Lecture 12
MAVZU: QURILMA VA USKUNALARNI TA`MIRLASH.
O`rta ta`mirlash. Bu ta`mirlashni bajarishdan maqsad jihozning texnik xarakteristikalarini ishlab chiqarish jarayonida yeyilgan va nuqsonga uchragan detallarni almashtirish yoki ta`mirlash yo`li bilan qayta tiklashdir. Ish hajmi jihatidan bu ta`mir turi joriy va kapital ta`mirlash o`rtasida turadi. O`rta ta`mirda jihoz o`rnatish joyida demontaj qilmasdan ochiladi va quyidagi ishlar bajariladi:
- mashina barcha mexanizmlari qisman yechilib, tekshiruvdan o`tkaziladi;
- ruxsat etilgan chegaraviy o`lchamdan ortiq yeyilgan detallar almashtiriladi yoki ta`mirlanadi;
- yeyilgan tros, zanjir, tasma va friktsion lentalar tekshiriladi va yangisiga almashtiriladi;
- barcha podshipniklar tozalanadi, tebranish va sirpanish podshipniklari reja asosida almashtiriladi;
- reduktorlar tekshiriladi va yuviladi;
- xasta bo`lgan yuzalar tozalanadi;
- tiqinlar, zichlagichlar, mahkamlovchi detallar tekshiriladi va kerak bo`lganda yangisiga almashtiriladi;
- kerak bo`lganda mashina ba`zi qismlari bo`yaladi;
- mashinani yig`ish, qismlar va mexanizmlar ishini rostlash va sinovdan o`tkazish ishlari.
O`rta ta`mirda mashina ayrim qismlarini kapital ta`mirlash mumkin. O`rta ta`mir ishlab chiqarish va ta`mirlash-mexanika sexlari ta`mirlash personali tomonidan sex mexanigi yoki bosh mexanik boshchiligida amalga oshiriladi.
Bu ta`mirga ketadigan sarf-xarajatlar, agar o`rta ta`mirlash har yili o`tkazilsa, mahsulot tannarxi hisobidan, agar ta`mirlash ishlari har yil o`tkazilmasa, sarf-xarajatlar jihozning amortizatsiyasi kamayishi hisobidan qoplanadi.
Kapital ta`mirlash. Ta`mirning eng qiyin va ko`p mehnat talab qiladigan turidir. Bunda mashina (agregat) demontaj qilinadi, butunlay birlamchi detallargacha ajratiladi va defektovka qilinadi, barcha yeyilgan detallar yangisiga almashtiriladi, shu jumladan asosiy detallar ham, bir-biriga ilashgan detallar qo`ndirilganligi va ruxsat etilgan o`lchamlari texnik shartlarga ko`rsatilgan talablarga to`g`ri kelishiga erishiladi. Mashina tashqi ko`rinishi yangilanadi. Boshqacha qilib aytganda, kapital ta`mir natijasida jihozning pasport xarakteristikalari qayta tiklanadi.
Kapital ta`mirlash ishlariga quyidagilar kiradi:
-barcha yeyilgan detal va qismlarni almashtirish yoki o`lchamlarini texnik talablarga ko`rsatilgan kattaliklarga yetkazgan holda qayta tiklash (boshlang`ich ruxsat etilgan ўlchamlar va qo`ndirmalar (posadka)ishchi chizmalari va texnik shartlar bo`yicha olinadi);
- mashina detallari va qismlarini markazlashtirish va muvozanatlashtirish;
- mashina stanina va ramasini ta`mirlash (kerak bo`lganda poydevorni ham ta`mirlash);
-quvurlarni va havo yetaklanuvchi trubalarni yopuvchi-rostlovchi armaturasi bilan birga tekshirish, tozalash va ta`mirlash;
-boshqaruvchi va nazorat qiluvchi barcha avtomatik qurilma va asboblarni rostlash yoki yangisiga almashtirish;
- kerak bo`lganda mashina qismlarini yoki hamma joyini bo`yash;
- mashinani kompleks tekshirish, rostlash va sinovdan o`tkazish.
