Asosiy qism: Bank




Download 2,92 Mb.
bet9/13
Sana11.12.2023
Hajmi2,92 Mb.
#116341
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Iqtisodiyot (1)

Bank tizimida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini tashkil qilish
Bank vazifalarini yechishni AATexlari asosida tashkil qilish birlamchi bank hujjatlarini tuzish paytidan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish bilan yakunlanuvchi operatsiyalarining yig‘indisidir.
Hozirga bosqichda bank faoliyati vazifalarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rolni o‘ynaydi:
foydalanuvchining ish joyida o‘rnatilgan kompyuterlarni qo‘llash, bu yerda vazifalarni yechish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi;
korxona (tashkilot, firma)ning turli xildagi bo‘linmalari iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan holda ishlab chiqilishini ta’minlovchi mahalliy va ko‘p bosqichli hisoblash tarmoqlarini shakllantirish;
hisoblash texnikasida bajariladigan bank tizimidagi hisoblashlar tarkibini ancha ko‘paytirish;
har xil bo‘linmalar uchun korxonaning yagona taqsimlangan ma’lumotlar bazasini yaratish;
birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu qog‘ozsiz texnologiyalarga o‘tishni ta’minlaydi va hujjatlarni yig‘ish va ro‘yhatga olish bo‘yicha operatsiyalar mehnat talabligi darajasini kamaytiradi;
bank tizimi vazifalari majmualarini yechishni integratsiyalash;
dialogli usulda amalga oshirish yo‘li bilan axborot xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish imkoniyati.
Texnologik jarayonlarning barcha operatsiyalari SHKda bitta ish joyida va uning tuzilishiga ko‘ra izchillik bilan bajariladi.
Axborot to‘plamlarining har xil turlari hisob vazifalarini ishlab chiqishga asos bo‘ladi. Birinchi tur birlamchi hujjatlarni yig‘ish va ro‘yhatga olish bilan bog‘liq. SHKdan foydalanishda ularni mashina bilan shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ladi, bu hujjatlarni yaratish jarayonini avtomatlashtiradi. Ammo SHKga qo‘lda kiritilgan birlamchi hujjatlarni kelib tushish imkoniyati ham istisno emas. Axborot ta’minotining ikkinchi turi — o‘zgaruvchan axborotlarning fayllar va mashina manbalari va SHK xotirasidagi shartli doimiy axborotlar ma’lumotlar bazalaridir. O‘zgaruvchan axborotlarning fayllari birlamchi hujjatlarning ma’lumotlari asosida shakllanadilar va belgilangan davr ichida vazifalarni
(masalan, ishchi naryadlar, kirish orderlari, kassaning chiqarish orderlari, yuk xatlari va boshqalar) bir marta yechishda foydalaniladi.
Shartli-doimiy axborotlarning fayllari loyihani tadbiq etishda bir marta yaratiladi, ko‘p marta foydalaniladi va ularga doimo tuzatishlar kiritiladi. Ularga har xil me’yornomalarning massivlari, ma’lumotnomalar, asosiy vositalar hisobini yo‘qlama qilish varaqalari, ishlovchilarning shaxsiy varaqchalari va boshqalar kiradi.
Markazlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida, texnologik jarayonning barcha operatsiyalari hisobchi tomonidan uning ish joyida bajarilayotganda texnologik jarayonning an’anaviy vujudga kelgan bosqichlarining mazmuni bir oz o‘zgaradi. Barcha operatsiyalarning bajarilishini SHK ishga tushishi zahotiyoq ekranda ko‘rsatib beradi. Menyu dastur bloklari (modullari)ning ro‘yhatidan iborat bo‘ladi, undan xar bir modul birlamchi hujjatlarni kiritishdan tortib to yig‘ma hisoblarni tuzishni tugatilishigacha bo‘lgan texnologik jarayonning belgilangan vazifalarini bajaradi.


    1. Download 2,92 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 2,92 Mb.