|
Ingliz tilidagi fleksiyasiz qo‘shma so‘zlarning tuzilishi
|
bet | 19/43 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 194,69 Kb. | | #157115 |
Bog'liq Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.orgIngliz tilidagi fleksiyasiz qo‘shma so‘zlarning tuzilishi.
No
|
So ‘z tukumi
|
Qo‘shma so‘z
|
Morfologik jarayon
|
Aniqlovchi
|
Aniqlanmish
|
1
|
Ot
|
Childbirth
|
[child] ot + [bith]ot = [childbirth] ot
|
Birth
|
Child
|
2
|
Ot
|
Footage
|
[foot] ot+ [ age] ot= [footage] ot
|
-
|
-
|
3
|
Sifat
|
Seaborne
|
[sea] ot + [borne] fe’l =[seaborne[] sifat
|
Borne
|
Sea
|
4
|
Sifat
|
Household
|
[house] ot + [hold] fe’l= [household] sifat
|
-
|
-
|
5
|
Fe’l
|
Highlight
|
[high]sifat+ [light ] fe’l =[highlight] fe’l
|
Light
|
High
|
6
|
Fe’l
|
Upheld
|
[up] ravish+[held] fe’l= [upheld] fe’l
|
-
|
-
|
O‘zbek tilidagi fleksiyasiz qo‘shma so‘zlarning tuzilishi.
No
|
So‘z turkumi
|
Qo‘shma so‘z
|
Morfologik jarayon
|
Aniqlovchi
|
Aniqlamish
|
1
|
Ot
|
Tokqaychi
|
[tok] ot+ [qaychi] ot=[tokqaychi]ot
|
Qaychi
|
Tok
|
2
|
Ot
|
Ayiqtovon
|
[ayiq] ot + [tovon] ot=[ayiqtovon] ot
|
-
|
-
|
3
|
Sifat
|
Ishbuzar
|
[ish] ot+ [buzar] fe’l=[ishbuzar] sifat
|
Buzar
|
Ish
|
4
|
Sifat
|
Qushqo‘nmasmas
|
[qush] ot+[qo‘nmas]fe’l= [qushqo‘nmas]sifat
|
-
|
-
|
5
|
Fe’l
|
Tayyorbo‘lmoq
|
[tayyor] sifat +[bo‘lmoq]fe ‘l = [tayyor bo ‘lmoq] fe’l
|
Tayyor
|
Bo‘lmoq
|
6
|
Fe’l
|
Yaxshi ko‘rmoq
|
[yaxshi] sifat + [ko‘rmoq]=[yaxshi ko‘rmoq] fe’l
|
-
|
-
|
2.1-jadval
Jadvaldagi misollardan ko ‘rishimiz mumkinki, qo ‘shma so‘zlar endosentik va ekzosentik bo‘ladi.
Endosentrik (endo–ichida) qo‘shma so‘zlar – bunday qo‘shma so‘zlar ikki mustaqil morfemadan tashkil topgan bo‘lib, yangi ma’no beradi. Ammo farqli tomoni shundaki, komponentlar bir–birini aniqlashtirib kelishi kerak. Endosentrik qo‘shma so‘zlarda bosh (head) so‘z aniqlanmish, tobe so‘z (determinant) aniqlovchi vazifasida keladi. Odatda bular ikki xil usul yasaladi. 1-chi tobe so‘z hokim so‘zdan oldin kelishi va 2–si hokim so‘z qo‘shma so‘z komponentida birinchi so‘z bo‘lishi. Qiyoslanayotgan har ikkala tilda ham bu hodisa qo‘shma ot tarkibida ko‘p uchraydi. Masalan: back door – orqa eshik, front door – asosiy kirish eshig. Door – aniqlanmish bo‘lib, back va front uning aniqlovchisi hisoblanadi va aynan qanday door (eshik) ekanligini aniqlashtirib kelyapti. Qiyoslanayotgan har ikkala tilda ham bu hodisa qo‘shma ot tarkibida ko‘p uchraydi. Masalan: back door – orqa eshik, front door – asosiy kirish eshigi. Door – aniqlanmish bo‘lib, back va front uning aniqlovchisi hisoblanadi va aynan qanday door (eshik) ekanligini aniqlashtirib kelyapti. Shuning uchun yuqoridagi ingliz tilidagi childbirth, seaborne, highlight va o‘zbek tilidagi tokqaychi,ishbuzar va tayyor bo‘lmoq.
Ekzosentrik qo‘shma so‘zning ma’nosi komponentlar o‘rtasidagi ma’nodan tushunilmaydi. Bu yerda mantiqiy bog’lanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu termin ilk marotaba Blumfild tomonidan Sanskritlar grammatikasida “bahuvrihi” deb tanishtirilgan. Tilshunoslar fikriga ko‘ra esa ekzosentrik qo‘shma so‘zlar to‘liq yoki qisman idiomali bo‘ladi. R. Benezesning fikricha esa bu so‘zlar to‘liq yoki qisman idiomali bo‘ladi. R. Benezesning fikricha esa bu jarayonda metaforikal aloqa yaratish jarayoni eng ustuni hisoblanadi .17
Ekzosentrik qo‘shma so‘zlarga misollar beradigan bo‘lsak, redneck – qizil bo‘yin emas, balki qishloqilik qasshoq odam ma’nosida. Undan tashqari yuqoridagi jadvalda ingliz tilidagi footage, household va upheld. Birinchidan: footage foot va age ya’ni oyoq va yosh so ‘zlaridan yasalgan bo‘lsada umuman boshqa ma’nodagi qo‘shma so‘z yasalgan footage –bu film davomiyligini ifodalaydigan so‘zdir. Ikkinchisi, household house va hold , uy va yukxona so‘zlari qo‘shilib oila a’zolari ma’nosidagi umuman boshqa so ‘z yasalgan. Upheld esa up ( yuqori) va held (nishonlamoq) so‘zlaridan upheld (qo‘llab-quvvatlamoq)kabi qo‘shma so‘z yasalgan. Demak, komponentlar o‘rtasida to‘liq ma’no yo‘qolgan bo‘lib, yangi ma’no beryapti. O‘zbek tilida: qizilishton – kiyimi qizil bo‘lgan emas, balki qush nomi bo‘lib, oyoqlarining rangi qizil bo‘lgani uchun shunday atalgan va qisman ma’noli ekzosentrik qo‘shma so‘z hisoblanadi. Ayiqtovon garchi bu so‘z ayiq va tovon so‘zlaridan yasalgan bo‘lsada bu so‘zning ma’nosi o‘simlik ma’nosini beradi. Qushqo‘nmas qush va qo‘nmas so ‘zlarini birikuvidan yasalgan, lekin bu so ‘zning ma’nosi o‘simlik yoki hech kim yashamaydigan joyni bildiradi. Yaxshi ko‘rmoq so‘zi yaxshi va ko‘rmoq so‘zlaridan yasalgan bo ‘lsa ham bu so‘zlar yaxshi – pozitiv ma’noda , ko‘rmoq- ko‘rish a’zosi bilan biro narsani sezish emas, balki yoqtirmoq ma’nosida kelmoqdadir.
|
| |