Shkiv, shesternya va yulduzchalarni valga shponkali birikma yordamida o`rnatishdan oldin birikayotgan yuzalar sifati tekshiriladi, xastaliklar ishqalash bilan yo`qotiladi. Tiqin shaklidagi shponkali birikmani yig’ayotganda shponka ariqcha tagiga va yon devorlariga zich yotishini ta`minlanishi kerak. Shponka ariqchasi yon devorlari orasidagi tirqishni shuplar yordamida tekshiriladi. Bunda shponka kengligi 13-18 mm va balandligi 5-11 mm bo`lganda tirqish 0,35 mm dan, shponka kengligi 20-28 mm va balandligi 8-16 mm bo`lganda 0,4 mm dan ortiq bo`lmasligi kerak. Prizma shaklidagi shponkalarni val ariqchasiga mis bolg’acha bilan sekin urib o`rnatiladi, bunda ariqcha devori va shponka o`rtasida yon tomon tirqishlar bo`lmasligi lozim. Keyin valga shesternya (shkiv yoki yulduzcha) qo`ndiriladi va prizmali shponka yuqori sirti va qo`ndirilgan detal shponka ariqchasi orasidagi tirqish tekshiriladi. Bu tirqish val diametri 25-90 mm bo`lganda 0,3 mm dan ortiq, val diametri 90-170 mm bo`lganda 0,4 mm dan ortiq bo`lmasligi kerak.
Biriktirilayotgan vallarning parallellik va o`qdoshlik holati lineyka, tarang tortilgan tor yoki val va muftalarga o`rnatilgan aylanuvchi qurilma yordamida tekshiriladi. Bu usullarning eng ratsional turlari – vallarning paralellik va o`qdoshligini shtixmasa va obtarozilar bilan tekshirish (1-rasm, a); obtarozi va shoqul yordamida shkivlar bo`yicha tekshirish (1-rasm, b); yarim muftalar bo`yicha markazlashtirish ( 1 -rasm, v).
Muftalarni valga o`rnatishda shponka va yarim mufta valga qo`ndirilgandan keyin val hamda yarim mufta orasidagi tirqish tekshiriladi. Bu tirqish 0,05 mm dan ko`p bo`lmasligi lozim. Barmoqli muftalarni o`rnatayotganda mufta barmoqlari ketma-ket o`rnatiladi va shup yordamida barmoqlarning yarim mufta teshigiga zich yotishi tekshiriladi. Bu tirqish 0,4-0,6 mm dan ko`p bo`lmasligi lozim. Yarim muftalarni markazlashtirishda valni aylanish yo`nalishi bo`yicha boshlang’ich vaziyatidan 90, 180 va 270 gradus aylantirgan holatlarda yarim muftalar orasidagi tirqish o`lchanadi. Har bir vaziyatda (1-rasm, g) sxemada ko`rsatilgandek yarim muftalar aylanasi bo`yicha radial tirqishni (n) va yarim muftalar yon sirtlari orasidagi o`q bo`yicha tirqishni (m) diametral qarama-qarshi nuqtalarda shuplar yordamida o`lchanadi. Har bir diametral qarama-qarshi yo`nalishdagi tirqish qiymatlari yig’indisi bir-biriga teng bo`lishi kerak.
a b
v g
1 - rasm. Vallar paralleligi va o`qdoshligini tekshirish sxemalari
a- shtixmas va obtarozi yordamida (1- shtixmas; 2- obtarozi); b- shkivlar bo`yicha shoqul simlari va obtarozi yordamida
(1,3–shkivlar; 2- obtarozilar; 4- sim); v- yarim muftalar bo`yicha (1- yarim mufta; 2- markazlovchi skoba); g- o`lchamlar o`tkazish sxemasi.
n1 + n2 = n3 + n4 ( 1)
m1 + m2 = m3 + m4 ( 2)
Muftalarni o`rnatayotganda ruxsat etilgan og’ishlar quyidagi jadvalda ko`rsatilgan.
