|
-rasm. Korxona barqarorligi elementlarining tuzilmasi
|
bet | 4/15 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 134,75 Kb. | | #141790 |
Bog'liq Korxonaning Push va Pull strategiyalarini ishlab chiqish1-rasm. Korxona barqarorligi elementlarining tuzilmasi
Iqtisodiy tizimlar rivojlanishining innovatsion turiga o‘tish zarurati tufayli yuzaga kelgan ob’ektiv sabablar, butun innovatsion-investitsion jarayonda ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy omillarning samarali ravishda o‘zaro hamkorlikda ishlash muammolarini kompleks hal etilishini talab qiladi.
Fikrimizcha, texnologik va iqtisodiy salohiyatlarni oqilona uyg‘unlashtirish ‒ innovatsioninvestitsion jarayonni boshqarishning markaziy masalasini tashkil etadi.
1-jadvalda korxonaning barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga baho berilgan. Unda korxonalardagi asosiy innovatsion yo‘nalishlar hamda innovatsiyalarni joriy qilishga salbiy ta’sir qiluvchi omillar, shu bilan birga innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda qo‘llab-quvvatlashni ta’minlovchi omillar tahlil etilgan. Omillarning ko‘pligi, ularni muayyan belgilar bo‘yicha tasniflanishini amalga oshirishga imkon beradi.
Korxonaning tashqi omillariga quyidagilar kiradi:iqtisodiyot sohasida davlatning inqirozga qarshi qaratilgan siyosati; mamlakatdagi demografik vaziyat; siyosiy barqarorlik; fan va texnikaning taraqqiyoti; transport infratuzilmasini rivojlanganligi. Ichki omillar korxonaning ichki muhitida, uning kichik tizimlarida (xodimlar, ishlab chiqarish, marketing, sotish, moliya, tashkiliy tuzilma) shakllanadi. Ichki omillarni boshqarish korxonaga barqarorlikni mustahkamlashning rezervlarini aniqlash va tashqi omillar o‘zgargan taqdirda, ishlab chiqarishni tezkor ravishda boshqarish imkonini beradi.
1-jadval
Korxonalar faoliyatining barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili
№
|
Omillar
|
Omillar ta’siri natijalari
|
1
|
Bilim va ko‘nikma
|
Ishlab chiqarish korxonalarida aynan boshqaruv (bozor iqtisodiyoti qonunlari) bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni yetishmasligi innovatsion boshqaruvni joriy qilishga to‘sqinlik qiladi.
|
2
|
Markazlashish darajasi
|
Markazlashuv darajasining yuqoriligi quyi pog‘ona boshqaruvchilarini ijodiy fikrlash va boshqaruvda ijodiy yondashish imkoniyatini cheklaydi.
|
3
|
Kommunikatsiya tizimi
|
Kommunikatsiya tizimini yaxshi tashkil qilinmaganligi yoki boshqaruvchini ulardan samarali foydalana olmasligi axborot va yangiliklarni ayrim hollarda o‘z vaqtida yetkazish muammosini keltirib chiqarmoqda.
|
4
|
Shartnoma munosabatlari
|
Boshqaruvchi va xodim belgilangan vazifalarni aniq bilmasligi va ularga amal qilinmasligi boshqaruv jarayonini rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.
|
5
|
Innovatsiyalarga bo‘lgan qiziqish
|
Boshqaruvchilar tomonidan innovatsiyalarga bo‘lgan qiziqishning pastligi ya’ni boshqaruvdagi egiluvchanlik qobiliyatining kamligi.
|
6
|
Rag‘batlantirish
|
Boshqaruvda rag‘batlantirish tizimini mukammal ishlab chiqilmaganligi innovatsion boshqaruvni joriy qilishga qiziqishni pasaytiradi.
|
Korxonaning tizimli rivojlanishi markazlashtirishdan nomarkazlashtirishgacha bo‘lgan bosqichlarni birin-ketinlik bilan bosib o‘tish orqali amalga oshiriladi.
Bu shuni anglatadiki, korxonaning har bir elementi rejalashtirilganlik, tashkillashtirilganlik xususiyatiga ega bo‘lib boradi. Mohiyatiga ko‘ra, korxona tomonidan boshqarishning nomarkazlashtirilgan sxemasiga o‘tish ob’ektga,uni boshqa holatga o‘tkazish uchun maqsadga yo‘naltirilgan tashqi ta’sir sifatidagi boshqaruv paradigmasining o‘zini ham o‘zgartiradi.
