog‘oz o‘lchamlari va chop etish qurilmasini va usullarini tanlash uchun Параметры листа muloqat oynasi chiqadi. (2-rasm). Bu muloqat oynasini Файл menyusining Диспетчер параметры листов bo‘limi orqali ham chaqirsa bo‘ladi.

Bu muloqat oynasining ayrim bo‘limlari bilan tanishaylik:


- Принтеры/плоттеры bo‘limining Имя darchasidan chop etish qurilmasi tanlanadi. Qurilma xossalarini Свойства tugmasidan o‘zgartirish mumkin.


- Формат листа bo‘limida chop etish qurilmasiga mos standart o‘lchamlar tanlanadi. Agar chop etish qurilmasi tanlanmagan bo‘lsa, unda ixtiyoriy standart qog‘oz o‘lchamini tanlash mumkin.


Qog‘oz parametrlarini chop etish paytida ham tanlash yoki o‘zgartirish imkoni bor.


- Ориентация чертежа bo‘limida tanlangan qog‘ozning vertikal (Книжная) yoki gorizontal (Альбомная) holatida joylashishi tanlanadi. Повернуть bayroqchasi qo‘yish bilan chizmani chop etish oxiridan boshlanadi.


- Печатаемая область bo‘limida chop etish uchun soha tanlanadi. U yerda 4 holdan biri tanlanadi (3-rasm).


Границы – chop etish qurilmasi ruxsat etgan chegara bo‘yicha listdagi barcha ob’yektlar chizmasini chop etadi.

Экран – chizmaning ekranda ko‘ringan qismini chop etadi.


Рамка – bu usul tanlanganda sichqoncha bilan ekranda chop etila­digan to‘rtburchak soha ko‘rstilishi talab qilinadi. Soha diagonal bo‘yicha ikki chekka nuqtalarini ko‘rsatish orqali tanlanadi. Ko‘rsatilgan soha chop etiladi.


Лист – listda joylashgan barcha chizma chop etiladi. Модель qatidan chop etish paytida List o‘rniga Limit (chizishi chegarasi) da joylashgan barcha chizma chop etiladi.


- Смещение от начало bo‘limida (2-rasm) qog‘oz pastki chap burchagidan tanlangan sohani X va Y yo‘nalishi bo‘yicha necha mm ga siljitib chop qilish ko‘rsatiladi. Центрировать tanlansa, chizmani qog‘oz o‘rtasiga joylashtirib beradi.


- Масштаб печати bo‘limida chop etiladigan sohani qog‘ozga joylashtirish uchun masshtab tanlanadi. Вписать belgilansa chizma ko‘rinishiga masshtabni AutoCAD o‘zi tanlab, to‘lasincha tanlangan qog‘oz formatiga joylab beradi. U tanlagan masshtab standartga mos kelmaydi. Масштаб degan joydan esa foydalanuvchi o‘zi standart kattalashtirish yoki kichiklashtirish masshtabini tanlaydi. Odatda chizma ko‘rinishi Лист qatida chop etishga tayyorlangach, masshtabi 1:1 tanlab chop etiladi. Chizmaning o‘ziga esa Listdagi ko‘rinish oynalarida (model muhitida) aniq masshtab tanlanadi (4-rasm).


Масштабировать вес линий orqali chiziq yo‘g‘onliklarini masshtabga qarab mos ravishda o‘zgartirish yoki o‘z yo‘g‘onligida qoldirish ko‘rsatiladi.


- Просмотр… tugmasi orqali chop etiladigan chizma qog‘ozda qanday joylashishini ekranda ko‘rish mumkin. Agar qog‘ozda joylashishi ma’qul bo‘lmasa, yana Параметры листов oynasiga qaytib qog‘oz parametrlari o‘zgartiriladi. Chop etish qurilmasi tanlanmagan bo‘lsa, pechat qilish va oldindan ekranda ko‘rish (Просмотр) imkoni bo‘lmaydi.