1- jadval. Muftalarni o`rnatishda ruxsat etilgan og’ishlar (mm da)
Mufta
|
Mufta diametri, mm
|
100 mm val uzunligi uchun qiyshiqlik (m) mm
|
Parallellikdan og’ish (n) mm
|
Qattiq birikkan
|
100-300
300-500
|
0,08
0,12
|
0,1
0,2
|
Barmoqli birikkan
|
100-300
300-500
|
0,02
0,02
|
0,05
0,1
|
Ilashgan mufta
|
100-300
300-500
|
0,01
0,01
|
0,03
0,02
|
Radial va yon tomon bo`yicha og’ishlarni birinchi navbatda vertikal tekislik bo`yicha, keyin esa gorizontal tekislik bo`yicha bartaraf etish maqsadga muvofiq bo`ladi. Chunki mashina asosi tagiga tiqin qo`yilgandan keyin mashinani gorizontial tekislik bo`yicha siljitish vertikal tekislik bo`yicha vallar o`qdoshligiga ta`sir ko`rsatmaydi.
Tishli uzatmalarni o`rnatayotganda yon tomon va radial tirqishlar kattaligiga va tishlarning bir-biriga to`g’ri ilashishiga e`tibor berish kerak bo`ladi. Tirqishlar tishli g’ildiraklar ishlayotganida isib ketib tiqilib qolmasligi kerak. Silindrik va konus tishli uzatmalar uchun normal yon tomon tirqish qiymati 2-jadvalda keltirilgan.
Tishlarning to`g’ri ilashishganligini g’ildirak tishlari orasini bo`yab, ilashmada tishlarning bir-biriga tegib ikkinchi tishli g’ildirak tishlari orasida paydo bo`ladigan dog’ kattaligi orqali tekshiriladi. Tishlarning bir-biriga tegib turish dog’lari kattaligi 2 -jadvalda keltirilgan.
2- jadval. Tishli uzatmada yon tomon tirqishlar kattaligining normadagi qiymatlari, (mkm da)
Silindrik uzatma
|
Konusli uzatma
|
G’ildirak o`qlari orasidagi masofa, mm
|
Normal uzatma
|
Ajratuvchi konus uzunligi, mm
|
Normal uzatma
|
50 gacha
50-80
80-120
120-200
200-320
320-500
500-800
800-1250
|
85
105
130
170
210
260
340
420
|
50 gacha
50-80
80-120
120-200
200-320
320-500
500-800
-
|
170
210
260
340
420
530
670
-
|
Zanjirli uzatmalarni o`rnatish yulduzchalarga zanjirni o`rnatishdan, zanjirni vintli yoki richagli qurilma bilan taranglashdan va rostlash ishlaridan iborat. Zanjirni yulduzchalarga o`rnatishdan oldin yulduzchalarning radial va yon tomon urilishlari indikator yordamida tekshiriladi. Vtulka-rolikli zanjirda ishlaydigan yulduzchalar uchun urilishga ruxsat etilgan qiymatlari quyidagilardan ortiq bo`lmasligi lozim.
Yulduzcha diametri, mm….100 gacha 100-200 200-300 300-400 400 dan yuqori
Radial urilishga ruxsat
etilgan qiymatlari, mm …….. 0,25 0,5 0,75 1,0 1,2
Yon tomon urilishlariga ruxsat
etilgan qiymatlari, mm . ……. 0,3 0,5 0,8 1,0 1,5
3-jadval. Tishli uzatmada tegib turish dog’lari kattaligining normadagi qiymatlari, (tish yon tomon yuzasiga nisbatan % da)
Uzatma
|
Tegib turish dog’lari
|
Uzatmaning aniqlik darajasi
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
Silindrik
Konusli
|
Tish balandligi bo`yicha, ko`rsatilgan qiymatdan kam emas
|
65
-
|
60
-
|
55
75
|
50
70
|
45
60
|
40
50
|
30
40
|
25
30
|
20
30
|
Silindrik
Konusli
|
Tish uzunligi bo`yicha, ko`rsatilgan qiymatdan kam emas
|
95
-
|
90
-
|
80
75
|
70
70
|
60
60
|
50
50
|
40
40
|
30
30
|
25
25
|
Zanjirning me`yorda tarang tortilishi zanjirli uzatmaning silliq, normal ishlashiga imkon beradi. Me`yorida tarang tortilgan zanjir, ishlash sharoitiga qarab, bir oz osilib turishi lozim. Gorizontal va 45 gradus qiyalikda ishlovchi zanjirli uzatmada osilib turish balandligi yulduzchalar o`qlari orasidagi masofaning 2 % dan ko`p bo`lmasligi, vertikal ishlovchi uzatma uchun – 0,2-0,3 % dan ko`p bo`lmasligi lozim. Agar qo`l bilan zanjir qisilganda yulduzchani zanjir o`rab olish burchagi 5 % dan ko`p bo`lmagan qiymatga oshsa, zanjir normal tarang tortilgan bo`ladi.
