Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda marketing strategiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari




Download 134,75 Kb.
bet2/15
Sana20.01.2024
Hajmi134,75 Kb.
#141790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Korxonaning Push va Pull strategiyalarini ishlab chiqish

1. Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda marketing strategiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari
Marketing - faqatgina katta korxonalarning imkoniyatiga to‘g‘ri keladigan bozorni tahlil qilish (sotishni bashorat qilish usullari, bozorning imitatsion modellari va tadqiqotlari kabi) vositalari majmuasi bo‘lib, ular ehtiyojlarni va talabni tahlil qilishga istiqbolli va ilmiy yondashuvni ishlab chiqish uchun foydalaniladi. Marketing - bu xaridorlar iste’molchilarni tijorat jihatidan ekspluatatsiya qiladigan bozor tizimidir.
Marketingga bunday qarash marketing va reklama hamma narsaga qodir, ular bozorni kuchli kommunikatsiya usullari yordamida istalgan narsani qabul qilishga majbur qila oladi, degan mavhum fikrga asoslangandir. Bunday sotish usullari ko‘pincha xaridorlarning real ehtiyojlarini qondirish istagiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmaydi.
Asosiy e’tibor sotuvchining ehtiyojlariga, ya’ni savdoni amalga oshirishga qaratiladi. Shuning uchun marketing strategiyasini tushunish muhim ahamiyatga ega. Marketing strategiyasi korxona imkoniyatlarining bozordagi holatga muvofiqlashtirish, qo‘yilgan maqsadlarga erishishning kompleks vositalarini belgilashdan iborat. Amerikalik yetuk iqtisodchi olim I.Ansoffning fikricha, strategiya o‘z mohiyati va jihatidan tashkilotning o‘z faoliyatida qaror qabul qilish jarayonida qo‘llash uchun mavjud bo‘lgan qoidalar majmuiga aytiladi.
Marketing strategiyasi o‘zaro bir-biri bilan asoslangan besh asosiy jihat bilan tavsiflanadi: bozorni tanlash, maqsadni tanlash, mablag‘ va muddatlarni tanlash, samaradorlikni nazorat qilish, muqobil strategiyani tanlashdan iboratdir. Bunda iste’molchilarni ustuvorlik tamoyilini ko‘rib chiqish lozim. Aslida marketing asosini, uning konsepsiyasini tashkil qiluvchi nazariya yoki g‘oya mutlaqo boshqachadir.
U iste’molchining ustuvorlik tamoyilidan kelib chiqadigan shaxsiy tanlash nazariyasiga asoslanadi, Ushbu yondashuv nuqtai nazaridan qarasak, marketing strategiyasi – bu korxona imkoniyatlarini bozor imkoniyatlariga moslashtirib, kelgusida rivojlanish istiqbollarini belgilashdan iborat.
J.J.Lamben marketingga quyidagicha ta’rif beradi: “Marketing – bu kishilar va tashkilotlarning ehtiyojlari va istak hohishlarini xaridor uchun qiymatli bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlash bilan qondirishga qaratilgan ijtimoiy jarayondir”.
Bu ta’rifda uch asosiy tushuncha ehtiyoj, tovar va ayriboshlashdir. Ehtiyoj tushunchasi xaridorning hulq-atvori va uni bir tovar yoki xizmatni sotib olishga undagan sababni ifodalaydi; tovar konsepsiyasi harakat usullari, ishlab chiqarish va ishlab chiqaruvchilarning tashkiloti bilan bog‘liq; ayirboshlash e’tiborni bozorga hamda talab va taklifning o‘zaro ta’sirlashuvini ta’minlovchi mexanizmlarga jalb qiladi.
Strategik marketing – bu firmaning bozorni segmentlash strategiyasi asosida firmaning raqobatli ustunlikka erishishini ta’minlashi yoki saqlashi, stabil tarzda foyda olishi, tovar sifatini oshirish strategiyasini prognozlash, resurslar ta’minoti, ishlab chiqarishni kengaytirish va raqobatbardoshlikni oshirishga yo‘naltirilgan kompleks strategiyasini shakllantirishdir. Strategik marketing – bu, avvalo, jismoniy shaxslar va tashkilotlar ehtiyojlarining tahlilidir.
Marketing nuqtai nazaridan qaraganda xaridor tovarning o‘ziga emas, balki shu tovar yordamida yechiladigan muammoning hal qilinishiga muhtojdir.