Ko‘rinish oynasining chegara chiziqlari qog‘ozga chiqmasligi uchun uni chop etilmaydigan (Defpoints) qatga o‘tkazish kerak


Chiziq turlari

Shrift (yozuv)ni chizmada qo‘llash


Tayanch so`z va iboralar: AutoCAD, model, chizma, лист, chop etish, chiziq, chegara, muloqat oyna, формат листа, qog‘oz, parametrlar, границы, экран, рамка, лист, масштаб, печати, просмотр, kesma, burchak, shtrix, chiziq yo‘g‘onligini, vektorli shriftlar, tekst, o‘lcham qo‘yish, chiziqli va parallel razmer, yoy uzunligi, radius, diametr, qo‘yim (допуск) o‘lchamlari.
Chizma uchun kerak bo‘ladigin chiziq turlari Linetype buyrug‘i bilan yoki Формат menyusidagi Типи линий… bo‘limi orqali ochiladigan muloqat oynadan tanlanadi (6-rasm). Bu muloqat oynadi faqat bir xil chiziq turi mavjud. Boshqa chiziq turlarini tanlash uchun muloqat oynasining Загрузить tugmasi bosiladi va barcha chiziqlar ro‘yxatining oynasi chaqirilib (7-a,rasm), u yerdan ketma-ket chizmada ishlatiladigan bir necha chiziq turi o‘rnatiladi. O‘rnatilgan chiziq turlaridan chizmada foydalanish imkoni bo‘ladi
Tanlangan shtrix chiziqlar turi chizma masshtabiga to‘g‘ri kelmasa, shtrix chiziqlar uzun yoki qisqa bo‘lib ko‘rinadi, hatto to‘g‘ri chiziq bo‘lib ko‘rinadi. Unda chiziqlar masshtabini o‘zgar­tirish kerak. Chiziq uchun masshtab koeffisiyenti Глобальный масштаб yoki Текуший масштаб bo‘limidan tanlanadi (6-rasm). Gobalnыy masshtab – barcha chiziqlarga ta’sir etadi, Tekushiy masshtab – yangi chizilayotgan chiziqqa turiga tegishli bo‘ladi. Umumiy masshtab har ikkala masshtab koeffisiyentlarining ko‘paytmasiga teng.
O‘rnatilgan chiziq turini jihozlar panelidagi «tipi liniy» tugmasini bosib olishimiz mumkin (7-b, rasm). Xuddi shu yerdan Другой bo‘limidan yana chiziq tanlash uchun 7-a,rasmdagi oynani chaqirib olishimiz ham mumkin.
Chiziq yo‘g‘onligini tanlash
Chizmada chiziqlarga turlicha yo‘g‘onlik tanlashga to‘g‘ri ke­ladi. Chiziq yo‘g‘onliklari Формат menyusining Веса линий bo‘li­mi­dan chaqiriladigan Параметры веса линий muloqat oynasidan o‘rnatiladi (8-a,rasm). Bu oynani AutoCAD oynasining holat qatoridagi ВЕС tugmasiga «sichqoncha»ning o‘ng tugmasi orqali ham chaqirib olish mumkin. Odatda chiziq yo‘g‘onligi По слою, ya’ni chizilayotgan qat uchun o‘rnatiladi va uning yo‘g‘onligi По умолчанию bo‘limida tanlanadi.
Jihozlar panelidagi Вес линий tugmasidan ham chiziq yo‘g‘on­ligini tanlash mumkin (8-b,rasm). Tanlangan chiziq yo‘g‘onligi belgilangan ob’ktlar uchun taalluqli bo‘ladi. Agar birorta ob’yekt belgilanmagan bo‘lsa keyingi chizilayotgan elementlar tanlangan yo‘g‘onlik bilan chiziladi.

Chiziq yo‘g‘onligi ekranda ko‘rinishi uchun holat qatoridagi ВЕС tugmasi bosilgan bo‘lishi kerak.


