41. Moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida moliya mexanizmi, mazmuni, moliyaviy siyosatni amalga oshirishda uning roli




Download 38,36 Kb.
bet4/4
Sana16.12.2023
Hajmi38,36 Kb.
#120660
1   2   3   4
Bog'liq
41-50

Pensiya jamgʻarmasi - aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilishni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy bazani yaratish, pensiya va nafaqalarni qonunda belgilangan miqdorlarda toʻlashni mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshi-radigan jamgʻarma. Dastlab Oʻzbekistonda Pensiya jamgʻarmasi 1991-yil 14-yanvarda sobiq SSSR Pensiya jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi boʻlinmasi maqomida tu-zilgan. 1993-yil 4 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarma-siga aylantirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasining 1996-yil 27 dekabrda "Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida Pensiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisi-da"gi qarori bilan Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida tashkil etildi. 2001-yil 1-yanvardan Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ga aylantirildi.
Pensiya jamgʻarmasining asosiy vazifalari: fuqarolarning ijtimoiy taʼminotga va ijtimoiy sugʻurtaga boʻlgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarini toʻliq amalga oshirish; davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badal va ajratmalarni yigʻish va jamlash; "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida" qonunga muvofiq pensiyalarning oʻz vaqtida toʻlanishiga, shuningdek, ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar toʻlash harajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash va boshqa Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalar; bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar; vaqtincha mehnatga layoqat-sizlik nafaqalari, shu jumladan, homiladorlik va tugʻish nafaqasi; bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar; dafn marosimi nafaqalari; qonun hujjatlariga muvofiq, Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan boshqa toʻlovlarberiladi. Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar korxo-nalar, muassasalar va tashkilotlarning sugʻurta badallari (37,3%), fuqarolarning ish haqidan majburiy sugʻurta badallari (2,5%), shuningdek, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar hamda dehqon xoʻjaliklari aʼzolardan qonunda belgilangan miqdorda; mulkchilik shakllaridan qati nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning amaldagi 0,7 % miqdorida majburiy ajratmalari summalaridan va boshqa qonunda belgilangan ajratmalardan shakllanadi.
50.Moliyaviy siyosatning moliya tizimi orqali amalga oshirilishi va uning prinsiplari
davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha bo’g’inlarida moliyaviy resurslarning o’sishini balanslashtirilgan (mutanosib-lashtirilgan) holda ta’minlash bo’yicha davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajribalarning ko’rsatishicha, moliyaviy resurslarning balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda o’sishining zarurligini inkor etish mamlakat moliya tizimining o’zini degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning emirilishi va vayron bo’lishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning o’ziga xos bo’lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko’rsatib turishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligi ta’minlab va davlat daromadlarining manbaini ko’paytirib, moliyaviy xo’jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning ana shunga yo’naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir.
Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan bo’lsa, bu narsa korxona moliyaviy menejer-larining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi maqsadga yo’naltirilgan faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
  • raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog’lom hayot kechirishiga (faoliyat ko’rsatishiga) erishish;


• yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib qutilish;


  • raqobatchilar bilan kurashda etakchilikka (lider bo’lishga) erishish;


  • korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish;


  • korxona iqtisodiy salohiyatining o’sish sur’atlarini barqaror o’stirish;


  • ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish;


  • foydani maksimallashtirish;


  • xarajatlarni minimallashtirish;


  • rentabelli faoliyatni ta’minlash



Download 38,36 Kb.
1   2   3   4




Download 38,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



41. Moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida moliya mexanizmi, mazmuni, moliyaviy siyosatni amalga oshirishda uning roli

Download 38,36 Kb.