|
Asosiy qism
|
bet | 10/14 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 265,62 Kb. | | #233145 |
Bog'liq Makroiqtisodiy barqarorlik inqiroz , ishsizlik va inflatsiya.Davriy ishsizlik. Davriy ishsizlik inqiroz davrida, ya’ni umumiy yoki qo‘shilgan xarajatlarning etishmovchiligi bilan tavsiflanadigan iqtisodiy sikl fazasida yuzaga keladi. Mahsulotlarga va xizmatlarga bo‘lgan umumiy talab kamayib ketganda bandlik qisqaradi, ishsizlik esa ko‘payadi. SHu sababli davriy ishsizlik ba’zan talabning tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan ishsizlik, deb nomlanadi.
To‘liq bandlik ishsizlikning mutlaq yo‘qligini anglatmaydi. Iqtisodchilar friksion va tuzilmaviy ishsizlikni muqarrar deb biladilar; taalluqli ravishda, to‘liq bandlik ishchi kuchining 100%idan kamrog‘ini qamrab oluvchi bandlik sifatida ta’riflanadi. Aniqroq qilib aytganda, to‘liq bandlik sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tuzilmaviy ishsizlik darajalarining umumiy yig‘indisiga teng.
Boshqacha qilib aytganda, to‘liq bandlikda ishsizlik darajasiga davriy ishsizlik nolga teng bo‘lganda erishiladi. To‘liq bandlikda ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi deb ataladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan birlashgan ichki mahsulotning aniq hajmi iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi. Bu resurslarning to‘liq bandligida iqtisodiyot ishlab chiqara oladigan mahsulotning aniq hajmi sanaladi.
To‘liq bandlikda ishsizlik darajasi yoki ishsizlikning tabiiy darajasi, ishchi kuchlari bozoriga ish qidirayotganlarning soni bo‘sh ish o‘rinlariga teng bo‘lgan mazmunda barqaror muvozanatda kirib kelganida belgilanadi. Ishsizlikning tabiiy darajasi – bu qandaydir ijobiy kattalik, chunki “friksion” ishsizlarga tegishli bo‘sh ish o‘rinlarini topish uchun vaqt kerak bo‘ladi. “Tuzilmaviy” ishsizlarga ham malaka oshirish yoki ish topish uchun boshqa joyga ko‘chib o‘tish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Agar ish qidirayotganlarning soni mavjud ish o‘rinlari sonidan ortiq bo‘lsa, demak ishchi kuchlar bozori balanslanmagan; bunda birlashgan talab va davriy ishsizlik tanqisligi yuzaga keladi. Boshqa tomondan esa, ortiqcha birlashgan talabda ishchi kuchining “etishmasligi” seziladi, ya’ni bo‘sh ish o‘rinlarining soni ish qidirayotgan ishchilarning sonidan oshib ketadi. Ishchi kuchlari bozorlaridagi bunday noodatiy “tanqislik” inflyasiya bilan birga kuzatiladi. “Ishsizlikning tabiiy darajasi” tushunchasi ikki tafsilotni talab etadi:2
1. Avtomatizmning yo‘qligi. “Tabiiy” atamasi iqtisod har doim ishsizlikning tabiiy darajasida faoliyat yuritishini va shu orqali o‘z ishlab chiqarish imkoniyatlarini amalga oshirishini anglatmaydi. Bizning amaliy sikl bo‘yicha qisqacha sharhimizda iqtisodiyotda ishsizlik ko‘pincha tabiiy darajadan oshishi haqida to‘xtalib o‘tgan edik. Boshqa tomondan esa, ba’zan iqtisodiyot shunday rejimda harakat qiladi-ki, bunda ishsizlik darajasi tabiiy darajadan past bo‘ladi. Masalan, tabiiy daraja taxminan 4%ni tashkil etgan Ikkinchi jahon urushi davrida, harbiy ishlab chiqarish ehtiyojlari ishchi kuchiga cheklanmagan talabni keltirib chiqargan. Ish vaqtidan tashqari vaqtda, shuningdek o‘rindoshlik bo‘yicha ishlash – odatiy holatga aylanib qolgan. Bundan tashqari, iqtisodiyotning muhim sohalarida hukumat friksion ishsizlikni sun’iy ravishda qisqartirib, ishdan bo‘shatishlarni taqiqlab, xodimlarni “biriktirib qo‘ygan”. 1943 yildan 1945 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida ishsizlikning haqiqiy darajasi eng ko‘pi bilan 2%ni tashkil qilgan, 1944 yilda 1,2%gacha pasayib ketgan. Ishlab chiqarish iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan oshib ketadigan darajaga etdi, biroq buning natijasida katta inflyasion bosimga duk kelindi. 3
2. O‘zgaruvchanlik. Ishsizlikning tabiiy darajasi o‘z mohiyati bo‘yicha – o‘zgaruvchan kattalik bo‘lib, u vaqti-vaqti bilan ishchi kuchlari va institutsional o‘zgarishlar (qonunlar va mamlakatlar an’analaridagi o‘zgarishlar) tarkibida demografik siljishlar ta’siriga duch kelib turadi. Masalan, 60-yillarda friksion va tuzilmaviy ishsizlikning ushbu muqarrar minimumi ishchi kuchlari sonining 4%ini tashkil qilgan. Bu to‘liq bandlikning ishchi kuchlari umumiy sonidan 96%iga to‘g‘ri kelishini anglatadi. Hozirgi vaqtda esa iqtisodchilar ishsizlikning tabiiy darajasi taxminan 5-6%ga teng, deb hisoblaydilar.
Nima uchun bugungi kunda ishsizlikning tabiiy darajasi 60-yillardagiga nisbatan yuqori? Birinchidan, mehnat resurslarining demografik tarkibi o‘zgardi. Xususan, ishsizlik darajasi doimo yuqori bo‘lgan yosh xodimlar ishchi kuchlarining muhim tarkibiy qismiga aylandi. Ikkinchidan, qonunchilik va ijtimoiy stereotiplar o‘zgardi. Masalan, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar dasturi, uni qamrab olgan xodimlar soni bo‘yicha ham, nafaqa pullarining miqdorlari bo‘yicha ham kengaytirildi. Ishsizlikning iqtisodiy ta’sirini yumshatib, nafaqalar tizimi ishsizlarga shoshilmasdan ish qidirish imkonini beradi, biroq bunda friksion ishsizlik, shu bilan birga ishsizlik umumiy darajasining o‘sishiga shart-sharoit yaratadi.
|
| |