Yechimga turli texnologiyalar yordamida erishiladi, texnologiyalarning o‘zi esa tinimsiz o‘zgarib turadi. Strategik marketingning roli - berilgan bozorning evolyusiyasini kuzatib borish va qondirishga muhtoj ehtiyojlarni tahlil qilish asosida turli mavjud yoki kutilayotgan bozorlarni yoki ularning segmentlarini aniqlashdan iborat. Strategik marketingning asosiy tavsifnomasi bo‘lib marketing strategiyasi bo‘lib hisoblanadi.
Firma strategiyasini ishlab chiqish va strategik marketingni tavsiflashi strategik rejalashtirish doirasida ishlab chiqiladi. Bu firma strategiyasining maqsadi va strategiyasini shakllantirish bilan boshlanadi. Korxonalarda marketing strategiyasini shakllantirishda M. Porter tomonidan e’tirof etilgan asosiy marketing strategiyalaridan foydalanish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Chunonchi, asosiy marketing strategiyalari xarajatlarni pasaytirishdagi yetakchilik, differensiatsiyalash va fokuslashni kamrab olib, korxonalar rakobat ustunligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Korxonalarda marketing strategiyasini shakllantirish raqobat ustunligini (xarajatlar bo‘yicha ustunlik, bozor imkoniyatlari bo‘yicha ustunlik va h,k,) tanlashdan boshlanadi. Ayni paytda, korxona tanlagan rakobat ustunligi yordamida o‘z oldiga qo‘ygan strategik maksadlarga erishishni ko‘zlaydi. O‘z navbatida, muayyan ustunlik asosida asosiy marketing strategiyasi tanlanadi. Korxona muayyan raqobat ustunligi va asosiy strategiyani tanlagandan so‘ng esa, raqobat strategiyasini ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi.
O‘sish imkoniyatlarining ushbu strategiyalari marketing strategiyasini tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘plab mualliflar marketing strategiyasining mohiyati va mazmunini ochib bergan.
Xususan, D.J.Skolli “Marketing strategiyasi - barqaror raqobatli ustunlikni egallashga qaratilgan va muvofiqlashtirilgan harakatlardir” - deb hisoblaydi. Marketing sohasidagi yirik mutaxassislardan biri hisoblangan o‘z F.Kotler fikricha: “Marketing strategiyasi - bu muqobil, mantiqiy tuzilma bo‘lib, tashkilot uni amalga qo‘llagan holda o‘zining marketingga mos vazifalarini hal etishni nazarada tutadi. U maqsadli bozor bo‘yicha aniq strategiyalarni, marketing kompleksini va uni amalga oshirish uchun harajatlar darajasini o‘z ichiga oladi”.
Shuningdek, G.Bagiev, V. Tarasevich, X. Annlar ta’kidlashicha: “Marketing strategiyasi- firmaning o‘z xususiy salohiyatini ishlatish usuli bilan uning atrof muhitida (bozor, makromuhit omillari) muvaffaqiyatga erishishidir”. O‘zbekistonlik olimlardan A.Soliev marketing strategiyasini quyidagi ta’riflagan: “Marketing strategiyasi bilan firma qachon, qaysi tovar bilan qaysi bozorga kirib borishini belgilaydi”, Sh.Ergashxodjaeva “Strategik marketing” darsligida “Marketing strategiyasini o‘zaro bir-biri bilan asoslangan besh asosiy jihat: bozorni tanlash, maqsadni tanlash, mablag‘ va muddatni tanlash, samaradorlikni nazorat qilish, muqobil strategiyani tanlash” – deb tavsiflagan.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rish mumkinki, marketing strategiyasiga har bir olim alohida fikr bildirgan. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida biz marketing strategiyasiga quyidagicha ta’rif bermoqchimiz: “Marketing strategiyasi – bu korxonaning hozirgi holatini tahlil qilib, kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini belgilaydigan strategiyadir“.
Bundan ko‘rinib turibdiki, marketing strategiyasining bir necha turlari mavjud: raqobatchilik strategiyasi, o‘sish strategiyasi, differensiatsiya strategiyasi, xarajatlar bo‘yicha ustunlik strategiyasi, fokuslash strategiyasi, segmentlash, makrosegmentlash, mikrosegmentlash, avvaldan segmentlash, yakuniy segmentlash, kontrsegmentlash, gipersegmentlash strategiyasi, pozitsiyalashtirish strategiyasi, diversifikatsiya strategiyasi, tovar, narx, sotish va kommunikatsiya strategiyasi va hokazolar.


Download 134,75 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 134,75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda marketing strategiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari

Download 134,75 Kb.