|
(-ing) suffiksi bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar
|
bet | 15/43 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 194,69 Kb. | | #157115 |
Bog'liq Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.org3.(-ing) suffiksi bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar.
Ingliz tilida (-ing) suffiksini olgan so‘zlardan biri snowballing so‘zidir, bu so‘z uchta morfemadan tashkil topgan; (snow), (ball) va affiks ( -ing). Bu qo‘shma so‘z quyidagi morfologik jarayondan iborat; [snow] ot +[ball] fe’l+[-ing]+ [snowballing] sifat, chunki snow ot so ‘z turkumiga oid balling esa fe’l so‘z turkumiga, balling so‘zi ball so ‘ziga affiks (-ing) qo‘shilishidan yasalgan.
O‘zbek tilida ot+fe’l formasida fe’ l negizlariga –sh, –ish qo‘shish bilan yasalgan harakat nomlari orqali yasalish hodisasi ko‘proq. Masalan: dunyoqarash, ishtashlash .
Biz bu ikki tildagi so ‘zlarni quyidagi diagramma orqali yanada yaxshiroq tushunishimiz mumkin.
Fe’l
Ot Fe’l
Fe’l Affiks
Snow ball ing
Dunyo qara sh
Ish tashla sh
2.3-rasm
Daraxt diagrammasidan shu narsa ma’lumki, (-ing) va (-sh ) qo‘shimchalari fe’l negiziga qo‘shilgan ya’ni yangi fe’l , balling (gerundy) , qarash, tashlash ( harakat nomi)oid yasalgan keying esa ot turkumiga oid ; snow, dunyo, ish va fe’l so‘z turkumiga mansub balling, qarash, tashlash kabi so‘zlar birlashib snowballing, dunyoqarash, ishlashlash kabi qo‘shma so‘zlar yasalgan .
Undan tashqari Ingliz tilida suffikslar qaysi so‘z turkumiga oid so‘z yasashiga ko‘ra (bunda suffikslar bir so‘z turkumidagi so‘zdan boshqa so‘z turkumiga oid so‘zni yasashga xizmat qiladi) quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) ot yasovchi suffikslar: –er (fight – fighter), –dom (free – freedom), –ist (biology – biologist);
2) sifat yasovchi qo‘shimchalar – able (eat – eatable), –less ( symptomless), – ous (continuous);
3) fe’l yasovchi qo‘shimchalar: –ize ( computerize), – ify (micrify);
4) ravish yasovchi qo‘shimchalar: – –ly (slowly), –ward (tableward);
5) son yasovchi qo‘shimchalar: teen (fourteen), –ty (sixty).
|
| |