41. Moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida moliya mexanizmi, mazmuni, moliyaviy siyosatni amalga oshirishda uning roli




Download 38,36 Kb.
bet1/4
Sana16.12.2023
Hajmi38,36 Kb.
#120660
  1   2   3   4
Bog'liq
41-50


41.Moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida moliya mexanizmi, mazmuni, moliyaviy siyosatni amalga oshirishda uning roli
JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI, O‘ZBEKISTON SHAROITIDA UNI BARTARAF ETISHNING YO‘LLARI VA CHORALARI
Toshkent, 2009 yil mart
2008 yilda boshlangan va bugungi kunda ko‘lami tobora kengayib va chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga baho berar ekan, ko‘pgina xalqaro ekspert va mutaxassislar bu inqirozning sabablari va yanada avj olishi bilan bog‘liq prognozlarida javoblardan ko‘ra ko‘proq savollarga duch kelishmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» deb nomlangan ushbu asarning dolzarbligi ham aynan ana shu holatlar bilan izohlanadi. Kitob quyidagi ikki qismdan iborat:
birinchisi — jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar;
ikkinchisi — bank tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish — O‘zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo‘lidir.
I. Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar
Bugungi kunning eng dolzarb muammosi — bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat.
Avvalo, jahon moliyaviy inqirozi haqida.
Bu inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelmoqda.
Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko‘plab mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo‘lishi mumkinligi o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o‘z korporativ manfaatlarini ko‘zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qog‘ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo‘qligini ham tasdiqladi.
Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. Ya’ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog‘liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to‘lov imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog‘liq.
To‘rtinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko‘p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg‘unligiga bog‘liq.
2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo‘lib o‘tgan sammit global moliyaviy inqirozning ko‘lami tobora kengayib borayotganini tasdiqladi.
Ushbu sammitda bo‘lib o‘tgan muhokamalar shuni ko‘rsatdiki, bugun jahon moliyaviy inqirozining oldini olish haqida so‘z borayotgani yo‘q, balki undan qanday qilib chiqish yo‘llari izlanmoqda, xolos. Ya’ni, bu masalada vaziyat shu darajaga yetdiki, endi avvalgi marralarga qaytish haqida so‘z yuritishga asos yo‘q.
Muhokamalarda inqirozni keltirib chiqargan sabablar tahlili bo‘yicha sammit ishtirokchilarining yagona yondashuvga ega emasligi, shu bois ushbu global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom etadigan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab chiqish haqida gapirishga hali erta ekani ayon bo‘ldi.
Shu bilan birga, mazkur sammitning bo‘lib o‘tgani, unda jahon moliya inqirozi bilan bog‘liq muammolar va vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinganining o‘zi umid uyg‘otadigan ijobiy hol ekani shubhasiz.
42. Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallarini to‘lash tartibini tushuntiring.
Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallarini har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mablag‘laridan to‘lanadi, sug‘urta badallari esa xodimlarining ish haqidan ushlab qolinadi va davlat soliq inspeksiyasi orgali o‘tkaziladi. Yagona ijtimoiy to‘lovlarni hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan topshiradi, budjet tashkiloti buxgalterlari tomonidan hisobot yilning har choragida hisobot davrining keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etadilar.
To‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
– yagona ijtimoiy to‘lov (25%) – har oyda, keyingi oyning 10-sana sidan kechiktirmay;
– sug‘urta badallari (4,5%) – ish haqiga pul mablag‘lari olish uchun bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda, taqdim etiladi.
Ish haqi hisobiga oyning birinchi yarmi uchun bo‘nak (avans) olishga hujjatlar taqdim etilganda sug‘urta badallari to‘lovi amalga oshirilmaydi

43.Markazlashgan pul fondlarining mohiyati


Moliya — markazlashgan va
markazlashmagan maqsadli pul
fondlarini hosil qilish, jamlash,
taqsimlash va qayta taqsimlash yoki
ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan
iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. M.
iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga
keladi va daromadlar asosida yuz beradi.
Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan
aktivlarning harakati boʻlib, buning
natijasida pul fondlari vujudga keladi.

Maqsadli pul fondlari — bu M. resurslari


yoki M. obʼyektidir. M. subʼyekti shu
fondlarni yaratish, taqsimlash va
ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni
korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar,
xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari
va davlat idoralaridan iborat. M. daromad
hosil qilish va uni sarflashni anglatadi.
Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi
taqsimlanganda korxona, davlat va
xonadon M.si yuzaga keladi. Bu oʻrinda
birlamchi daromadlar hosil boʻladi,
korxona M. fondlarini tashkil etadi,
ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon
daromadini hosil etadi, korxonalar
byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat

daromadini yuzaga keltiradi. Daromadlar


ikkilamchi taqsimlanganda byudjetdan
trans-fertlar (toʻlovlar) va turli maxsus
fondlar ajratiladi. Daromadlar kayta
taqsimlanganda turli nodavlat va jamoat
tashkilotlari korxonalardan, aholidan va
byudjetdan pul olib, oʻzining maxsus
fondlarini hosil etadi. 
44.Moliya tizimining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati yoritib bering

Download 38,36 Kb.
  1   2   3   4




Download 38,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



41. Moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida moliya mexanizmi, mazmuni, moliyaviy siyosatni amalga oshirishda uning roli

Download 38,36 Kb.