|
Mavzu: Korxonaning Push va Pull strategiyalarini ishlab chiqish Reja: Kirish
|
bet | 1/15 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 134,75 Kb. | | #141790 |
Bog'liq Korxonaning Push va Pull strategiyalarini ishlab chiqish
Mavzu: Korxonaning Push va Pull strategiyalarini ishlab chiqish
Reja:
Kirish
1. Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda marketing strategiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari
2. Korxonalar faoliyatini strategik boshqarish samaradorligi
3. Push va Pull strategiyalar haqida umumiy tushuncha
4. Push va Pull strategiyalarini ishlab chiqish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Hozirgi vaqtda korxonalar amaliyotida strategik boshqarishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu ularning vakolatini kengayishi hamda o‘zlarining iqtisodiy ahvoli uchun javobgarliklari darajasining oshganligi bilan bog‘liqdir. Zamonaviy boshqarishning sifati korxonalar samaradorligini belgilab beradi.
Shu bois korxonalarga eng zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Hozirgi vaqtda korxonalarning ko‘pchiligi o‘z taraqqiyotining konsepsiyasini, strategiyasini hamda dasturini ishlab chiqishi zarur. Har qanday korxonaning uzoq muddatli yutuqlari ishlab chiqilgan strategiyaga bog‘liq bo‘ladi.
Agar korxonaning rivojlanish strategiyasi bo‘lmasa u yoki bu xatoliklar bilan ishlab chiqilgan bo‘lsa, bu hol korxonaga bozorda barqaror va mustahkam o‘rin egallash uchun imkon bermaydi. Zamonaviy ilm-fan va amaliyot strategik rejalashtirish hamda boshqarishning katta tajribasiga ega, ammo ko‘pgina strategiyalar haligacha tashqi va ichki muhitning o‘zgaruvchan shart-sharoitlariga moslasha olmayapti. Bu hali hanuzgacha strategik boshqarishning barcha muammolari ham o‘z yechimini topmaganligini ko‘rsatadiki, bunday hol, birinchi navbatda, korxona rivojlanishi strategik barqarorligining mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq[2].
Strategik boshqaruv tizimida korxonaning kelajak faoliyatining retrospektiv ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ekstropflyatsiya usulini qo‘llash asosida belgilanishi nazarda tutiladi. Ekstrapolyatsiya - bu o‘tgan zamonda o‘rnatilgan tendensiyalarni kelgusi davr uchun ham joriy etilishidir. Boshqacha aytganda, prognoz ishlab chiqishda, kelgusida korxona faoliyatining shart-sharoitlari yomonlashmaydi, demak, o‘tgan davrlarga nisbatan korxona faoliyatining yakuni yaxshi bo‘lishligidan kelib chiqiladi. Korxona taraqqiyotini oshiruvchi tendensiya (trend)ning namoyon bo‘lishi shundan iboratdir[3].
Korxonaning kelajakdagi barqarorligini baholash uchun rivojlanish tendensiyasini (trendini) ifodalovchi kompleks integral ko‘rsatkich ishlatiladi; chuqurroq tahlil qilish va zaxiralarni aniqlash uchun ko‘rsatkichlarning kengaytirilgan tizimidan foydalaniladi. Shunday qilib, korxonaning kelajakdagi barqarorligini baholash - korxona faoliyatining turli tomonlarini baholashni nazarda tutadi, buning ustiga, bunday baholash dinamiklikda va makonda amalga oshiriladi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham«tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, korxonalar raqobatbardoshligini oshirish hamda eksport salohiyatini yuksaltirish»kabi ustuvor vazifalar belgilangan[1].
Ushbu vazifalarning samarali ijrosi ishlab chiqarish korxonalari innovatsion faoliyatini zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirishni taqazo etadi.
|
| |