2. Fizika o’qitish axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Fizika o’qituvchisi o’quvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni
beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan qiziqish uyg’ota olishlari kerakki,
natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yetishib chiqishiga
erishilsin. O’qituvchi o’tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi,
bugungi o’tiladigan dars kechagisiga nisbatan mukammal bo’lishi kerak.
Darsni yangi axborot texnologiyalar : ─ axborot vositalaridan foydalanib;
interfaol metodlarni qo’llash orqali o’quvchi ongiga yaxshi yetib boradi
va xotirasidan joy oladi.
O’quvchining ilmiy dunyoqarashi kengayib, bilim darajasi ortadi.
An’anaviy ta’limdan farqli zamonaviy ta’limni tashkil etishdan maqsad
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak
natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni
o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan
ko’nikma va malakalarni hosil qilish , shuningdek o’quvchilar faoliyati,
bilimini nazorat qilish, ularning bilim, ko’nikma
va malakalarini
baholash fizika fani o’qituvchisidan katta axborot mahorat hamda ta’lim
jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi.
Hozirgi kunda dunyoning ko’plab rivojlangan mamlakatlarida
o’quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir
qatorda ta’lim-tarbiya jarayoninig samaradorligini kafolatlovchi yangi
axborot texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan. Shu
16
tajriba asosini tashkil qiluvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan
yuritilib, bu metodlarni dars jarayoniga qo’llay bilish bugungi zamon
fizika o’qituvchisi zimmasiga yuklatilgan yuksak vazifadir.
Axborot texnologiyaning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy
natija(samara)ning kafolatlanishi o’qituvchining didaktik masalalar
mohiyatini anglab yetish darajasi va darsda ularni to’g’ri baholay olishiga
bog’liqdir. [28] Har bir o’tiladigan darsda ta’limning aniq maqsadining
belgilanishi o’qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan biri
sanaladi. Bunda fan mavzulari bo’yicha o’qitishning tashxislanuvchi
maqsadi aniqlanadi. Fizika fan sifatida o’tilgan vaqtdan boshlab fanning
ma’lumotlar bazasi ko’payib katta hajmni tashkil etmoqda va u yuqori
tezlikda yil sayin boyib boryapti. Shu sababdan fizikani o’tish jarayonida
faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va o’quvchining o’zlashtirish
qobiliyatlariga mos holda ma’lumotlar hajmini miqdoriy o’lchamga
keltirish zarur.
Bu esa ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashga va nutq
madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi. Fizika faniga ajratilgan
soatlar 6-9 sinflarda 68 soatdan, kasb-hunar kolejlari (KHK) va akademik
lisey (AL) (ijtimoiy gumanitar- umumta’lim yo’nalishlarida) har bir
semestrda 40 soat o’quv o’quv yuklamasi ajratilgan bo’lib, butun kursni
o’qitish uchun 160 soatni tashkil etadi. Bu soatlar davomida o’qituvchi
kurs bo’yicha ham ma’ruza o’tishi, ham masalalar yechish, ham
labaratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishga ulgurishi kerak.
Oliy o’quv yurtiga kirishda topshiriladigan test sinov savollari
fizikadan asosan masalalar yechish lozimligini inobatga olinsa, masalalar
17
yechish qanchalik muhim ekanligi ayon bo’ladi. Odatda bir juft soat
davomida an’anaviy tarzda dars o’tilganda o’quvchilar ko’pi bilan 8,10 ta
masala yechib ulguradilar. Bunda o’ta faol o’quvchilar masalani tez
yechadilar va boshqa sust o’zlashtiradigan guruhdoshlari masalani yechib
bo’lgunlaricha “bo’sh” qolib ketadilar. Sust o’zlashtiruvchi o’quvchilar
esa, aksincha, masalaning mohiyatiga tushunmay o’qituvchining vaqtni
“tejashi” hisobiga nazardan chetda qoladilar.
Ana shunday darslarda interfaol usullarni – yangi axborot
texnologiyalarni qo’llash sezilarli samaralar beradi.O’qituvchi har bir
mavzuga qisqacha to’xtalib, shu sohalarga tegishli o’tkazilgan
tajribalarda ochilgan qonunlar va asosiy formulalarni eslatib o’tadi va
tushuntiradi.
Xususan:
Metallarda
elektr
toki
ulardagi
erkin
elektronlarning tartibli harakatidan iborat ekanligini ko’rsatuvchi Styuart-
Tolmen, MandelshtamPapaleksi tajribalarini, elektrolitlarda elektr toki
musbat va manfiy ionlarning tashqi elektr maydon ta’siridagi tartibli
harakati ekanligi va Faradeyning birinchi va ikkinchi qonunlariga,
gazlarda elektr toki ionlar va elektronlarning tartibli harakatidan
iboratligini, yarim o’tkazgichlarda elektr toki teshiklar (musbat) va
elektronlarning tartibli harakatidan, bo’shliqda elektr toki qizdirish yoki
tashqi ta’sir tufayli yuzaga kelgan elektronlarning tartibli harakatidan
iborat ekanligini eslatib o’tadi. Asosiy formulalar va qonunlar doskaga
yozilib, kerakli tushunchalar beradi.
