|
Аsfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qurish Reja: Аsfaltbeton qorishmalarining turlari. Ishlatilish sohalari va ularga qoʼyilgan talablar. Аsfaltbeton qorishmalarini tayyorlash texnologik jarayonlari
|
bet | 1/3 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 79,87 Mb. | | #238831 |
Bog'liq Аsfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qurish
Аsfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qurish
Reja
1.Аsfaltbeton qorishmalarining turlari. 2.Ishlatilish sohalari va ularga qoʼyilgan talablar. 3.Аsfaltbeton qorishmalarini tayyorlash texnologik jarayonlari.
Asfalt-beton – chaqiq tosh, kum, mineral kukunlar va bitum aralash-ma sidan iborat qurilish materiali. Aralashtirishdan oldin ular 100–160° temperaturagacha qizdiriladi. 120° dan past boʻlmagan temperaturada yotqiziladigan va zichla-nadigan bitumli qaynoq A.-b., 40–80° temperaturada zichlanadigan va kam qovushoq issiq A.-b., havo temperaturasida (10° dan yuqori temperaturada) zichlanadigan suyuq bitumli sovuq A.-b.; yirik, oʻrta, mayda donachali va qumli A.-b.ga boʻlinadi. Avtomobil yoʻllariga, sanoat binolari pollariga, tomlarga toʻshash va boshqa uchun ishlatiladi. Аsfaltbeton qorishmasini tayyorlash jarayonida materialning tayѐrlash sifati nazorat qilinadi. - Аsfaltbeton qorishmasini tayyorlash jarayonida materialning tayѐrlash sifati nazorat qilinadi.
- Bunda mineral materiallarni va bitumni qoʼllash meʼѐrini aniq bajarish;
- Bitumni va asfaltbeton qorishmasini tayѐrlash xaroratiga rioya qilish:
- Mineral materialni bitum bilan qorishtirish davomiyligiga rioya qilish.
- Tayyor asfaltbeton qorishmaning tarkibi va issiqlik darajasini standart talablariga muvofiqligi koʼriladi.
- Materiallarni sifati asfaltbeton qorishmasi tayѐrlash uchun ishlatilgan , usullarni qoʼllash, standartga muvofiq belgilanadi. Bunda sheben va toshlarning maydalanishi , tokchali gʼaltaklarda yemirilishi, sovuqqa chidamliligi aniqlanadi. Shebenning sifati uning shakli, xar bir fraktsiyani donodorligi, changlanganligi , choʼkma va loylanganligi bilan ajratiladi.
Nazoratni olib borish uchun har 5 kunda 1 marotaba , shebenni yangi partiyasi kelishi bilan namuna olib tekshirish amalga oshiriladi. GOST 3344-83, GOST8267-93, GOST 8269-97 - Nazoratni olib borish uchun har 5 kunda 1 marotaba , shebenni yangi partiyasi kelishi bilan namuna olib tekshirish amalga oshiriladi. GOST 3344-83, GOST8267-93, GOST 8269-97
- Qumlarni sifatini aniqlashda ularning donodorligi , yirikligi moduli, tarkibida changlar va loylarning boʻlishiga qarab baho beriladi.Yangi olingan materiallardan xar 3 kunda 1 marotaba teshirish uchun namuna olinadi. GOST 8736-93, GOST 3344-83
- Mineral kukunlarni xar bir yangi partiyasi kelishi bilan uning xossalarini davlat standartiga mosligi oʻrganiladi. Mineral kukunlarning joriy nazorati xar 3-5 kunda 1 marotaba koʻrilib , bunda ularning tarkibi, namligi , suvga ta'sirchanligi va bir xilligi koʻriladi.
- Bitumnrni sifatini nazorat qilishda har bir yangi keltirilgan partiyaning xossalari koʻrib chiqilib ularni me‘yoriy talablarga toʻgʻri kelishi koʻriladi. Joriy nazorat boʻyicha bitumning yopishqoqligi ma'lum issiqlik darajasidagi ignani botish usuli bilan tekshiriladi.(viskozimetr). Shuning uchun xar ish kunida 1 marotaba ishchi qozonlardan namuna olib nazoratdan oʻtkaziladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Аsfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qurish Reja: Аsfaltbeton qorishmalarining turlari. Ishlatilish sohalari va ularga qoʼyilgan talablar. Аsfaltbeton qorishmalarini tayyorlash texnologik jarayonlari
|