Noma’lum bo‘lgan tashqi muhit sharoitida korxona elementlarini mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish darajasigacha rivojlantirish – korxonaning raqobatbardoshligini ta’minlashning zaruratidir.
Boshqa tomondan, korxona tashqi muhitdagi yaxlitlik sifatida, maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanish sifatida muayyan belgilarga ega bo‘lishi kerak. Ularning asosiysi – boshqariluvchanlikdir. Shu munosabat bilan bunga o‘xshash nomarkazlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan korxonani boshqarish, an’anaviy shakldan farq qiluvchi boshqa shaklga ega bo‘lib boradi. Korxonani rivojlantirishning tizimli boshqarilishi, shakllantirilayotgan xususiyatlarning quyidagicha ketma-ketligida amalga oshirilishi mumkin: egiluvchanlik–moslashuvchanlik– raqobatbardoshlik. Korxonalarni faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish, strategik boshqaruv usullaridan foydalanish samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, korxonalar innovatsion faoliyatining strategik boshqaruvini joriy qilish uchun eng avvalo boshqaruvdagi kadrlar bilim ko‘nikma malakalarini oshirish, markazlashuv darajasini kamaytirish va bosqichlar orasidagi ma’lumot almashish tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish, boshqaruvdagi xodimlarni innovatsiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish, har bir boshqaruvchini o‘ziga yuklatilgan vazifalarni aniq va to‘liq tushunishi hamda ularni o‘z vaqtida bajarishini ta’minlash, norasmiy muloqotlar darajasini kamaytirish xizmat qiladi[7].
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi butun ishlab chiqarish samaradorligining tarkibiy qismidir. Turli darajadagi xo‘jalik faoliyatida investitsiyalarning iloji boricha ko‘proq foyda, qaytim keltirishi asosiy vazifa qilib belgilanadi.
Bu qoidadan chetga chiqish resurslarni yo‘qotish, jamiyatning ilgarigi va hozirgi mehnatini yo‘qqa chiqarishga olib kelishi mumkin. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash zarurati, qo‘shimcha kapital qo‘yilmalar kiritilishini talab qiluvchi yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish kabi barcha hollarda yuzaga keladi.
Ba’zan mahsulotlarning yangi turini ishlab chiqarish ham investitsiya va boshqa mablag‘lar kiritilishini, demak, xarajat va natijalar nisbatini avvaldan baholashni talab qiladi[8].
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholashda korxonalar ikkita vazifani hal qilishlari lozim: birinchisi - kapital qo‘yilmalarning qoplanish muddati va daromadliligi nuqtai nazaridan, eng maqbul variant tanlash imkoniyatini yaratuvchi investitsion loyiha samaradorligini baholash; ikkinchisi - mavjud ishlab chiqarishga kiritiluvchi investitsiyalar samaradorligini baholash (qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish, tannarxni kamaytirish, foydani oshirish va hokazo). Insonning ilmiy-texnik faoliyati natijasida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yoki ilgari mavjud bo‘lgan turlarini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon innovatsion faoliyat hisoblanadi.
Innovatsiyani joriy etish natijalari kompaniyalarga raqobatda muhim ustunlikka ega bo‘lish imkonini beradiki, bu, korxona uchun muhim rag‘batlantiruvchi omil bo‘ladi.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, korxonalar ilm fandagi ilg‘or resurs tejamkor ishlanmalarni joriy qilishidan manfaatdor ekanligini, ikkinchidan bu global tadbir natijasida respublikamiz korxonalari salohiyatini yanada rivojlantirish orqali uning investitsion jozibadorligini oshirish, uchinchidan, korxonalarda chuqur diversifikatsiyalash tadbirlarini amalga oshirish orqali barqaror va sifatli tovar mahsuloti ishlab chiqarish hamda samaradorlikni tubdan oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Strategik boshqaruv faoliyatning o‘ziga xosliklari tufayli korxonalarni barqaror rivojlantirishni moslashuvchan tizimini yaratish uchun resurslarni boshqarishda yangicha kompleksli yondashuv ishlab chiqish zarur (2-rasm).
Korxonalarda resursni tejovchi texnologiyalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning asosiy shartlaridan biri – resursni tejovchi texnologiyalarni joriy etish jarayonini boshqarishga nisbatan ularni qo‘llash sharoitlariga hamda korxonalarning rahbarlari va mutaxassislari tomonidan qabul qilinishining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish yo‘li bilan ushbu texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga doir xorijiy tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan kompleks yondashuv zarur.
|
| |