AutoCAD dasturi yordamida o’tkazish quvurlaridagi sarfni rostlash
tizimining strukturaviy sxemasini qurish
Tajriba
mashg’ulotining
maqsadi:
Talabalarni
darsga
mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv
jarayonini tashkillashtirish, tajriba mashg’ulot materiallari boyicha bilim
va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun
izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirish
1. Sarfni o’lchash uchun mo’ljallangan toraytiruvchi qurilmalar
montaji
Toraytiruvchi
qurilmalar
(diafragmalar,
soplolar)
vertikal,
gorizontal yoki qiya quvuryo’llarda ish chizmalari va standartlarga amal
qilgan holda o’rnatiladi.
Toraytiruvchi qurilmani o’rnatishdan avval u zanglashga qarshi
surtilgan moylardan tozalanadi, quvuryo’l
ichki diametrining loyihaga
va komplektlash royxatiga mosligi va diafragmani o’rnatish joyi
tekshiriladi; quvuryo’lda kir, payvand, choklar oqindilari, parchinmixlar
va quvuryo’lning ichki kesimini toraytiruvchi boshqa ichki chiqiqlarning
yo’qligi tekshiriladi; diafragma materialning markasi tekshiriladi;
o’lchanadigan muhit oqimining yo’nalishi va diafragmaning korpusidagi
(Q) va (-) belgilari; diafragmaning va u bilan birga jo’natiladigan
difmanometrning nomerlari tekshiriladi. O’lchanadigan muhit oqimining
uyurmalanishiga yo’l qoymaslik uchun quvuryo’lning
fazoda qanday
holatda (gorizontal, vertikal, qiya) o’rnatilishidan qat’iy nazar
toraytiruvchi
qurilmani
tirsaklar,
burchakliklar,
qopqoqlar
v
ajo’mraklarga bevosita yaqin joylarda o’rnatishga ruxsat etilmaydi. Har
qanday holda quvuryo’lning to’g’ri chiziqli qismining uzunligi kamida
6D, toraytiruvchi qurilmadan keyin 3D bo’lishi lozim (D quvuryo’lning
ichki diametri).
Surilma qopqoqlar va jo’mraklar (ventillar) toraytiruvchi
qurilmadan keyin o’rnatiladi. Agar loyihada ularni toraytiruvchi qurilma
oldida o’rnatish ko’rsatilga6n bo’lsa, u holda surilma qopqoq (ventil)
dan toraytiruvchi qurilmagacha bo’lgan masofa kamida 100D bo’lishi
lozim. Toraytiruvchi qurilmani o’rnatish joyini tanlashda o’lchanadigan
oqim quvuryo’lning kesimini va va toraytiruvchi qurilmaning o’zini
butunlay to’latadigan bo’lishi lozim.
Diafragmani o’rnatganda uning toresi (yon yuzasi) quvuryo’lning
o’qiga tik bo’lishi kerak; diaragmaning va quvuryo’lning o’q chiziqlari
o’zaro mos yotishi lozim; drossel teshikning silindrik qismi
o’lchanayotgan muhit oqimining yo’nalishiga qarshi turishi, konussimon
qismi esa, oqimning yo’nalishi boylab kengayishi lozim. Kamerali
diafragma quvuryo’lning uchlariga payvandlangan
flaneslar orasida
o’rnatiladi. Bu flaneslarning ichki diametri quvuryo’lning ichki
diametriga teng bo’lishi kerak.
Toarytiruvchi qurilmaning halqasimon kameralari bilan flaneslar
o’rtasida zichlash qistirmalari o’rnatiladi. Qistirmalarning materiali
o’lchanayotgan muhit ta’siriga chidamli bo’lishi kerak. Qistirmalar
quvuryo’lning ichki bo’shlig’iga chiqib qolmasligi kerak. Diafragmalar
quvuryo’llarni oldindan tozalab va havo haydagandan keyin o’rnatiladi.
146-rasmda to’rt juft olish trubkalari
bilan jihozlangan kamerali
diafragmani havo va agressiv bo’lmagan gaz quvuryo’lining gorizontal
qismida o’rnatish namunasi ko’rsatilgan. Texnologik quvuryo’l 1 ning
gorizontal qismiga bir-biriga parallel va quvuryo’lning o’qiga tik ikkita
flanes 3 va 4 payvandlangan. Bu flaneslar aylanasi boylab o’zaro boltlar
12 bilan (rasmda boltlarning faqat bittasi ko’rsatilgan) va gaykalar 13
bilan tortib mahkamlangan. Flaneslar orasiga diafragma 14 o’rnatilgan.
Diafragmaning ikkala tomonida ventilli to’rt juft 2 va 4, 11 va 6, 9 va 8,
10 va 7 olish trubkalari o’rnatilgan. Toraytiruvchi qurilmani o’rnatish
ishlari tugallangach, bu ishlarga akt tuziladi.
1-rasm. To’rt juft olish trubkalari bilan jihozlangan kamerali
diaftagmani quvuryo’lning gorizontal qismida o’rnatish: 1-
quvuryo’l, 2,4,6-11-ventillar bilan jiholangan olish trubkalari, 3,5-
flaneslar, 12-bolt, 13-gayka, 14-diafragma.
Kamerali
diafragmani
o’rnatishda
quvuryo’llar
og’zidagi
flaneslarning o’zaro parallel va quvuryo’lning o’qiga tik bo’lishiga
e’tibor beriladi. Flaneslarni texnologik quvuryo’llarga o’rnatish ishlarini
shu
quvuryo’llarni
o’rnatuvchi
tashkilotning
montajchilari
avtomatlashtirish tizimini o’rnatuvchi tashkilot vakillarining ishtirokida
bajaradi.
Toraytirish qurilmasi o’rnatilgandan keyin yuqorida ko’rsatilgan
qoidalarga amal qilib, flaneslarning boltlari tortib mahkamlanadi, bunda
diafragmaning to’g’ri markazlanganligi nazorat qilib turiladi.
Diafragmani markazlash
flanesdagi boltlarga qarab, boltlar bilan
diafragma orasidagi tirqishlarni tekshirish yo’li bilan bajariladi. Bu
tirqishlar bir xil va kamida 3 mm bo’lishi lozim. Diafragmalarni
markazlash quvuryo’l va diafragma o’qlarini mumkin qadar
yaqinlashtirish uchun zarur. Bularning o’qdoshlikdan og’ishi quvuryo’l
diametrining ko’li bilan 0,01 qismini tashkil etishi lozim.