Texnologiyalarini joriy qilish




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana02.02.2024
Hajmi0,81 Mb.
#150478
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FIZIKA TA’LIMIDA AXBOROT л




MAVZU: FIZIKA TA’LIMIDA AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARINI JORIY QILISH 
MUNDARIJA 
Kirish………………………………………………………………2 
1.O’qitish jarayonida axborot texnologiyalarinig qo’llash 
Zaruriyati………………………………………………………......7. 
2.Fizika o’qitish axborot texnologiyalaridan foydalanish…………15. 
3.Fizikadan laboratoriya va amaliy mashg’ulotda axborot………22 
texnologiyalaridan foydalanish usullari……………………………27 
4.Fizika ta'limida axborot texnologiyalarini ahamiyati…………….30 
Xulosa………………………………………………………………35 
Foydalangan adabiyotlar……………………………………………36 
 
 
 
 



Kirish. 
Kurs ishining dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.Mirziyoyevni Fizika ta’limi rivojlantirish to’g’risidagi 5032 
qarori.Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini 
oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, 
iqtidorli o‘quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh 
mutaxassislarni 
tayyorlash, 
ilmiy 
tadqiqot 
va 
innovatsiyalarni 
rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga katta e’tibor 
qaratilmoqda. 
Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika 
sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga 
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda. 
Jumladan: 
birinchidan, yoshlarning fizika faniga qiziqishlarini kuchaytirishga 
yetarli e’tibor berilmayapti, ta’lim dasturlari o‘quvchilarda mustaqil, 
kreativ fikrlashni shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmagan, ta’lim 
sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamon 
talablariga javob bermaydi; 
ikkinchidan, ta’lim jarayonini tashkil etishda umumiy o‘rta va oliy 
ta’lim dasturlarining uzviyligi ta’minlanmagan; 
uchinchidan, pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini 
oshirish maqsadida ularni xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda 
ta’lim olishi hamda stajirovkadan o‘tishi uchun qulay sharoitlar 
yaratilmagan, xorijlik yetakchi mutaxassis, olim va o‘qituvchilarni dars 
jarayoniga jalb etish darajasi pastligicha qolmoqda; 
to‘rtinchidan, fizika fani bo‘yicha zamonaviy darsliklarni yaratish 
yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, o‘quv adabiyotlarining mazmuni fan va 
texnika taraqqiyotining bugungi darajasini yetarli qamrab olmagan, 
masalalar to‘plami, praktikum, laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha 



qo‘llanmalar, multimedia dasturlarini yaratishga e’tibor qaratilmagan; 
beshinchidan, fizika ta’limi va tadqiqotlari infratuzilmasining 
moddiy-texnik bazasi eskirganligi, fizika fani bo‘yicha o‘quv va ilmiy 
laboratoriyalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmaganligi kadrlar 
tayyorlash sifatiga va tadqiqotlar samaradorligiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatmoqda; 
oltinchidan, fizika ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik 
kadrlarni tayyorlash salmog‘ining kamligi bu sohadagi ilmiy 
salohiyatning pastligiga sabab bo‘lmoqda; 
yettinchidan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar ko‘lami yetarli 
darajada natijadorlikka yo‘naltirilmagan, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot 
ishlarining ishlab chiqarish korxonalari muammolariga qaratilmaganligi 
natijasida sohada innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish 
ko‘rsatkichlari talabga javob bermaydi. 2021 — 2023-yillarda fizika 
fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy 
tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar dasturi 
XXI asr busagasida komp’yuterlashtirish yukori chukqilarni egallagan 
bir vaktda, fanlarni kompyuter dasturlari orqali o’qitishni davr uzi talab 
qilmokda.O’quv jarayoniga komp’yuterlashtirish katta jadallik bilan 
kirib kelmokda. Komp’yuter dasturlari 
orqali 
fizik tajribalarni, 
effektlarni va hodisalarni namoyish qilish mumkin. Komp’yuterdan 
bilim berishda, olgan bilimlarni nazorat qilishda, fizikadan masalalar 
echishda va laboratoriyada keng foydalanish mumkin. 
An’anaviy laboratoriya sharoitida yukori aniklikda natija beruvchi 
ko’rlilmalar bulmaganligi uchun, fizik tajriba va effektlarni ogzaki 
tushuntiriladi, ularni namoyish qilish imkoniyati 
deyarli yuk. Fakat 
zamonaviy komp’yuterlar orqaligina bunday jarayonlarni kuzatish 



arayonlarni tabiatda ruy berishiga yakin tarzda amalga oshiruvchi 
komp’yuter dasturlari keyingi vaktda kuplab tuzilmokda.Bunday 
dasturlardan fizika fanini o’qitishda ham foydalanib kelinmokda. 
Umumiy fizika ko’rlsi materiali xajm jixatidan katta. 
Bu 
materialning bulimlari buyicha o’qitishda komp’yuterdan 
foydalanish afzalrok bulgan materialni tanlab olish lozim. Masalan: 
fizikaning "atom va yadro fizikasi" bulimining uzidagina ulchovi 
angstrem tartibida bulgan atom va elementar zarralar urtasidagi 
jarayonlarni, tajribalarni an’anaviy laboratoriya sharoitida kuzatib 
bulmaydi. Chunki odamning ko’rlish qobiliyati kichik ulchovdagi nozik 
majmuani ko’rlishga qodir 
emas. 
Vaholanki, 
bu 
jarayonlarni 
komp’yuterda mul’tiplikatsiya ravishda kuzatish mumkin. 
Keyin vaqtda o’qitishni yanada takomillashtirish uchun "elektron 
darslik"lar yaratish yulga qo’yilmoqda. Bundan o’qituvchilar yaxshi 
foydalanishlari mumkin. Bu talaba uchun ham, o’qituvchi uchun ham 
juda qulay bo’lib, xoxlagan mavzuni komp’yuter orqali urganib, kerakli 
savollarga javoblar ham olish mumkin.Bu "elektron darslik"larni eng 
qulay tomoni olisdan turib boshqarishga imkon beradi. 
 

Download 0,81 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish