|
To’g’ridan to’g’ri tarmoqqa ulab ishga tushirishBog'liq 81-84To’g’ridan to’g’ri tarmoqqa ulab ishga tushirish
Kichik va o’rta quvvatli qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar ana shunday
usul bilan ishga tushiriladi. Ishga tushirish tokining nominal tokdan 5-7 marta katta
bo’lishi va ishga tushirish momentining uncha katta emasligi bu usulning kamchiligi
xisoblanadi.
Tarmoq kuchlanishini pasaytirib ishga tushirish
Bunday usul bilan quvvati katta bo’lgan qisqa tutashgan rotorli aasinxron
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–31_Issue-1_Iyun_2023
83
motorlar ishga tushiriladi. Tarmoq kuchlanishi pasaytirish usullari quyidagilardan
iborat:
a)satator chulg’amini yulduz usulidan uchburchak usuliga o’tkazish yo’li bilan
ishga tushirish.
b)asinxron motorni reaktor yordamida ishga tushirish.
d)asinxron motorni avtotransformator yordamida ishga tushirish.
Faza rotorli asinxron dvigatellarni maxsus uch fazali ishga tushirish reostati
yordamida ishga tushiriladi.
Asinxron dvigatelning aylanish tezligi
n
2
=60f
1
/p(1-S)
bo’lgani uchun uning
tezligini stator tokening chastotasi
f
1
,
juft qutblar soni
p
yoki sirpanish
S
ni o’zgartirish
yoli bilan rostlash mumkin.
Stator tokini chastotasini o’zgartirish bilan tezlikni rostlash stator aylanuvchi
magnit maydonining aylanish tezligini o’zgartirishga asoslangan. Bu usul dvigatel
tezligini bir tekis va keng doirada rostlash imkonini beradi, ammo bunda maxsus
chastota o’zgartkich bo’lishi kerak. Natijada bunday qurilma murakkablashadi va
dvigatelning foydali ish koeffitsientini kamaytiradi. Ammo bunday usul elektr
tarmog’iga ulangan bir nechta asinxron dvigatellarning tezliklarini rostlashda
qo’llaniladi. Bu usul bilan aylanishlar soni kata bolgan asinxron dvigatellarning tezligi
boshqariladi.
Stator chulg’amini juft qutblar sonini o’zgartirish bilan dvigatel tezligini rostlash
usuli asosan qisqa tutashtirilgan rotorli dvigatellarda qo’llaniladi. Bunga sabab , qisqa
tutashtirilgan rotorda qutblar soni doimo stator chulg’amining qutblar soniga teng
bo’ladi. Shu sababli, dvigatelning aylanishlar tezligini o’zgartirish uchun satorning
chulg’amlari sonini o’zgartirib ulashning o’zi yetarlidir. Bu usulda dvigatelni qutblari
sonini o’zgatirish orqali dvigatelni bir nechta tezliklarda ishlay olishiga imkon yaratish
|
| |