Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi




Download 194,69 Kb.
bet13/43
Sana15.02.2024
Hajmi194,69 Kb.
#157115
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Bog'liq
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.org

Affiksatsiya. Tilda ko‘p shakllanish turlari mavjud bo‘lib,shulardan biri affiksatsiyadir. Affiksatsiya eng keng tarqalgan morfologik jarayon sifatida da’vo qilish mumkin. Inson tilida ehtimol qo ‘shma so ‘zlarni yaratishning eng keng tarqalgan usulidir. Syzmanekning fikricha, affiksatsiya, umuman “ Ildizli morfema bilan bog’lanishning birikmasi ya’ni o ‘zakka qo ‘shilgan morfema affiks yoki affiksatsiya deb atalish jarayoni ” deb ta’riflagan. 15Affiksatsiya – asosga hosila affikslarini qo‘shish orqali so‘z yasalishidir. Affikslar yordamida, ya’ni qo‘shimcha qo‘shib so‘z yasash ingliz tilining uzoq tarixi davomida eng ko‘p qo‘llanilgan produktiv usuldir. Bunda biror–bir so‘z turkumiga oid so‘zga qo‘shimcha qo‘shiladi. Tilshunoslar affikslarni uch turga ajratadilar : suffiks, prefix va infiks.
Asosning old tomoniga bog’langan affiks prefiks deyiladi, asosning oxiriga biriktirilgan bo ‘lsa suffiks deyiladi so ‘zning o ‘rtasida kelsa infiks deyiladi, bu yerda prefix, infiks va suffiks larga ba’zi misollar keltirilgan.
Prefikslar: ingliz tilidagi de-activate, re- organize,un -happy, o‘zbek tiladagi ser-farzand, super-yutuq, ba-davlat.
Suffikslar: ingliz tilidagi govern-ment, hunt-er, kind-ness, o‘zbek tilidagi erksev-ar, ola-zor ,shifo-baxsh.
Infikslar: ingliz tilidagi passer-s-by,spoonsful, o ‘zbek tilidagi savod-xon-lik, pora-xo ‘r-lik.
Ingliz tilidagi qo‘shma so‘zlarda uchraydigan qo‘shimchalar ko‘plik (s /es), qo‘shimcha ( -ed), qo‘shimcha ( -er) va (-s) kabilardir. Ingliz tilida ushbu qo‘shimchalar bilan ko ‘rsatilgan o ‘n yettita flektiv qo ‘shma so‘zlar mavjud.
1). Suffiks (-s/-es) – ot so‘z turkumida oid qo‘shma so‘zlar : spokespersons, bookshops, bookstores, sunglasses, soulmates, themselves, mindsets , textbooks, tribesman, filmmaker.
2). Suffiks ( -r/-er) – ot so‘z turkumiga oid qo‘shma so‘zlar: filmmaker va housekeeper.
3). Suffiks( -d/-ed) - ot, sifat va fe’l so‘z turkumiga oid qo‘shma so‘zlar: outdated, highlighted va underprivileged.
4) Suffiks (-ing) – fe’l so ‘z turkumiga oid qo‘shma so‘zlar: snowballing.

Download 194,69 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Download 194,69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi

Download 194,69 Kb.