|
(-r) suffiksi bilan yasaladigan qo‘shma so‘zlar
|
bet | 14/43 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 194,69 Kb. | | #157115 |
Bog'liq Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.org1.(-r) suffiksi bilan yasaladigan qo‘shma so‘zlar .
(-r ) qo‘shimchasi bilan yasalgan barcha qo‘shma so‘zlar ot so‘z turkumiga oid bo‘ladi. Misol uchun, filmmaker uch morfemadan iborat; (film), (make) va affiks
( -r) . bu so‘zning morfologik jarayoni quyidagicha ifodalanadi; [film]ot +[make] fe’l +[-r] ot= [filmmaker] ot. Make fe’lidan ot yasovchi qo‘shimcha (-r) orqali ot yasalgan ya’ni maker shuning uchun natija o‘zgarishi sodir bo ‘lganini ko ‘rishimiz mumkin. Aniqroq qilib aytganda harakatdan shaxsni bildiruvchi ot yasalgan. Fil so‘zi bilan birgalikda filmmaker ya’ni film yaratishga mas’ul bo‘lgan shaxsni anglatuvchi qo‘shma so‘z hosil bolgan.
Biz shuni bilishimiz mumkinki (-r) qo‘shimchasiz filmmake shaklida qo‘shma so‘z bo‘la olmaydi.
O‘zbek tilida ( –ar) qo‘shimchasi bilan yasalgan qo ‘shma so ‘zlar .
O‘zbek tilidagi ( - ar ) suffiksi ingliz tilidagi ( -er yoki –r ) qo‘shimchasiga to ‘g’ri keladi. Masalan ; beshiktebratar, o ‘rinbosar, ishbuzar, muzyorar, bu qo ‘shma so‘zlarning morfologik jarayoni quyidagicha bo ‘ladi; [ beshik] ot + [tebrat) fe’l + [-ar] = [beshiktebratar]ot , [ish] ot+ [buz]fe’l + [-ar] + [beshiktebratar]ot, [ o‘rin] ot + [bos] fe’l + [-ar]=[ o‘rinbosar]. Bu so‘zlar ham filmmaker singari qo‘shimchasiz ma’noga ega bo ‘lmaydi.
Quyidagi diagramma orqali bu so‘zlarning tuzilishini yaxshiroq tusunishimiz mumkin.
Ot
Ot Ot
Fe‘l Affiks
Film make -r
Ish buz -ar
Beshik tebrat -ar
O‘rin bos - ar
2.1-rasm
Garchi ikki til o‘rtasida o‘xshashlik tomonlari bo‘lsada lekin bir-biridan farqli tomonlari ham bor. O‘zbek tilida fe’l + fe ‘l + ar shakldagi qo‘shma so‘zlar ham bor. Misol uchun: iskabtopar. Morfologik jarayoni [iskab] fe’l +[topar] fe’l + ar= [iskabtopar] fe’l. Undan tashqari ravish + fe’l +ar shakli ham mavjud; tezyurar,ertapishar, kechpishar, tezoqar,tezotar.
2.(-d) suffiksi bilan yasaladigan qo‘shma so‘zlar.
(-d) yoki – (-ed) qo‘shimchasi bilan yasalagan ikkita qo‘shma so‘z mavjud. Ular outdated va highlighted hisoblanadi .Birinchi outdated so‘zini olsak, bu so‘z uchta morfemadan (out), (date) va affiks (-d) lardan tashkil topgan. Morfologik jarayoni quyidagicha tasvirlanadi;[out] ravish+ [date] ot +[-d] + [outdated]sifat fe’ning o‘tgan zamon shaklidagi suffiksi qo‘shilib sifat yasamoqda va bu qo‘shma so‘zning ma’nosi urfdan qolgan degan ma’noni bildiradi. Outdated so‘zini quyidagi diagramma asosida ko‘rib chiqsak yanada tushunish oson bo‘ladi.
Sifat
Sifat Affiks (o‘tgan zamon)
Sifat Ot
Out date d
2.2-rasm
Biz diagrammadan ko‘rishimiz mumkinki, qo‘shma so‘zning oxiriga (-d) qo‘shimchasi qo‘shilyapti va bu qo‘shimcha fe’lning o‘tgan zamon qo‘shimchasi qo ‘shilib qo‘shma sifat yasalgan.
O‘zbek tilida ravish+ ot = sifat shaklidagi qo‘shma so‘zlar ( kamhosil, hozirjavob,kamxarj ) mavjud. Lekin ingliz tilidagi singari (-d yoki –ed) ga bilan yasalgan shakli uchramaydi, faqat ot + fe’l + di= sifat ( kelintushdi, go‘shtkuydi) shaklidagisi uchraydi. Chunki (-ed yoki -d) qo‘shimchasi ( -gan,-qan, -kan , -di) qo‘shimchaariga to‘g’ri keladi.
|
| |