Mavzu: Funksional chizmani tuzish va texnik vositalar kompleksini tanlash




Download 188.99 Kb.
bet1/3
Sana29.02.2024
Hajmi188.99 Kb.
#164775
  1   2   3
Bog'liq
Xurshid Jonibek aka
Eshpo\'latova ilmiy rahbar ma\'lumotlari, 1671776320, 258, Avtomatik boshqarish-fayllar.org, 1-tajriba, 2-tajriba, 88 (12), Mavzu Asinxron dvigatellar va ularning qo’llanilish soxalari. R-hozir.org, 1-tajriba, ressources, shaxsiy himoya vositalari va ulardan , 88 (30), 88 (76), 88 (1049), 88 (16)

Mavzu:Funksional chizmani tuzish va texnik vositalar kompleksini tanlash
Funksional sxemalar loyihaning asosiy texnik hujjati hisoblanadi va ular texnologik jarayonning alohida bo’g’inlarining avtomatik nazorat, boshqarish va rostlashning funksional blok tarkibini aniqlaydi hamda boshqarish obyektini o’lchash asbobi va avtomatlashtirish vositalari bilan ta’minlanganligini ko’rsatadi.
Umumiy holda funksional sxemalar chizma shaklida bajariladi va shartli belgilar asosida texnologik qurilmalar, quvurlar, nazorat-o’lchov asboblar, texnik vositalar va ularning o’zaro aloqalari ko’rsatiladi, (rele, avtomat, ta’minot manbalari, o’chirg’ichlar, saqlagichlar) funksional sxemalarda ko’rsatilmaydi.
Avtomatlashtirishning funksional sxemalari texnologik qurilma va ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog’liq. Shuning uchun ularni texnologik qurilmalarni joylashtirish sxemalarida ko’rsatilishi kerak. Funksional sxemalarda texnologik qurilmalar soddalashtirilgan ko’rinishda masshtab ko’rsatilmasdan bajariladi, lekin bu holda qurilmaning haqiqiy ko’rinishi saqlanishi zarur.
A vtomatlashtirishning funksional sxemalarida ST SEV 4723-84 va ST SEV 3334-81 bo’yicha soddalashgan (ikki liniyali) va shartli (bir liniyali) ko’rinishda turli xildagi quvurlarni ko’rsatish mumkin. Harakatlanuvchi muhitning belgisi sonli va harf-sonli ko’rinishida beriladi. Masalan, 1.1 yoki V1. birinchi son yoki harf harakatlanuvchi muhitni, keyingi son uning bajaradigan vazifasini ko’rsatadi. Sonli yoki harf-sonli belgilar quvur liniyalari ustiga yoki chetga chiqarilgan chuqurlarga, lozim bo’lganda quvur liniyalari uzilgan joylarda qo’yiladi (bu holda qabul qilingan belgilashlar chizmalar yoki tushuntirish hujjatlarini vazifasini aniqlab beradi). ST SEV 4723-84 va ST SEV 3334-81 dan foydalanishning ayrim misollari 1-jadvalda keltirilgan. 1 - jadval

ST SEV 4723-84 va ST SEV 3334-81 bo’yicha quvurlarning belgilanishi


Funksional sxemalarda asboblar, avtomatlashtirish vositalari va hisoblash texnikasi elementlari sxemalarda GOST 21.404-85 «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish vositalarining belgilanishi» asosida belgilanadi. Bu standartda qabul qilingan (2-jadval) shartli belgilar tizimi ko’pchilik davlatlarda qabul qilingan shartli belgilar tizimi bilan bir xil. Ularning oldingisidan asosiy farqi shundaki, bu yerda asboblar va avtomatlashtirish vositalari konstruktiv belgisi bo’yicha emas, balki funksional belgisiga ko’ra belgilanadi.
O’lchanayotgan kattalikning ko’rinishi va bajaradigan vazifasiga ko’ra asboblar shartli grafik belgisi ichiga lotin alifbosi harflari bilan belgilangan ko’rinishda ajratiladi. Bu holda o’lchanadigan kattalik uchun ham, asbobning belgisini ko’rsatish uchun ham bir xil harfiy belgilar tanlanishi mumkin. Masalan, S harfini tezlik va chastotani belgilashda ishlatiladi, lekin bir vaqtning o’zida bu belgi asbobning ishga tushirish, to’xtatish va almashib – ulash vazifasini ko’rsatishi mumkin.
2-jadval
Asboblar va avtomatlashtirish vositalarining funksional sxemalarda shartli grafik belgilanishi.





Download 188.99 Kb.
  1   2   3




Download 188.99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Funksional chizmani tuzish va texnik vositalar kompleksini tanlash

Download 188.99 Kb.