|
Hozirgi jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozining mohiyati, kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari
|
bet | 7/14 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 265,62 Kb. | | #233145 |
Bog'liq Makroiqtisodiy barqarorlik inqiroz , ishsizlik va inflatsiya.Hozirgi jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozining mohiyati, kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari
2018-yilda o’zining ko’lami va salbiy ta’siri oqibatlari jihatidan ancha jiddiy bo’lgan jahon molliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlandi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “ Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning mazmun-mohiyati hamda kelib chiqish sabablari quyidagicha bayon etilgan: “ Bu inqiroz AQSH da ipotekali kreditlash tizimida ro’y bergan tangllik holatidan boshlanadi. So’ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to’lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarining bozor qiymati halokatli darajaada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o’z navbatida, ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog’liq ishsizllik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi”.
Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab- moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi mutanosibllikning keskin buzilishi hisoblanadi. Pul muomalasi qonunlaridan ma’lumki, iqtisodiyot sog’lom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi o’rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim.
Shu bilan bir qatorda, asosan yetakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishida asosiy sabablardan hisoblanadi:
--- noratsional pul-kredit siyosatining, hamda qayta moliyalash stavkasining surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundallik holatga aylanishi;
--- moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag’lari o’rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;
--- qimmmatli qog’ozlar bo’yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar berillishi;
--- moliyaviy audit va professional etika tamoyillarining buzilishi va soxta audit xulosalari taqdim etilishi;
--- moliyaviy rag’batlantirish uslubi sifat ko’rsatkichlariga emas, balki miqdoriy ko’rsatkichlarga asoslanganligi;
--- yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog’ozlarning vujudga kelishi va h.k.
Keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda surunkali budjet taqchilligi va salbiy tashqi savdo saldosining kuzatilayotganligi jahon moliyaviy inqirozining vujudga kelishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimining nomuvofiqligi natijasida banklar tomonidan kreditlash tizimining talablari o’ta yengillaashib, bu holat kreditlardan foydalanishda to’lovga layoqatlik darajasining hisobga olinmasligiga imkon yaratdi.
XX asrning oxirlarida boshlangan va hozirgacha davom etib kelayotgan bozorlarning globallashuvi, kapitallar xalqaro harakatining erkinlashtirilishi natijasida AQSH bozorlarida vujudga kelgan inqiroz dunyoning boshqa mamlakatlariga ham keng yoyildi.
|
| |