Chiziq yo‘g‘onligi ekranda ko‘rinmas holatida turgan bo‘lsada, qog‘ozga chop etganda o‘z yo‘g‘onliklari bilan chop etiladi. Chiziq yo‘g‘onligini qog‘oz masshtabiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z yo‘g‘onligi bilan chop etish yoki qog‘oz masshtabini hisobga olib ham chop etish imkoni bor. Bu parametr chop etish paytida tanlanadiTekst uchun AutoCADning vektorli shriftlardan yoki Windows tizimidagi bor standart shriftlardan foydalanish mumkin. Vektorli shriftlarning tipi *.shx ko‘rinishida bo‘ladi (10-rasmga qarang). Vektorli shriftlarga yo‘g‘onlik xuddi chiziqqa qo‘llangandek qo‘llaniladi. Windows shriftlari uchun chiziq yo‘g‘onligini tanlab bo‘lmaydi.


Tekst bir qatorli Одностроч­ный yoki ko‘p qatorli Многострочный bo‘lishi mumkin.

Tekst kiritish va kiritilgan tekstni tahrirlash uchun jihozlar panelidagi tugmalardan foydalaniladi. Quyida tekstni kiritish va tahrirlash uchun ishlatiladigan tugma­larning ayrimlari keltirilgan:


-


ko‘p qatorli Многострочный tekst yozish buyrug‘ini chaqiradi; yozish sohasi (chegarasi) ko‘rsatilgach 9-rasmdagi oynani ochib beradi.

-


bir qatorli Одностроч­ный tekst yozish buyrug‘ini chaqiradi.

-


ko‘rsatilgan tekstni tahrirlash imkonini beradi; agar ko‘p qatorli tekst bo‘lsa, 9-rasmdagi tahrirlash oynasi ochiladi, bir qatorli tekst esa joyida o‘zgartiriladi.

-


tekst stilini yaratish uchun muloqat oynasini chaqiradi (10-rasm)

-


belgilangan tekstni balandligini tayanch nuqtasiga nisbatan yangi qiymat berib o‘zgartirish
Bir qatorli tekst yozish uchun chizmada boshlang‘ich nuqta sichqoncha yordamida ko‘rsatiladi, so‘ngra shrift balandligi va yo‘nalish qiyaligi navbatma-navbat kiritiladi. So‘ngra tekst matni yoziladi. Yangi qatorga Enter bilan o‘tiladi. Enter ketma-ket bosilsa, tekst yozish tugatilati.

Ko‘p qatorli tekst joylanishi uchun to‘rtburchak soha qarama-qarshi ikki nuqtasi orqali ko‘rsatiladi. Ekranda tekst kiritish uchun muloqat oynasi paydo bo‘ladi (9-rasm). Bu muloqat oynasida oldindan yaratilgan tekst stillaridan foydalanish; shrift turini va balandligini tanlash; tekstga rang berish; tekstni to‘rburchak sohaning chap, o‘ng yuqori, past, o‘rtasiga joylash; qatorlar orasi intervalini o‘zgarti­rish; qiya yozish; harflar oralig‘i masofalarini va enini o‘zgartirish; simvollar kiritish va boshqa imkoniyatlari mavjud. Bu o‘zgartirishlar tekstning belgilangan qismiga ta’sir etadi. Tekstni biror fayldan import qilib olish ham mumkin. Muloqot oynaning lineykasi yordamida abzas chegaralarini va tekst yozilgan to‘rtburchak sohaning o‘lchamini o‘zgartiriladi. Undan tashqari tekst sohasiga rang berish, chizmadagi fon ustiga yozish va bu fonning tekstga nisbatan ko‘rinish darachasini foizlarda tanlash mumkin.


Buyruqlarni muloqat oynasidagi Chizmada ko‘p qo‘llaniladigan ayrim belgilar quyidagicha tanlanadi:  - diametr belgisi %%s orqali,  - gradus belgisi %%d orqali va  - plyus-minus belgisi %%p orqali yoziladi (bu yerda s, d, p harflari lotin tilida yozilishi kerak) .