Tasmali uzatlarni o`rnatishda yuritma va etaklanuvchi shkivlar vallarni parallelligi va ikki shkiv o`rta sirtining bir-biriga mos kelishi ta`minlanadi. Tiqin shaklidagi tasmali uzatmalarda shkiv ariqchalarining bir-biriga nisbatan bir xilda joylashishi va shkiv ariqchalari qesimining bir-birga o`xshashligi ta`minlaniishi lozim.
Ikki shkiv o`qlari orasidagi minimal masofa (mm da) yassi tasmali uzatma uchun:
ll = 2 (D1+D2); ( 3 )
tiqin shaklidagi tasmali uzatma uchun:
l2 = 0,5 (D1+D2) +3h (4)
bu yerda D1 va D2 – yuritma va etaklanuvchi shkiv diametrlari, mm; h - tiqin shaklidagi tasma kesimining balandligi, mm.
2- rasm. Shkivlarni to`g’ri o`rnatilganligini tekshirish.
a- chizg’ich bilan; b – sim bilan;
1- chizg’ich; 2,3 – shkivlar; 4 – sim; A,V,S,D – shkivlar bir tekislikda yotishi lozim bo`lgan nuqtalar.
Shkivlarni yig’ishda radial va yon tomon urilishlari indikator yordamida tekshiriladi.
Shkivlar uchun urilishga ruxsat etilgan qiymatlari quyidagilardan ortiq bo`lmasligi lozim.
Shkiv diametri, mm ……… 150 gacha 150-300 300-600 600 dan yuqori
Radial urilishga ruxsat
etilgan qiymatlari, mm……. 0,10 0,15 0,25 0,40
Yon tomon urilishlariga ruxsat
etilgan qiymatlari, mm……. 0,05 0,08 0,12 0,25
ASOSIY TAYaNCH TUSHUNCHALAR:
*ROTS sistemasiga quyidagi xizmat ko`rsatish va ta`mir turlari kiradi:ta`mir oralig`idagi xizmat ko`rsatish; texnik ko`rik; joriy ta`mirlash; o`rta ta`mirlash;kapital ta`mirlash.
*Ta`mir oralig`i davriylik strukturasi– bu rejali ta`mir va texnik ko`riklarni ma`lum vaqt va navbat bilan o`tkazish tartibidir.
*Ta`mir oralig`i davriyligi deb ikki kapital ta`mir orasidagi vaqtga, yangi jihozlar uchun ishlatish boshlanashidan birinchi kapital ta`mirgacha bo`lgan vaqtgaaytiladi.
*Ikki ta`mir oralig`idagi davr deb reja bo`yicha ikki navbatma-navbat keladigan ta`mirlash ishlari orasidagi vaqtga aytiladi.
*Ta`mirishlarinitashkiletishuslublari; markazlashtirilganta`mir; markazlashtirilmaganta`mir; aralashta`miruslubi.
*Ta`mirlashishlariniolibborishusullari: individual; qismliyokitugunli; ketma-ketqismliyokiketma-kettugunli;agregatusullari
TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR
Rejali ogohlantirish ta`mirlash sistemasi deb nimaga aytiladi?
ROTS ning maqsadi, vasifasi nimadan iborat?
ROTS asosini nima tashkil qiladi?
ROTSdagitahmirturlariniayting.
Ta`mirlash davri deb nimaga aytiladi?
Texnik xizmat ko`rsatish davriyligi deb nimaga aytiladi?
Jihoznitahmirlashyillikreja-grafiginituzishnitushuntiring.
Tahmirlashusullarivauslublari.
Korxona bosh mexanigivazifasinimalardaniborat?
|