|
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi
|
bet | 21/43 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 194,69 Kb. | | #157115 |
Bog'liq Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.orgIkkinchi darajali urg’u ham bo‘lib, bu ikkinchi elementning birinchi bo‘g’iniga tushadi. Uch o‘zakdan tashkil topgan qo‘shma so‘zlarda ikkita ikkinchi darajali va bitta bosh urg’u bo‘ladi. Ingliz tilida farq bo‘lib, ba’zan biz ikkita bosh urg’uli so‘zlarni ham uchratishimiz mumkin, masalan, costume–built, government–owned.
Qo‘shma so‘zlar fonetikasiga yanada chuqurroq o‘rgangan sari biz arajtuvchi pauza bo‘lmasligi, jaranglilanish va jarangsizlanish hodisasi, tovushlarning tushib qolish yoki almashinish kabi ichki jarayonlarini kuzatishimiz mumkin.
Orfografik nuqtai–nazaridan qiyoslanayotgan tillarda uch xil yasalish usullarini kuzatishimiz mumkin.
1. Qo‘shib yoziladigan qo‘shma so‘zlar. Bunda qo‘shma so‘z tarkibidagi elementlar qo‘shib, ya’ni ajratmasdan yoziladi.
Ingliz tilida: cowboy, cheekbone, lawsuit.
O‘zbek tilida: oqsoqol, meshqorin, gultuvak.
2. Chiziqcha bilan yoziladigan qo‘shma so‘zlar. Odatda qo‘shma so‘z tarkibidagi elementlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Biroq biz ba’zi hollarda bir nechta chiziq bilan ajratib yozilgan qo‘shma so‘zlarni ham uchratishimiz mumkin.
Ingliz tilida: self–righteous, demi–rep, mother–of–pearl, salt–and–pepper.
O‘zbek tilida: Amu–Buxoro (kanal nomi).
Biz izlanishlar natijasida shuni kuzatdikki, o‘zbek tilida chiziq bilan ajratilib yoziladigan so‘zlar juda ham kamchilikni tashkil qiladi va bular o‘zbek tilshunosligida juft yoki takror so‘zlar tarikibiga kiritiladi.
3. Alohida tarkiblari ajratilib yoziladigan qo‘shma so‘zlar.
Ingliz tilida: good looks.
O‘zbek tilida: sotib oldi.
Shunday qilib, qo‘shma so‘zlar shunday murakkab va tilshunoslikdagi dolzarb muammo sanaladiki, ularni tilshunoslikning deyarli har bir jabhalari o‘rganib chiqadi.
Qo‘shma so‘zlar ham boshqa so‘z yasash hodisalari kabi bir qancha o‘ziga xos munosabatlarga ega deb doimo hisoblanib kelingandir .21
2.3. Ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shma so‘zlar tarkibidagi komponentlarning o‘zaro munosabatlari.
Qo‘shma so‘zlar tarkibidagi komponentlarning o‘zaro munosabatlariga ko‘ra uch guruhga bo ‘linadi:22
|
| |