Формат menyusining Текстовые стилы… bo‘limi orqali yangi stillar (namuna) yaratish yoki yaratilgan stillarni o‘zgartirish uchun muloqat oynasi chaqiriladi (10-rasm).


Odatda Стандартный stili o‘rnatilgan bo‘ladi. Yaratilayotgan stillarga nom berib saqlab qo‘yiladi. Keyinchalik teks yozish va tahrirlash paytida bu stillardan foydalanish imkoni paydo bo‘ladi. Bundan tashqari stilga biror o‘zgartirish kiritilsa, chizmada shu stil bilan yozilgan barcha tekst o‘z-o‘zidan mos ravishda o‘zgaradi.


Tekstni tahrirlash uchun tekst ustiga sichqonchani ikki marta chertib olish kerak yoki - tugmadan foydalanish kerak.tugmachalar (piktogrammalar) yordamida yoki tekst yozilayotgan sohaga «sich­qoncha»ning o‘ng tugmasini bosib chaqirilayotgan menyudan bajarish mumkin.


Olmani chizmaga qo‘yish juda ham qulay bajariladi, chunki chizmani chizish paytidayoq o‘lchamlari berib chizilgan bo‘ladi.
Chiziqli va parallel razmer qo‘yish tartibi quyidagicha: buyruq berilgach o‘lcham qo‘yiladigan ikki nuqta ketma-ket «sichqoncha» bilan ko‘rsatiladi, so‘ngra o‘lchamning detal kontur chizig‘idan uzoqlik masofasi ko‘rsatiladi.

Yoy uzunligi, radius va diametr o‘lchamini qo‘yish uchun buyruq berilgach ob’yekt ko‘rsatiladi so‘ngra ob’yektdan o‘lcham­gacha (yoy uchun) yoki o‘lchamning joylashish o‘rni (radius va diametr uchun) ko‘rsatiladi.


Burchak o‘lchami qo‘yish uchun avval kesishuvchi ikki chiziq ko‘rsatiladi so‘ngra burchakdan o‘lchamning uzoqligi ko‘rsatiladi.


Chizmaga qo‘yiladigan o‘lchamlarning asosiy turlari 11-rasmda keltirilgan.


chiziqli o’lcham
burchak o’lchami

bazoviy o’lcham


yoy o’lchami

parallel o’lcham


diametr

zanjirli o’lcham
Chizmaga o‘lchamni Размеры jihozlar paneli orqali qo‘yish juda qulay. U yerda har bir o‘lcham turi uchun o‘z piktogrammasi (tugmachasi) mavjud. Quyida shu piktogrammalar rasmi va ularning qisqacha vazifasi keltirilgan.
Tug­ma

Vazifasi

chiziqli o‘lcham, ko‘rsatilgan ikki nuqta orasiga koordinata o‘qlariga parallel bo‘lgan o‘lcham qo‘yadi. Ya’ni chiziq proyeksiyalarining o‘lchami;

parallel o‘lcham, ko‘rsatilgan ikki nuqta orasiga chiziqqa parallel o‘lcham qo‘yadi;


yoy o‘lchami, ko‘rsatilgan yoy uzunligining o‘lchamini qo‘yadi. O‘lcham qiymati oldiga  belgisini qo‘yadi;


ordinata, ko‘rsatilgan nuqta uchun x yoki u o‘qiga nisbatan koordinatani ko‘rsatadi;


radius, yoy yoki aylanani ko‘rsatish orqali o‘lchami qo‘yiladi, o‘lcham oldida R belgisi yoziladi. O‘lchamning o‘rnini foydalanuvchi o‘zi tanlaydi;


siniq radius, yoy yoki aylanani va uning mavhum markazini ko‘rsatish orqali o‘lchami qo‘yiladi, o‘lcham oldida R belgisi yoziladi. Agar haqiqiy markaz ko‘rsatilsa oddiy radius o‘lchamini ko‘yadi;


diametr, yoy yoki aylanani ko‘rsatish orqali o‘lchami qo‘yiladi, o‘lcham oldida  belgisi yoziladi;


burchak, ko‘rsatilgan ikki chiziq orasidagi burchak o‘lchamini ko‘rsatadi, o‘lcham birligi gradus belgisi qo‘yiladi.


