• 3.Chatishuv usuli bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar
  • 2- bob bo‘yicha xulosa
  • Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi




    Download 194,69 Kb.
    bet24/43
    Sana15.02.2024
    Hajmi194,69 Kb.
    #157115
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
    Bog'liq
    Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.org

    2.7-rasm
    A) Sifat B) Sifat V) Sifat

    Sifat Sifat Predlog Sifat Ot Sifat


    Deep blue over ripe Sky blue
    Och pushti - - - -
    Diagrammadan ko‘rishimiz mumkinki, [sifat + sifat] formasi ikki til uchun xosdir , lekin[ predlog + sifat] ko‘rinishi uchramaydi, garchi [ot + sifat] shakli o‘zbek tilida bo‘lmasada lekin [sifat + ot] formasi (oq ko‘ngil, kalta fahm, mayda gap ) mavjuddir. Deep blue – “ Dengiz kabi ko ‘k “ , over-ripe - “ Juda pishgan”, sky -blue – “Quyosh osmonda charaqlagan paytidagi yorqin ko ‘k singari” ma’nosini bildiradi.
    O‘zbek tilidagi ochpushti – pushti rangning xiraligini bildiradi.
    3.Chatishuv usuli bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar - Bu usulda yasalgan qo‘shma so‘zlar tashqi ko ‘rinishdan so‘z birikmasi, xatto gapga o‘xshaydi, lekin bo‘laklarga bo‘linmaydigan tushunchaga ega bo ‘lib bir urg’uda o‘qiladi.
    Masalan : ingliz tilida bunday so ‘zlar “ gibrid qo ‘shma so ‘zlar “deyiladi:28
    Fatabulous ( fantastic+ fabulous)” dahshatli”;
    Prettyful ( pretty+ beautiful) “ chiroyli”;
    Chillax ( chill+ relax) “juda ham sokin”;
    Awesomtacular( awesome + spectacular) ” juda ajoyib” ma’nolarni bildiradi.
    O‘zbek tilida bunday qo‘shma so‘zlar “duragay qo‘shma so‘zlar” deb nomlanadi.29
    Olovbardoshlik ( fizika –matematika);
    Baqaterak(botanika )
    Kvarsgenerator ( fizika –matematika)
    Huquqiy norma ( yuridik);
    Yuqoridagi misollardan ko‘rishimiz mumkinki ikkita boshaqa- boshqa qatlamlarga oid so ‘zlarning birikuvidan bunday qo‘shma so‘zlar ikki tilda ham yasaladi bu esa ularning o‘xshash jihatlaridan biriga kiritishimiz mumkin bo‘ladi, chunki ikki tilda o‘xshash va farqli tomonlarini ko ‘rishimiz mumkin va farqlash oson bo‘ladi.
    2- bob bo‘yicha xulosa
    So‘zlar yasalishi til lug’atini boyitishda eng muhim asos hisoblanadi va shu bilan birgalikda leksikologiya, grammatika va fonetika morfologika bilan bog’liqdir.
    Zamonaviy ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shma so‘zlar til lug’atini boyitishdagi samarali usul ekanligi bizga ma’lumdir va bu hodisani tilshunoslikning har bir bo‘limi tomonidan alohida o‘rganadi. Ilmiy izlanishlarda qo‘shma so‘zlarni nafaqat o‘tmishda balki hozirda ham o‘rganilib kelinmoqda. Chunki ha bitta tilga har doim yangi so‘zlar kirib keladi. Eski so‘zlar vaqt o‘tishi bilan esa asta-sekin o‘z holatini yo‘qotib boradi.
    Zamonaviy ingliz va o‘zbek tillarida so‘z yasash usullari mavjud va ular turli
    xildir. Morfologik usul (asos + so‘z yasovchi qo‘shimcha) bo‘yicha so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishidan yangi so‘z yasaladi. Bu usul bilan sodda yasama so‘zlar yasaladi. Semantik (ma’noviy) usulda bir turkumga xos so‘z boshqa so‘z turkumiga ko‘chib, yangi ma’no anglatadi. So‘zlarni qisqartirish usuli faqat ot so‘z turkumiga xos bo‘lib, so‘zlarni qisqartirish orqali yangi so‘z yasaladi. Sintaktik usulda (asos+asos) qo‘shma so‘zlar hosil bo‘ladi, ular bir necha mustaqil ma’noli morfemalarning qo‘shilishidan yasaladi, bu odatda kompozitsion usul ham deyiladi.
    So‘z yasalish usullari ingliz tilida produktiv va produktiv bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. Produktiv usulga qo‘shimcha qo‘shish, konversiya, abbrivatsiya (qisqartirish), kompozitsiya (qo‘shish orqali), produktiv bo‘lmagan usulga esa tovush o‘zgarishi, urg’u o‘zgarishi, tovushga taqlid, uyg’unlashtirmoq, qayta tiklash kiritiladi. O‘zbek tilida va ingliz tilida so‘z yasalish usullariga affiksatsiya– (asos + so‘z yasovchi qo‘shimcha) asosga so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishidan yangi s o‘z yasaladi,
    Qo‘shma so‘zlar bilan tarixdan hozirgacha jiddiy izlanishlar olib kelingan va undagi izohlanish muammosi dolzarb mavzuga aylanib bo‘lingan. Bizga ma’lumki, qo‘shma so‘zlar mezonining ko‘p jihatlari ularning darajalararo xususiyatlariga asoslanadi. Qo‘shma so‘zlarning ana shunday o‘ziga xosligi shundagi, bir tomondan qo‘shma so‘zlar ikki yoki undan ortiq so‘z yasovchi o‘zaklardan iborat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qo‘shma so‘zlar bir butundir. Bunday qo‘shma so‘zlarning ko‘p qirraligi ma’lumki, ierarxik tarzda ifodalaganda bir –biri bilan o‘zaro ta’sir qiluvchi kichik tizimlardan tashkil topgan uyushgan tizimdir. Har ikkala tilda ham qo‘shma so‘zlarning so‘z birikmalaridan farqli tomoni bor. Qo‘shma so‘zning so‘z birikmasidan farqi shundaki, qo‘shma so‘zning komponеntlari morfеma, so‘z birikmasining komponеntlari esa so‘z bo‘ladi. Shu sababli qo‘shma so‘zning komponеntlari yaxlitligicha bir lеksik ma’no ifodalaydi va komponеntlari o‘rtasida sintaktik aloqa bo‘lmaydi. Demak, so‘z birikmasi elementlar o‘z mustaqilligini saqlaydi va erkin holatda bo‘ladi. Sintaktik munosabat bo‘ladi. Qo‘shma so‘z elementlari yaxlit bitta ma’no beradi, o‘zaro zich bog’lanadi va leksik munosabat bo‘ladi.
    Xususan D.A.Shepelovaning ilk marotaba qo‘shma otlarning to‘liq asoslangan (motivation) va to‘liq asoslanmagan (non–motivation) tizimlarining ta’rifini beradi. Ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shma so‘zlar orfografik jihatdan o‘xshash hisoblanadi. Bu jihatiga ko‘ra ular uchga bo‘linadi: qo‘shib yoziladigan, chiziqcha bilan yoziladigan, ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlar.
    Har ikkala tilda ham qo‘shma so‘zlarning so‘z birikmalaridan farqli tomoni bor. Qo‘shma so‘zning so‘z birikmasidan farqi shundaki, qo‘shma so‘zning komponеntlari morfеma, so‘z birikmasining komponеntlari esa so‘z bo‘ladi. Shu sababli qo‘shma so‘zning komponеntlari yaxlitligicha bir lеksik ma’no ifodalaydi va komponеntlari o ‘rtasida sintaktik aloqa bo‘lmaydi.
    Qo‘shma so‘zlarning endosentrik va ekzosentrik tomonlari ham alohida e’tiborga loyiq bo‘lib, endosentrik – qo‘shma so‘z komponentlaridagi ma’nolarning yig’indisidan yangi ma’no berish bo‘lsa, ekzosentrikda – elementlar tarkibidagi ma’no o‘sha qo‘shma so‘zning ma’nosiga umuman bog’liq bo‘lmagan hisoblanadi. Endosentrik qo‘shma so‘zlarda bosh (head) so‘z aniqlanmish, tobe so‘z (determinant) aniqlovchi vazifasida keladi. Odatda bular ikki xil usul yasaladi. birinchi tobe so‘z hokim so‘zdan oldin kelishi va ikkinchisi hokim so‘z qo‘shma so‘z komponentida birinchi so‘z bo‘lishini ko‘ rib chiqdik.

    Download 194,69 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




    Download 194,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi

    Download 194,69 Kb.