Fizikani o’qish, o’rganish, o’zlashtirish jarayonida o’quvchilar
birmuncha qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Bu vaqtda
o’quvchilarda o’z bilimiga ishonchsizlik paydo bo’lib, oqibatda fandan
zerikish kabi salbiy holat yuzaga kelishi mumkin. Bugungi zamon fizika
18
o’qituvchisi esa o’quvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni beribgina
qolmay, ularda fanga qiziqish uyg’ota olishlari kerak-ki, natijada bu
sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yerishib chiqsin.
O’qituvchi o’tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi kerak.
Darsni yangi axborot texnologiyalar, axborot vositalari, ko’rgazma
qurollari asosida tashkil qilsak, bu dars qiziqarli, sifatli chiqadi va ta’lim
samaradorligi kafolatlanadi. Akademik litseyda texnika yo’nalishidagi
guruhlarning III bosqichida o’tiladigan “Quyosh energiyasidan
foydalanish.Yarim o’tkazgichli batareyalar.” nomli mavzusini o’tishda bu
metodni qo’llashni ko’rib chiqaylik. Yangi mavzuni bayon qilishdan
avval guruhdagi o’quvchilardan guruhchalar tashkil etiladi va yuqoridagi
sxema guruhchalarga tarqatiladi. Bu bosqichda o’quvchilarning “ Quyosh
energiyasidan foydalanish.Yarim o’tkazgichli batareyalar.”mavzusi
bo’yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi.
O’quvchilar jadvalning 1-ustunini to’ldiradilar. Ya’ni o’qituvchi
hali yangi mavzuni tushuntirmagan bo’lsa-da, o’quvchilar yangi mavzuga
doir qanday bilimga ega ega ekanliklarini sxemada ifoda etadilar.
O’quvchilar 1-ustunni quyidagicha to’ldirdi deylik. I.Bilaman. Quyosh
Yer yuzidagi asosiy issiqlik va yorug’lik manbai. Hozirda dunyo bo’yicha
energiya zahiralari kamayib bormoqda va bu yangi energiya manbalarini
topishga ehtiyoj tug’diradi. Quyosh energiyasidan
foydalanish
ommalashib bormoqda .
Jadvalning 2-ustunida o’quvchilar yangi mavzu bo’yicha nimalarni
o’rganmoqchilar, nimalarni bilmaydilar-u, shuni o’zlashtirmoqchi
bo’lsalar ustunchaga qayd etadilar. 2-ustun quyidagicha to’ldirdi deylik.
19
II.Bilishni xohlayman. Qanday qilib quyosh energiyasini elektr
energiyasiga aylantirish mumkin? Quyosh batareyasining ishlash prinsipi
qanday? Bu batareyalar bulutli kunda ham ishlayveradi-mi? Yarim
o’tkazgichli batareyalarning foydali ish koeffitsiyenti qanday? Shundan
so’ng uchinchi bosqich boshlanadi. Bunda o’qituvchi yangi mavzuga oid
umumiy ma’lumotlar bilan o’quvchilarni xabardor qiladi.Yangi mavzu
bo’yicha materiallar tarqatiladi.
Dars qiziqarli va tushunarli o’tishi uchun o’qituvchi quyosh
batareyasini ishlatib, namoyish tajriba o’tkazishi mumkin. Mavzuga oid
ma’lumot:
Ma’lumki energiya manbalarining yerdagi zahirasi
chegaralangan. Agar yoqilg‘ining bir yil davomida sarf qilish darajasini
2000 yillarga mo‘ljallangan miqdorda (25 milliard tonna) olinsa va undan
hozirgi darajada foydalanib borilsa, ularning zahirasi 140-150 yil
davomida iste’mol qilishga yetishi mumkin. Bu tarixan juda qisqa
muddatdir, albatta. Shuning uchun ham yoqilg‘i energetika balansi
strukturasini yaxshilash muhim vazifa hisoblanadi.
O‘zbekiston fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti olimlari
tomonidan yaratilgan yuqori temperaturada ishlaydigan quyosh pechi
amaliy sinovdan o‘tkazilib ishlab chiqarishga tavsiya etildiFizikani
o’qitishda faqat o’quv dasturi asosidagi dars soatlari(mavzulari) bilan
cheklanib qolmasdan qo’shimcha darsdan tashqari mashg’ulotlarni olib
borish ham tavsiya etiladi.
O’quvchilarni muayyan mavzular bilan bog’liq bo’lgan o’quv
muassasalari, labaratoriya inshootlari, elektr stansiyalari kabi joylarga
sayohatga olib chiqish, fizika kechalari uyushtirish, o’quvchilar o’rtasida
20
bellashuvlar tashkil qilish va bu tadbirlarni namunali o’tkaza olish fizika
o’qituvchisidan ijodkorlikni, axborot mahorat egasi bo’lishni talab
|