tez o‘lcham, bir necha ob’yektlarlarni belgilab bir yo‘la o‘lchamlarini qo‘yish. Belgilanadigan ob’yektlar bir tipda bo‘lgani ma’qul


bazoviy o‘lcham, ko‘rsatilgan nuqtalar o‘lchamini birinchi nuqtaga nisbatan tagma-tag qo‘yib beradi;


zanjirli, ko‘rsatilgan nuqtalar orasidagi o‘lchamni yonma-yon qo‘yib beradi;


chiqaruv yozuvi, chiqaruv chizig‘i chiziladi so‘ngra chiziq yoniga yozuvi yoziladi;


dopusk belgilari va qiymatlari tanlab qo‘yiladi;


marker, aylana markaziga markaz belgisi (kesishuvchi chiziq) qo‘yadi;


o‘lcham yozuvini ma’lum burchakka burash yoki o‘lcham chiqaruv chiziqlarini siljitish;


o‘lcham yozuvining o‘rnini o‘zgartirish;


qo‘yilgan o‘lcham qiymatlarini yangilab olish;


o‘lcham stili, yaratilgan stilni o‘lchamga qo‘llash;


o‘lcham stilini o‘zgartirish yoki yangi stillar yaratish;


Qo‘yim (допуск) o‘lchamlarini qo‘yishda muloqat oynasi chiqa­di. Oynadan kerakli qo‘yim belgilari tanlanib, qiymatlari yoziladi (12-a, rasm). So‘ngra chizmada ko‘rsatilgan joyga tanlangan qiymatlar qo‘yiladi (12-b, rasm).O‘lcham stili. AutoCAD da o‘lchamlar uchun standart ISO-25 stili yaratilgan. Bu stil hamma vaqt ham foydalanuvchini qanoatlantirmaydi, ya’ni strelka turi, o‘lcham masshtabi tekst balandligi va hakozalar chizma masshtabiga to‘g‘ri kelmaydi. O‘lcham elementlarini (chiqaruv chiziqlari, strelkalar ko‘rinishini, tekst balandligi, o‘lcham masshtabi, aniqligi va hokazo) o‘zgartirish uchun Формат menyusining Размерные стилы bo‘limidan yangi stil yaratish va borini o‘zgartirish uchun muloqat oynasi chaqiriladi (14-rasm). Bu muloqat oynasi Новый… tugmasi yordamida yangi stilga nom berib yaratiladi yoki Izmenit… tugmasi bilan tanlangan stil uchun o‘lchamning har bir elementlari o‘zgartiriladi. (13-rasm). Bir chizmada bir nechtalab o‘lcham stillarini yaratish mumkin.
.
Ko‘rinish oynasi uchun chizma masshtabini tanlash:

1. Ko’rinish oynasi yaratish uchun dialog oyna chaqiradi;


2. Diagonal bo’yicha ikki nuqta ko’rsatib to’rtburchakli Ko’rinish oynasi yaratish;

3. Bir necha nuqtalar ko’r­satib ko’pburchakli Ko’ri­nish oynasi yaratish;


4. Chizilgan yopiq konturli figurani Ko’rinish oynasiga aylan­tirish;


5. Ko’rinish oynasini che­ga­ra­la­rini qirqish orqali yangicha ko’rinishga o’tkazish;


6. Aktiv Ko’rinish oynasidagi chizmaga masshtab tanlash;


Chop etish uchun qog‘ozning barcha parametrlari tanlangach, ko‘rinayotgan puntir chizig‘i yaqinroq ichki tomonlari bilan qog‘oz uchun ramka chizig‘i va chap burchakda shtamp chiziladi.
Ramka va burchak shtampi kesma chizish buyrug‘idan foydala­nib chiziladi. Burchak shampining o‘lchami
Tutashmalarni kesma, nur, poliliniya, yoy, aylanalarga qo‘llab, ularni o‘zoro berilgan radiusli yoy bilan tutashtirish mumkin. Tutashmalar - Fillet (сопряжение) tugmasi yordamida amalga oshiriladi. Tutashma radiusini tanlash uchun buyruqdan keyin chizma oynasida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, chiqqan chaqiruv menyusidan Радиус bo‘limini tanlash va klaviaturadan radius qiymatini kiritib Enter bosish kerak. Shundan so‘ng tutashma hosil qilish uchun tutashtirilmoqchi bo‘lgan ob’yektlarni sichqoncha nishoni bilan ko‘rsatish kerak.
Agar tutashtiriluvchi chiziqlar kesishuv nuqtasigacha yetmagan yoki kesishish chizig‘idan o‘tib ketgan bo‘lsa ham ular berilgan radius bilan tutashtiriladi (25-v,g, rasm). Rasmdagi belgi sichqoncha bilan chiziq ustida ko‘rsatish joyini bildiradi

Agar tutashtirilayotgan chiziqlar yo‘g‘onligi turlicha bo‘lsa, unda tutashma ikkinchi ko‘rsatilgan chiziq yo‘g‘onligini oladi. Agar rangi turlicha bo‘lsa, tutashma joriy qat (слой) ning rangini oladi.


Quyidagi hollarda tutashma amalga oshmaydi:


- berilayotgan tutashma radiusi tutashtirilayotgan kesmadan uzunroq bo‘lsa;


- tutashtirilayotgan ikki aylana orasidagi masofa tutashma yoyi radiusdan katta bo‘lsa.


Bez obrezki holati

Tutashmalarda quyidagi xususiy hollar bo‘lishi mumkin:


- tutashtiriluvchi chiziqlar parallel bo‘lsa tutashtirish radiusiga qanday qiymat berilishidan qat’iy nazar parallel chiziqlar orasidagi masofaning yarimiga teng radiusli yoy bilan tutashtiriladi (25-j, rasm);

- tutashtirish radiusiga nol qiymat berilsa, kesishuvchi chiziqlar o‘zaro tutashtirilib burchak yasaladi 25-z, rasm).


- tutashma radiusi berilgan bo‘lsa ham, tutashma hosil qilish paytida Shift tugmasi bosib turilsa, kesishuvchi chiziqlar o‘zaro tutashtirilib burchak yasaladi.


Agar tutashma uchun tanlanayotgan ob’yekt poliliniya, to‘rtbur­chak yoki ko‘pburchakdan iborat bo‘lsa va birdaniga hamma qirralarini yoy shaklida tutashtirish kerak bo‘lganda sichqon­chaning o‘ng tugmasini bosib полилиния bo‘limi tanlanib, so‘ngra poliliniya ob’yekti ko‘rsatiladi. (


Odatda o‘zaro kesishgan ikki chiziqni ma’lum radius bilan tutashtirilgach, chiziqlarning ortiqcha qismi qirqiladi. Agar tutashma hosil bo‘lib va chiziqlarning dovomi ya’ni o‘zaro tushashish tuqtasigacha bo‘lgan qismini saqlab qolish lozim bo‘lsa, tutashuvchi chiziqlarni ko‘rsatishdan oldin sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib Обрезка bo‘limini tanlab va yana bir karra sichqoncha o‘ng tugmasini bosib Без обрезки bo‘limini tanlash kerak



