21
bilan harakatlangan bo’lsa, piyodaning butun yo’l davomidagi o’rtacha
tezligini toping. Masala sharti e’lon qilingach, o’quvchilarga
masalani
yechish uchun ma’lum vaqt beriladi va o’qituvchi o’quvchilarni nazorat
qiladi. Belgilangan vaqt tugaguncha o’qituvchi javoblarning qaysi to’g’ri
ekanligini aytmaydi.
Guruh o’quvchilarining ro’yxati kiritilgan jadval tayyorlanadi va
qaysi o’quvchi masalani ishlab bo’lgan bo’lsa, o’z familiyasi to’g’risiga
masala javobini yozib qo’yadi.(1- jadval) Ba’zi o’quvchilar formulani
to’g’ri qo’llasalarda, tezlikni bir xil birlikka o’tkazish kerakligiga e’tibor
qilmaydilar. Natijada masalaning javobi xato chiqadi Shu tariqa jadvalni
to’ldirib boraveradilar. Masalani yechish uchun belgilangan vaqt
tugagach, o’qituvchi javoblarni saralaydi va
quyidagi natija qayd etildi
deylik. 2-jadval. To’g’ri javob 9 kishi Xato 14 kishi Xato 7 kishi 1.05 m/s
55.5 m/s 1.047 m/s O’qituvchi masalani noto’gri ishlagan o’quvchilardan
bir-ikki nafarini doskaga chiqaradi va o’quvchi qayerda xato qilganligini
to’g’ri ishlagan o’quvchilar tekshirib turishini aytadi.
O’quvchi qayerda xatoga yo’l qo’yganligi guruh tomonidan
to’g’irlanadi va boshqa o’quvchilar ham o’z xatolarini bilib oladilar. Bu
metodni qo’llash orqali o’quvchilarni masala yechishga qiziqtirish,
optimal baholash va o’quvchi xatosini o’quvchining o’zi to’g’irlashga
o’rgatish mumkin.
Xulosalar Fizika ta’limida yangi axborot
texnologiyalarni qo’llash bo’yicha olib borilgan
tadqiqot ishlaridan
quyidagi natijalar va xulosalar kelib chiqadi:
1. Fizika fani yuqori sinf (kurs) larga o’tgan sari hodisalar,
qonuniyatlar murakkablashib, dars materialining hajmi esa ortib boradi.
22
Shu va shu kabi boshqa parametrlar dars sifati, o’quvchilarning
o’zlashtirish ko’rsatkichiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bu maqsadda
fizika ta’limida yangi axborot texnologiyalarni qo’llash samarali ekanligi
aniqlandi.
2. Fizika ta’limida yangi axborot texnologiyalarni qo’llashdan maqsad
ta’lim oluvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o’quvchilarni
o’quv materiallarini
shunchaki yodlab olishlaridan, ixtiyoriy
takrorlashlaridan
uzoqlashtirib,
mustaqil
va
ijodiy
faoliyatini
rivojlantirish, darsning faol ishtirokchisiga aylantirishdir.
3. Yangi axborot texnologiyalarni fizika ta’limida to’laqonli tarzdagi
texnologik jarayon sifatida tadbiq etish, ta’lim-tarbiya
jarayonini
texnologiyalashtirish — ta’lim muassasasining kuchli moddiy-texnik
bazasini, ko’p vaqt va mehnat talab etadigan murakkab jarayondir. Fizika
ta’limida yangi axborot texnologiyalarni qo’llash uchun o’qituvchi
yuksak axborot mahoratga ega bo’lib, dars mavzusi, o’quvchilar soni,
ularning qiziqishi, qobiliyatlarini har tomonlama hisobga olishi kerakligi
ma’lum bo’ldi.
4. Fizika bo’limlarining muayyan mavzulari uchun yangi axborot
texnologiyalar qo’llanilgan dars loyihalari ishlab
chiqildi Har bir yangi
axborot texnologiya, interfaol metodlarni qo’llashda ikkita guruh namuna
sifatida tanlab olindi. Bu guruhlarning birinchisiga dars oddiy, an’anaviy
usulda, ikkinchisida esa yangi loyiha asosida o’tkazildi.Yangi axborot
texnologiyalarni qo’llab o’tkazilgan dars jarayonida o’zlashtirish
ko’rsatkichi yuqoriligi, sifat samaradorligi yaxshilanganligi aniqlandi.
23
5. Yuqoridagi yangi axborot
texnologiyalarni qo’llab o’tkazilgan
fizika dars jarayonlari o’quvchilar tomonidan ham ma’qullandi. Oddiy,
an’anaviy usulda tashkil qilingan dars jarayonidan farqli ravishda yangi
axborot texnologiyalar asosida o’tkazilgan dars jarayoni o’zining sezilarli
samarasini ko’rsatdi.