• 2. Prefikslarning kelib chiqishiga quyidagi guruhlarini ko‘rishimiz mumkin
  • Konversiya.
  • Semantik, ya’ni ma’no jihatiga ko‘ra klassifikatsiya




    Download 194,69 Kb.
    bet17/43
    Sana15.02.2024
    Hajmi194,69 Kb.
    #157115
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
    Bog'liq
    Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.org

    1. Semantik, ya’ni ma’no jihatiga ko‘ra klassifikatsiya:
    a) inkor ma’noli prefikslar: in– (invaluable), non– (nonformals), un– (unfree);
    b) ish–harakatning takrorlanishini bildiruvchi prefikslar: de– (decolonize), re– (revegetation), dis– (disconnect);
    a) vaqt, masofa va daraja ma’nolariga ishora qiluvchi prefikslar: inter– (interplanetary), hyper– (hypertension), ex– (ex–student), pre– (pre–election), over– (overdrugging).
    2. Prefikslarning kelib chiqishiga quyidagi guruhlarini ko‘rishimiz mumkin:
    a) milliy (German tillariga oid): un–, over–, under– etc;
    b) roman tillariga oid: in–, de–, ex–, re– etc;
    d) grek tiliga oid: sym–, hyper– etc.
    Affiksatsiya jarayoni eng mahsuldor usuldan biri bo‘lib, o‘tmishdan hozirgacha yangi so‘z yasashda xizmat qiladi. Bu usulda so‘zga qandaydir qo‘shimcha qo‘shish orqali yangi so‘z yasaladi. So‘zning oldiga yoki so‘zning oxiriga qo‘shimcha qo‘shish orqali bu jarayon produktivligini yo‘qotmagan.
    Konversiya. Konversiya ingliz tili so‘z yasash tizimining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. U yana, shuningdek, qo‘shimchalarsiz so‘z yasash, deb ham ataladi. Konversiya so‘zi “conversion” so‘zidan olingan bo‘lib, bu so‘z birinchi marta Henri Svitning 1891– yilda chiqarilgan “yangi ingliz tili grammatikasi” kitobida ishlatilgan16 .
    Konversiya – bu so ‘z sinfini almashtirish jarayoni bo ‘lib, u allaqachon so ‘zni tayinlaydi mavjud so ‘zni yangi sintaktik toifaga o ‘tkazadi. Shimanek o ‘z kitobida konverasiyani quyidagicha ta’riflaydi:” konversiya ma’lum turdagi hosilalarning biriktirilishini o‘z ichiga oladi , morfemani, nol morfema deb ataydi. Bugungi kunda konversiya ingliz tilida fe’l yasashning eng asosiy usullaridan biridir. Konversiyani yanada aniqroq tushunishimiz uchun ingliz tilidagi so‘zlarni ko ‘rib chiqish yaxshiroq bo ‘ladi.
    Beggar to beg
    Peddler to peddle
    Editor to edit
    Negation to negate
    Television to televise
    Fe’llar turli xil semantik guruhlarga mansub otlardan yasaladi, shuning uchun turli ma’nolarga ega bo‘ladi:
    1) agar inson tana qismlarini bildiruvchi otdan yasalsa, fe’l instrument ma’nosiga ega bo‘ladi: to eye, to finger, to elbow, to shoulder va boshqalar. Agar asbob–uskuna, qurol, instrumentni bildiruvchi otdan yasalsa, fe’l instrument ma’nosiga ega bo‘ladi: to hammer, to machine–gun, to rifle, to nail;
    2) fe’llar o‘zi yasalgan ot ishora qilgan tirik mavjudotlarga xos harakatlarga ishora qilishi mumkin: to crowd, to wolf, to ape;
    3) agar predmetga ishora qiluvchi otdan yasalgan bo‘lsa, fe’llar o‘zlashtirish, qo‘shimcha qilish yoki mahrum qilish ma’nolarini beradi: to fish,
    to fish, to dust, to peel, to paper;
    4) o‘zi yasalgan ot joy nomini bildirsa, fe’llar o‘sha joyga ishora qilishi mumkin: to park, to garage, to bottle, to corner, to pocket;
    5) o‘zi yasalgan ot paytni bildirsa, fe’llar o‘sha paytga ishora qilishi mumkin: to winter, to week–end.
    Fe’llar sifatdan ham o‘zlashtirishi mumkin, bunday holatlarda ular holatning o‘zgarishiga ishora qiladi: to tame, to clean, to slim.
    Fe’ldan yasalgan ko‘p otlar faqat birlik shaklda ishlatilishi mumkin va ular lahzalik ish–harakatlarga ishora qiladi. Bunda ular quyidagi fe’llar bilan birga ishlatiladi: to have, to get, to take va boshqalar. Masalan: to have a try, to give a push, to take a swim.
    Konversiya usuli, yuqoridagilarni hisobga olib aytadigan bo‘lsak, o‘ziga xos so‘z yasalishi usuliga kiradi va shu jihatlari orqali ushbu produktiv usulda muhim rol o‘ynaydi.

    Download 194,69 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




    Download 194,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Semantik, ya’ni ma’no jihatiga ko‘ra klassifikatsiya

    Download 194,69 Kb.