• Til bilgan – el biladi”
  • Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi;
  • Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi




    Download 194,69 Kb.
    bet1/43
    Sana15.02.2024
    Hajmi194,69 Kb.
    #157115
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
    Bog'liq
    Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.org


    Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi

    KIRISH
    Bugungi kunda yurtimizdagi ta’lim maskanlarida xorijiy tillar chuqur o‘qilayotgani bu ana’nalar davom etayotganinining yorqin ifodasidir. Mamlakatimizda rahbariyat tomonidan yoshlarimizning jahon tillarini egallashga bo‘lgan ulkan qiziqish va intilishlarini har doim qo‘llab –quvvatlab kelinmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to‘g’risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qaroriga muvofiq, xorijiy tillani o‘qitish sifatini yaxshilash, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlar olib borilmoqda.1
    Bag’rikeng xalqimiz “ Til bilgan – el biladi”, deydi. O‘z tilini hurmat qilgan ma’rifatli xalq boshqalarning tiliga chuqur hurmat bilan qaraydi. Bu borada ulug’ bobolarimiz ibrat va namuna ko‘rsatganlar. Xususan, Muhammad Xorazmiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy kabi ulug’ ajdodlarimiz ko ‘plab tillarni puxta bilganlari uchun ham jahon ilm-fanining yuksak cho‘qqilarini zabt etganlar.2
    Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi; tilshunoslikda so‘z yasalish hodisasi har doim ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. So‘z yasalishi tilda mavjud bo‘lgan material va imkoniyatlar asosida yangi leksik birliklarni hosil qilishdan iborat. Bu jarayon til lug’at tarkibini muntazam boyib borishiga xizmat qiladi. So‘z yasalish masalalari tilshunoslikda fonetika, grammatika, leksikologiya sohalari bilan birga doimo maxsus o‘rganib kelinadi. Tilshunoslik tarixiga nazar tashlasak, so‘z yasalishi, u bilan bog’liq bo‘lgan hodisalar, shuningdek, so‘z yasalishi bahsning predmeti aniq bo‘lsada, lekin bu soha tilshunoslikning boshqa bo‘limlariga munosabati, uning tilshunoslikdagi o‘rni masalasida bir fikrga kelinmagan edi. Ko‘pchilik ilmiy asarlarda so‘z yasalishi grammatikaning bir qismi sifatida talqin etilgan bo‘lsa, ayrim adabiyotlarda u leksikologiya tarkibida berilgan, hatto, so‘z yasalishining mutlaqo leksikologiyaga mansub emasligi ham ta’kidlanadi.
    Ma’lumki, tilshunoslik sohasi keng qamrovli sohalardan bo‘lib, unda mavjud bo‘lgan har bir bo‘lim chuqur ilmiy izlanishlarni talab qiladi. Bizga ayonki, umumiy tilshunoslikning o‘rganish obyekti so‘z va so‘z yasalish hodisasi hisoblanadi. So‘z yasalish masalasi muhim ahamiyatga egadir va u tilshunoslar tomonidan tan olingan, ammo turlicha talqin qilinadi. So‘z yasalish hodisasida qo‘shma so‘zlarning o‘rni beqiyosdir. Qo‘shma so‘zlarning umumiy klassifikatsiyasi bo‘yicha bir qancha tadqiqot ishlari olib borilgan bo‘lishiga qaramay, undagi juda ko‘plab savollar haligacha o‘z yechimini topa olgan emas. So‘nggi yillarda esa, tilshunoslikda yangi uslub va yo‘nalish sifatida kogntitiv tilshunoslik shiddat bilan kirib keldi. Kognitiv tilshunoslik jadal rivojlanib ketishiga qaramasdan, undagi ko‘plab muammolar o‘z yechimini kutmoqda. Jumladan, ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarning kogntiv xususiyatlari eng zamonaviy va tilshunoslikdagi dolzarb muammolaridan biri bo‘lmoqda.

    Download 194,69 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




    Download 194,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi

    Download 194,69 Kb.