isol. ko‘r­sa­tilgan chizmani chi­zish pay­tida tutashmalardan foyda­la­nish ket­ma-ketligini kelti­rib o‘tamiz.
Avval markazlari orasi­dagi maso­fasi 70 ga va radislari 10, 20, 8 3 ga teng bo‘lgan aylanalar chizib olinadi. Buning uchun Круг buyrug‘i tanlanib ekranda ixti­yoriy bir nuqta (aylana markazi) sichqoncha bilan ko‘rsatiladi va klaviaturadan 10 raqamini kiritib Enter bosiladi. Enter bosilib aylana chizish buyrug‘i qayta chaqiriladi va sichqoncha bilan chizilgan aylanaga yaqinroq boriladi, aylana markazini ko‘rsatuvchi marker paydo bo‘lgach, shu marker ustiga nishonni oborib bir oz kutub turiladi. Центр yozuvi paydo bo‘lgach nishon o‘ng tomonga qarab yurgiziladi (27-rasm,a). Ekranda cheksiz davom etuvchi chiziq paydo bo‘ladi va nishon ostida yurilgan masofani ko‘rsatuvchi yozuv o‘zgarib turadi. Nishonni shu holatda saqlagan holda klaviaturadan 70 kiritib Enter bosiladi (ikkinchi aylana markazi topiladi) so‘ngra aylana radiusi 20 raqami kiritilib Enter bosiladi. Enter yoki пробел bosilib aylana chizish buyrug‘i qayta chaqiriladi. Birinchi aylana markaziga yaqinlashganda sentr yozuvi chiqqach sichqonchaning chap tugmasi bosilib aylana radiusi 3 kiritiladi. Xuddi shu usul bilan radiusi 8 ga teng bo‘lgan aylana chiziladi







отрезок (kesma) tugmasini sichqoncha bilan bosib ko‘rsatamiz. Sichqoncha bilan birinchi aylanaga yaqinroq boriladi. Aylana chakkasini ko‘rsatuvchi marker  (квадрант) paydo bo‘lgach, shu marker ustiga nishonni bosib kesmaning birinchi nuqtsi ko‘rsatiladi va o‘ng tamonga qarab gorizontal ixtiyoriy masofaga yurilib sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Enter bosib kesma chizish to‘xtatiladi. Enter bosib yana kesma buyrug‘i qaytariladi va xuddi yuqoridagi kabi pastki gorizontal chiziq chiziladi
Sichqonchaning o‘ng tugmasini chizma sohasida bosib, chiqqan ro‘yxatdan Описанный круг окружности (tashqi chizilgan) tanlanadi. So‘ngra yuqoriga – aylana chakkasiga qarab yura boshlaymiz. Aylana chakkasida  belgisi va nishon tagida Квадрант yozuvi chiqqach sichqonchani shu joyga bosib olamiz. Shu yo‘l bilan aylana tashqi muntazam olti tomonli ko‘pburchak chiziladi
Endi chiziq katta aylanani radiusi 40 bo‘lgan yoy bilan tutashtirish lozim. Сопряжение (tutashma) buyrug‘ini sichqoncha bilan ko‘rsatamiz so‘ngra sichqonchaning o‘ng tugmasini chizmaning ixtiyoriy sohasida bosib, chiqqan ro‘yxatdan Радиус bo‘limini tanlaymiz va klaviaturadan 40 raqamini terib Enter tugmasini bosamiz. Sichqoncha bilan katta aylananing 4-chorakda joylashgan yoyini so‘nga yuqoridagi gorizontal chiziq ko‘rsatilsa talab qilingan tutashma hosil bo‘ladi. So‘ngra Enter yoki пробел bosilib tutushma buyrug‘i qayta chaqiriladi va katta alananing 3-choragi va pastki chiziq sichqoncha bilan ko‘rsatilib yana bir tutashma hosil qilinadi. (

Chizmadagi ortiqcha chiziqlarni kesib tashlash uchun sichqoncha bilan Обрезать buyrug‘i tanlanadi va klaviaturadan Enter yoki пробел bosiladi (sichqonchaning o‘ng tugmasini bir bosib olsa ham bo‘ladi) so‘ngra kesmoqchi bo‘lgan chiziqlar ustiga ketma-ket sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Chizmaga kerakli o‘lchamlar qo‘yib chiqiladi. (27-rasm, e).



Topshiriq. Yuqorida olingan ko‘­nikmalardan foydala­nib 28-rasmda ko‘rsatilgan shakllarni tutashmalarni qo‘llab musta­qil bajarib ko‘ring.
Download 43.69 Kb.




Download 43.69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asboblar panelini sozlash algoritmi

Download 43.69 Kb.