JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–31_Issue-1_Iyun_2023
81
ASINXRON DVIGATELLARNI ISHGA TUSHIRISH VA TEZLIGINI
ROSTLASH USULLARI
Karimova M.A -
Dotsent, ANDMI
Xodjakeldiyev Xusnidin -
Magistrant, ANDMI
Annotatsiya:
Asinxron dvigatellarni ishga tushirish va tezligini rostlashning bir
nechta samarali usullari bor bo’lib , bu usullarni qo’llash bilan dvigatelning qizishini
oldini olish va ishga tushirish tokini kamaytirish mumkin. Korxonalarda dvigatelning
tezligini kerakli parametrga o’zgartirish orqali maxsulot sifatini va ish unumdorligini
oshirish mumkin.
Kalit so’zlar:
ishga tushirish toki,foydali ish koeffitsienti (FIK)
sirpanish,
reaktorlar, juft qurblar soni, reostat.
Xozirgi kunda sanoat va ishlab chiqarishning asosiy qismini asinxron dvigatellar
tashkil qiladi. Sababi asinxron dvigatellarning ishga tushirishi va aylanish
tezliklarining oson rostlarishi va ekspuluatatsiyasining ancha
arzonligi korxonalarda
undan foydalanishga asos boladi.
Asinxron dvigatel asosiy ikkita qismdan iborat bolib, qo’zg’almas
stator va
aylanuvchan rotor. Asinxron dvigatelning rotori stator ichiga o’rnatiladi. Rotor- val,
po’lat o’zak uning pazlariga joylashtirilgan qisqa tutashtirilgan cho’lg’am yoki uch
fazaviy cho’lg’amdan iborat. Stator – tana , po’lat o’zak
va uning pazlariga
joylashtirilgan bir, ikki yoki uch fazali chulg’amdan iborat. Stator va rotorlarning
po’lat o’zaklari maxsus elektrotexnik po’latdan tayyorlangan
yupqa plastinkalardan
yi’g’iladi.
Asinxron dvigatel
Asinxron dvigatellar rotorining tuzilishiga qarab 2 xil bo’ladi: