Axborot-bu ma’lumot va xabarlar to’plami bo’lib mazmunan  yangilikga ega boladi.  Axborot texnologiyalari –




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana02.02.2024
Hajmi0,81 Mb.
#150478
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FIZIKA TA’LIMIDA AXBOROT л

Axborot-bu ma’lumot va xabarlar to’plami bo’lib mazmunan 
yangilikga ega boladi. 
Axborot texnologiyalari – axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, 
1-Rasm Qayta ishlash usuli va vositalari majmuidir. 
Vikepediya uz



Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni 
tayyorlashning standart shakllari mavjud bo’lib, ularga bibliografiya, 
statistik ma’lumotlar, referatlar kiradi. Ma’lumotlar bazasi axborot 
tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko’rinishli axborotlarni cheksiz ko’p 
miqdorda va albatta, belgilangan ko’rinishlarda qabul qiladi. Bilimlar 
bazasi esa yopiq tizimda mazkur mavzu bo’yicha qo’shimcha 
axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi mantiq 
jihatidan bog’langan boshqa elementlarga chiqa olish bo’yicha 
axborotlashtirilgan tizimga ega bo’ladi. 
Bunda ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi 
elementlarga murojaat qilinishiga imkon bo’lmaydi. Bilimlar bazasining 
birlamchi bibliografik o’xshashliklari sifatida turli ensiklopediyalar, 
lug’atlar xizmat qiladi. Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar
o’quv materiallari, o’quv materiallari bo’yicha axborotlarni tavsiya 
etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni kiritish, 
fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo’yicha 
ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar ta’lim mazmunini sezilarli 
o’zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi. 
Uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo’ladi. 
Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuqtai 
nazaridan tahlil etadigan bo’lsak, uning interfaolligini, bevosita muloqot 
yordamida o’quvchi o’quv rejasida ko’rsatilgan, istalagan fan sohasida 
maxsus o’quv dasturlari yordamida bilim olish imkoniyatiga ega 
ekanligini ta’kidlash mumkin. Kompyuter vositasi, o’quvchi yoxud 
o’qituvchi murojaatlariga “javob” beradi, ular bilan “muloqot”ga 
kirishadi.


10 
Kompyuterli o’qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati 
u o’qitish jarayonining barcha bosqichlarida yangi o’quv materialini 
tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o’quvchilarning fan 
bo’yicha erishgan bilim, malaka va ko’nikmalarini tekshirishda yanada 
yorqinroq namoyon bo’ladi. 
Bunday jarayonda o’qituvchi kompyuterning o’quvchi uchun turli 
vazifalarni, xususan o’qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim ob’yekti o’zaro 
muloqot 
kabi 
funksiyalarini 
bajarishni 
bilishi 
kerak. 
Bunda 
o’qituvchining vazifasi dars jarayonida o’quvchilarni kompyuterdan 
to’g’ri 
foydalanishlarini 
nazorat 
qilishdan 
iborat. 
Kompyuter 
texnologiyalari asosida o’qituvchi o’zining kasbiy mahoratini oshirish 
uchun mustaqil faoliyatda quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1.O’quv jarayonini bir butun guruh sifatida tashkil etish. 
2.O’quv jarayonida guruhlarni faollashtirish va muvofiqlashtirish, ish 
joylarini taqsimlash, ko’rsatmalar berish. 
3.O’quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko’rsatish, har 
bir o’quvchi bilan individual muloqot olib borish. 
4.Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, o’quv va 
namoyish qurilmalarning har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, 
o’quv metodik ko’rsatmalar va h.k.) ma’lum o’quv kursining mazmuni 
bilan aniqlangan bog’liqlik asosida tashkil etish. 
Kompyuter texnologiyasi asosida mustaqil ta’limni ta’minlashda 
o’qituvchilar quyidagi tuzilmalar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishlari 
kerak: − informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini


11 
bilishi; − kompyuter texnikasining funksional imkoniyatalarini bilishi; − 
zamonaviy operatsion tizimlarni bilishi va ularning asosiy buyruqlarini 
o’zlashtirishi; − zamonaviy dasturiy vositalar va operatsion tuzilmalarni 
bilishi va ularning vazifalarini o’zlashtirishi; 
Kamida bitta matn muharriri bilan tanish bo’lishi; − algoritmlar, tillar 
va dasturlashtirish haqida dastalabki tushunchalarga ega bo’lishi; − 
amaliy dasturlashdan foydalanish to’g’risida dastlabki tajribaga ega 
bo’lishi. 
Ta’limni jadallashtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish 
o’quv jarayonining samaradorligini oshiradi. Buni quyidagi misollarda 
ko’rish mumkin: - o’qituvchilar, ilmiy xodimlar jahonning salmoqli ilmiy, 
metodik adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar; - uzoq 
masofalarda joylashgan yetakchi ta’lim muassasalarining ilmiy 
labaratoriyalari 
bilan 
tanishadilar; 
− 
turli 
mavzularda 
videokonferensiyalar tashkil qilish va amalga oshirishga erishadilar; − 
oqituvchilarning o’zaro trening va seminarlari o’tkaziladi; − masofaviy 
ta’lim, axborotlar almashinish va shunga o’xshash juda ko’p 
imkoniyatlarga ega bo’ladilar. 
Shunday qilib, zamonaviy axborot texnologiyalardan ta’lim 
muassasalarida amalda tadbiq etish o’quv jarayonida zamonaviy o’qitish 
metodlarini qo’llashda hamda o’qituvchi axborot mahoratini namoyish 
etishda keng imkoniyatlar yaratadi. Innovatsion loyihalar asosida dars 
o’tish davr talabi Innovatsiya inglizcha “innovation” - so’zidan olingan 
bo’lib, “yangilik kiritish”, “yangilik” ma’nolarini anglatadi.


12 
Hozirgi davr ta’lim tarqqiyoti yangi yo’nalish – innovatsion 
axborotani yuzaga keltirdi

O’qituvchining innovatsion faoliyati tahlili 
yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me’yorlardan 
foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarda yangilik, maqbullik, 
yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo’llash 
imkoniyatlari kiradi. Axborot yangilik o’z mohiyatiga ko’ra ommaviy 
tajribalar mulki bo’lib qolishi lozim. 
O’qituvchining innovatsion faoliyati o’z ichiga yangilikni tahlil qilish 
va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va 
konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, 
samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi. Innovatsion 
faoliyatda eng muhimi o’qituvchining shaxsidir. O’qituvchi – novator, 
sermahsul ijodiy shaxs bo’lishi, kreativlikni keng qamrovli qiziqish va 
ichki dunyosi boy, axborot yangilikka o’ch bo’lishi lozim. Innovatsion 
jarayonlarni, rivojlanish qonuniyatlarini, mexanizmlarini va amalga 
oshirish texnologiyalarini o’rganish o’quv jarayonini zamonaviy axborota 
hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida 
tashkil etish imkonini beradi. O’qitishning interfaol usullari va uning 
nazariy asoslari. 
Ta’lim metodlari va ularning turlari. O‘qitishdan ko‘zlanadigan 
maqsad bu davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va 
ko‘nikmalarini o‘quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o‘quvchi 
tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o‘quvchi malaka 
oshirish uchun mo‘ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera 
olsagina o‘qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo‘ladi.


13 
Shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, o‘quvchilar nafaqat rasmiy 
o‘qitish orqali o‘rganadilar, ya’ni kitoblar, gazeta va jurnallar, 
televideniya, internet va sinfdosh do‘stlar orqali, balki ko‘proq bevosita 
aloqa orqali o‘rganadilar. Bu vositalar o‘kituvchi o‘tgan darsni 
mustahkamlashda foydalanilishi mumkin. 
Hozirgi kunda chop etilayotgan ko’pdan-ko’p maqolalar, xalqaro 
konferensiyalar va informatsion texnologiyalar davridagi zamonaviy 
jamiyatlar turli o’quv yurtlari oldiga quyidagi shartlarga javob beradigan 
bitiruvchilarni tayyorlash vazifasini qo’yayotgani ko’rsatib o’tilgan. 
Shuning uchun, keyingi 10-15 yil ichida qator mamlakatlarda ta’limning 
interfaol (noan’anaviy) usullari taklif etila boshlandi. Ularda, birinchi 
navbatda har bir o’quvchining faol ravishda ta’lim jarayoniga qatnashishi, 
olayotgan bilimlarni amaliyotda qo’llashi, bu bilimlardan qayerda va 
qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligini tushunish imkoniyatlari 
yaratiladi. 
O’quvchilar turli muammolarni hal qilishda sinfdagi, maktabdagi 
yoki boshqa joylardagi, mamlakatlardagi tengdoshlari bilan muloqotda 
bo’la olishlari, o’zlarining mustaqil fikrlariga ega bo’lishlari uchun erkin 
axborot olishlari mumkin bo’ladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda 
ta’lim tizimining, balki butun jamiyatning yordam berishini talab etadi. 
Axborotani ushbu dolzarb muammolarini hal etish uchun ta’lim 
jarayonining moddiy bazasini qayta qurish zaruriyatini tushungan holda 
jamiyatimizda yirik o’zgarishlar amalga oshirilayotganiga guvohmiz. 
Ammo, ta’lim tizimining komponentlari orasida ilg’or axborot va 
informatsion texnologiyalarni amaliyotga keng tadbiq etish oqsamoqda. 
Shuning uchun, axborot texnologiyalar sohasidagi yangi izlanishlar bilan


14 
tanish bo’lish, o’qitishning faol usullarini bilish va qo’llay olish har bir 
o’qituvchining oldiga qo’yayotgan zamon talablarining asosiylaridandir. 
Ta’lim jarayonida hukmronlik qilib kelingan an’anaviy ta’lim 
metodlarida ijobiy tomonlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham yo’q emas. 
Aslida an’anaviy ta’lim metodi o’quvchilarni yalpi o’qitishni, ularning 
bilish faoliyatini passiv tinglovchi sifatida tashkil etishni nazarda tutadi 
va ta’lim o’rtacha bilimli o’quvchilarni o’qitishga qaratiladi. Fizika 
ta’limida yangi axborot texnologiyalardan foydalanish yaxshi natija 
beradi. Chunki fizika fanini faqatgina darslikdan o’qib, yoki 
o’qituvchining 
ma’ruzasini 
tinglab 
o’rganish 
mushkul.Ta’lim 
oluvchilarda yetarli darajada bilim va ko’nikmalar shakllanishi uchun ular 
tegishli hodisa va qonuniyatlar bo’yicha o’z mustaqil fikrlarini 
bildirishlari, o’qituvchi yoki boshqa o’quvchilar bilan fikr almashishlari 
lozim bo’ladi. Darsda o’rganiladigan mavzuning mazmunini inobatga 
olgan holda, o’quvchilardan kichik guruhlar tashkil etish, interfaol 
metodlardan foydalanish, ko’rgazma qurollari, taqdimotlar, slaydlar, 
multimedialardan foydalanib darsni tashkil qila olish dolzarb sanaladi. 
Fizika 
fanini 
o’qitishda 
yangi 
axborot 
texnologiyalardan 
foydalanish Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach Respublika ta’lim 
sohasida tub o’zgarishlar sodir bo’ldi va bu sohada yangidan-yangi 
islohotlar olib borilmoqda.Umumiy o’rta ta’lim o’quv fanlari dasturlari, 
o’quv adabiyotlari butunlay yangidan qayta qarab chiqildi va kerakli 
o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan fizikani o’qitish uslubida ham qator 
tajribalar to’plandi. 
Biroq bu sohada hal qilinishi kerak bo’lgan muammolarimiz ham 
yo’q emas. Buni oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarini topshirish


15 
natijalaridan aniqlash mumkin. Bugungi kun fizika o’qituvchisi oldida 
turgan 
dolzarb 
muammolardan 
biri 
ta’limning 
zamonaviy 
texnologiyalarini loyihalash va uni o’qitish amaliyotida qo’llashdir. 

Download 0,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot-bu ma’lumot va xabarlar to’plami bo’lib mazmunan  yangilikga ega boladi.  Axborot texnologiyalari –

Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish