|
Asosiy qism: Bank
|
bet | 12/13 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 2,92 Mb. | | #116341 |
Bog'liq Iqtisodiyot (1) XULOSA
Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotga kiritilgan yangi investitsiyalar va mavjud moddiy-texnika asosini modernizatsiya qilishdan tashqari boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish tuzilmalarining xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq mustaqillik doirasini kengaytirish, siyosatning iqtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik, izlanish va hokazolarning rivojlanishi ham keng imkoniyatlar yaratmoqda. Malakaviy amaliyot o’tagan davrimda Buxoro tibbiyot instituti “Buxgalteriya reja-moliya bo’limi”, umuman buxgalterlik sohasi to’g’risida anchagina bilim va ko’nikmaga ega bo’ldim. Darsda o’rgangan tushunchalarni amaliy jihatdan o’rganib chiqdim. Hisoblash tizimida ishlashni oqilona tashkil etish, uning samaradorligini oshirish uchun jamiyatning umumiy ob’ektiv iqtisodiy qonunlarini chuqur bilish, xo‘jalikka rahbarlik qilishning ilmiy asoslarini puxta egallagan holda xo’jalik yuritish shart. Qonunchilik sohasida ro‘y berayotgan barcha voqealiklar, hodisalardan xabardor bo‘lish, ularning mohiyati va ahmiyatini to‘g‘ri tushunish, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni oqilona hal etish, korxonada ishash tizimining barcha sohalari oldida turgan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun iqtisodiy bilimlar bilan qurollanish, ularni chuqur egallash kerakligini amaliyot davrida isbotini ko’rdim. Amaliyot davrida to’plagan ma’lumotlarim hisobotimni muvaffaqiyatli bajarishim uchun asos bo’ldi va bu
tajribam yetuk mutaxassis bo’lishimga yordam katta beradi deb umid qilaman.
|
| |